1986 yili tumandagi 1-qishloq Madaniyat uyi qoshida Fozil Yo'ldosh o'g'lining boy ijodiy merosini, qolaversa, xalq qo'shiqlari, lapar va termalarini Respublikamiz bo'ylab targ'ib qilib kelayotgan "Chavqi" folklor-etnografik ansambli tashkil etilib, tez orada mashhur bo'lib ketadi. "Chavqi" aslida qanaqa o'yin, bu ansamblni tashkil etish g'oyasi qanday paydo bo'ldi? Ansambl repertuari rang-barangligiga qanday erishildi?Jurnalist Xolboy QOSIMOVning O'zbekistonda xizmat qo'rsatgan madaniyat xodimi, ansamblning sobiq badiiy rahbari Suvonqul ABDUQODIROV bilan suhbati shu xaqda bo'ldi.
Xolboy QOSIMOV: Suvonqul aka, suhbatimiz avvalida "Chavqi" o'yini, qolaversa, ushbu ansamblni tashkil etishdan ko'zlagan asosiy maqsadingiz haqida batafsilroq so'zlab bersangiz.
Suvonqul ABDUQODIROV: - Ta'kidlab o'tish joizki, "Chavqi" o'yini qadimdan kechalari o'ynaladigan o'yinlardan biri hisoblangan. U Bulung'ur, Oqdaryo, Payariq, Jomboy, Urgut, Baxmal, G'allaorol va Zomin tumanlarida juda keng tarqalgan o'yinlar sirasiga kirgan. Qadimda bu o'yin kechqurunlari qishloqning bo'z yigitlari tomonidan yerto'lalarda, kengroq hovlilarda, molxonalarda, tosh chiroqlarning xira shu'lasida o'ynalgan. Bora-bora bu o'yingaqiziquvchilar tobora ko'payib borgani sabab, keyinchalik u hovli sahniga va keng maydonlarga ko'chirilgan. "Chavqi" o'yinining mohiyati shundiki, daraxtlarningqurigan kundalari hamda g'o'lalarqalashtirilib, taxlanib, gulxan yoqiladi. Olov atrofida yaqin-atrofdagi qishloqlardan kelgan ko'plab bo'z yigitlar davra qurishadi. O'rtaga birinchi bo'lib baxshi shoirlar chiqishgan. Ular dostonlaridan parchalar, shuningdek, xalq qo'shiqlari, termalarini kuylashgan. O'yin qishloq yigitlarining taraf-taraf bo'lib, bir-birlarigaqofiya aytishishlaridan boshlangan.Ular guruh-guruh bo'lib, davraga tushadilar va gulxan atrofida aylanib, terma va laparlar aytishadilar. O'yin qarsak ritmida boshqarilib borilgan. Tomoshaayni qizigan paytda yakkaqarsak, uch qarsak, besh qarsak va to'qqiz qarsak o'yinlariga ulanib ketgan. Baytchi valaparchilar tomoshabinlarning e'tiborini o'zigaqaratish uchun baytlarning o'ynoqi, satirik va yumoristik tomonlariga alohida e'tibor berishgan. Qarsakchi va o'yinchilar ham butun vujudi bilan berilib, zavq-shavq bilan ijro etishgan. Bu o'yining nomini "Chavqi" o'yini deb atashgan.
"Chavqi"ni "bazm" deb ham atashadi. Uning boshqa folklor ansambllaridan farqi shundaki, musiqa asboblaridan umuman foydalanilmaydi. Qo'shiq ohangi qarsak bilan boshqarilib borilgan. Terma qo'shiqlar bir qarsak, uchqarsak, beshqarsak, qo'sh qarsak usullarida ijro etilgan. Qarsak zarbiga qarab qo'shiq ohangi va usuli ham o'zgarib borgan.
"Chavqi" o'yini o'z davrining milliy san'ati hisoblanib, mehnatkash xalqning o'yin-kulgiga bo'lgan talabini ma'lum darajada qondirib kelgan, kishilarni jamoaviylik, birdamlik ruhida tarbiyalashda katta rol o'ynagan.U asosan to'ylarda, "Navro'z" sayllarida, hosil bayramlarida va boshqa turli xil tadbirlarda o'ynalib, 1930-40 yillarga kelib, juda avjigachiqqan. Urush yillari bu o'yin deyarli o'ynalmagan. 50-yillarda bu o'yin yana davom etgan. 1960 yillarga kelib, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, bu o'yinning o'rnini asta-sekinlik bilan televizorlar, radiokarnaylar, patefonlar egallab borgan. Shu tariqa, bu o'yinkeyinchalik asta-sekin unutilib borilgan.
"Chavqi" folklor-etnografik ansamblining tashkil etilishiga kelsak, eng avvalo yoshligimdan hamyurtimiz Fozil Yo'ldosh o'g'lining dostonlariga bo'lgan qiziqishim ruhlantirgan bo'lsa kerak. Olti-yetti yoshlarda edim. Esimda qolgani, kechalari osmachiroq atrofida qo'ni-qo'shnilar yig'ilishib,onalarimiz, opa-singilarimiz hangoma qilishib, biri urchuq yigirar, biri kashta tikishar edi. Onam meni ham deyarli har kuni ana shu davralarga olib borardi.
Qishlog'imizning bir chekkasidagi kichkinagina hovlida onamning qarindoshi Pardaxol xolamiz va u kishining qizi Anzirat xola yashardi. Kechki payt u kishilar ham kelib davraga qo'shilardi. Shunda Anzirat xola onaxonlarga qarab:
-Sizlar mening paxtalarimni chivib bersasizlar, men sizlarga doston aytib
Beraman, - derdi. Momolarimiz jon-jon deb rozi bo'lishardi, chunki u kishi kiftini keltirib doston aytardi. Ijro mahorati shu qadar kuchli ediki, ovozida sehr bordek edi. Butun vujudimiz quloqqa aylaanib, doston tinglardik. Go'yoki voqealar ichida yurgandek sezardik o'zimizni...
1986 yil, erta ko'klam paytlari edi. Bir kuni kechqurun qishlog'imizning kasalxonasida yotgan qarindoshlarimizdan biri Suyun tog'amni ko'rgani bordim.Ular bir palatada, hamqishloqlarimiz bilan 4-5 kishi bo'lib yotgan ekan. Mening tashrifimdan juda xursadbo'lib ketishdi.
-Zap kelibsiz-da jiyan, anchadanberi zerikib yotganedik, hangoma qilsak gaplarimiz tezda tugab qoladi, - deb gap boshladi Suyun tog'am. So'ng muddaoga ko'chdi:
- Endi jiyan, bizlarga bir yaxshi hangoma qilib bersangiz.
- Xo'p bo'ladi tog'a, sizlarni charchatib qo'ymasam bo'lgani, - dedim u kishining so'zini ikki qilmay. Shundan so'ng hangomani boshladik, men u kishilarga har xil latifalar aytib berdim, ular maza qilib kulishdi. Gap aylanib, qadimda ota-bobolarimiz tomonidan o'ynalgan"Chavqi" o'yiniga borib taqaldi. Men bu gapni eshitib hangu-mang bo'lib qoldim.Tog'amdan bu qanaqa o'yin ekani, haqida so'radim. U haqda batafsil ma'lumot olishga tutindim. U kishi "Chavqi" o'yini haqida mufassal ma'lumot berdi.
Aytishlariga qaraganda, urush boshlanib, bu o'yin o'ynalmay qolib ketibdi. To'g'rida, belida quvvati bor yigitlar ommaviy ravishda qirg'inbarot jangga ketgan bo'lsa, ko'ngilga qil sig'maydi-yu, qo'shiq sig'armidi! O'yin-kulguning mavridi emasdi. Urishdan keyingi og'ir yillarda ham xursanchilik hech kimning ko'ngliga sig'magan, shu vajdan bora-bora bu o'yin unutila borgan.
Tog'am shu asno yonidagi Abdulla ismli kishiga yuzlandi:
- Abdulla aka, "Chavqi"da qatnashib zo'rqarsak chalar edingiz, "Elaman, elaman, Paxta boshidankelaman", deb aytar edingiz. Hali ham yodingizdami? Bir ijro qilib bermasangiz bo'lmaydi. Jiyan shu sohaning odami, nomingiz gazet-pazetda chiqib qolsa shoyad!
Abdulla aka o'rnidan turib:
- Elaman, elaman, Paxtaboshidan kelaman, meni kim deb so'rasang, Abdulla akang bo'laman, - deb qarsak chalib, xirom ayladi. Keyin:
- E-e-ey, esimdan chiqib ketibdi, - deb to'xtab qoldi...
Tog'amdan, "Chavqi"ning boshqa ishtirokchilari ham bor-yo'qligi haqida surishtirdim. Bor ekan, faqat ular anchayin keksayib qolishganini aytdilar.
Shundan so'ng darhol o'sha kishilarning ismi-shariflarini yon daftarimga yozib oldim. Bu odamlarning barchalarini deyarli tanirdim, faqat muqaddam shu san'at bilan mashg'ul bo'lganlarini bilmasdim. Vaholanki, bu kishilar o'z davrining eng yaxshi qarsaqchilari bo'lishgan ekan. Daminbobo, Sharif bobo, Mamarasul bobo,Eshonqul bobo, Qo'ng'ir bobo, Meliboy bobo, Hasan bobo, Ismat aka...Oldi 90 yosh, qolganlari ham 70-80 yoshlarda.Ularni bir-bir ko'z oldimdan o'tkazdim. Qishlog'imiz keksalari, hozir hammalari nafaqada. Mana shu odamlar bo'z yigitlik chog'i o'z san'atini elning huzurida namoyish etishib, minglab insonlarga zavq ulashgan, ko'pning e'tiborini qozongan, deb kim o'ylabdi deysiz. O'zimdan misol, endi eshitib turibman. Oldingdan oqqan suvning qadri yo'q, deb shunga aytsalar kerak-da!
qo'ydim. Keyin Abdulla akaga yuzlanib, kallamda bir g'oya tug'ilganini, uni amalga oshirishga kirishganimda sobiq ishtirokchilarini bir joyga to'plashim mumkinligini aytdim.
" -Chaqirtirsam, kelasizmi?" - deb so'radim. Abdulla aka darhol rozi bo'ldi.
Hattoki taklifim unga ma'qul keldi.
-Xabarini eshitsam, biz zumda yetib borganim bo'lsin, - dedi u chehrasi yorishib...
O'sha kuni uyga kelib, allamahalgacha to'shakda to'lg'onib yotdim, sira uxlay olmadim. Miyamga quyilib kelayotgan bir fikr uyqumni o'g'irlagandi. Tezroq tong otishini istardim. Boshim g'ovlab ketdi. Har xil rejalar tuzishdan charchadim, ammo bu charchoq meni g'aflatga tortmas, aksincha harakat qilishga undardi.
Xullas, bir amallab tong ottirdim. Qarang, fikr bor, g'oya tayyor, biroq uni qanday qilib amalga oshirish muammosi yo'limga ko'ndalang bo'lib turardi. Ikki-uch kun mana shu o'y-xayollarim ta'siridan chiqa olmay yurdim. Oxiri bir qarorga keldim: tuman Madaniyat bo'limimudiriga rejamni aytdim, ya'ni otaxonlardan iborat bir ansambl tuzmoqchi ekanimni bayon etdim. U kishi bilan maslahatlashganim yaxshi bo'ldi, "Kengashli to'y tarqamas", deb shunga aytsalar kerak-da.
Tuman Madaniyat bo'limi mudiri Nurmamat aka fikrimni obdon eshitib: "Bu ayni muddao bo'lardi", deb meni to'liq qo'llab-quvatladi. Gapirish ohangimdan bir nimani sezdi sheklli, "Muammo nimada?" deb so'radi.
-Muammo, bu odamlar qishlog'imizning keksalari, otaxonlarning ko'pchiligi urush qatnashchisi - shularni qandayqilib to'plash haqida bosh qotiryapman, - dedim.
- Bu yog'ini menga qo'yib bering, - dedi mudirimiz.
U kishi tez orada sobiq raykom kotibi Olim Ikromovga bu yangilikni yetkazdi. Olim aka o'z navbatida Fozil Yo'ldosh xo'jaligi partkom sekretari Mamarajab Solmonovni chaqirib, bu masalada unga topshiriq berdi. Partkom sekretari ko'p o'tmay menga ro'yxatimdagi 15 nafarga yaqin otaxonlarni to'plab berdi. Ularga bo'lib o'tgan voqealarni aytdim, maqsadimni obdon tushuntirdim. Otaxonlar birdan jonlanib ketishdi. Bu ularning xira tortib qolgan ko'zlarida aks etdi, yuzlari yorishib ketdi.
-O, u davrlar urushdan oldingi vaqtlar edi, - deya gap boshladi Damin bobo o'rnidan bir qo'zg'alib. So'ng "Esimizda qolganmikan?", degan ma'noda yonidagi hamrohlariga ko'z yugurtirdi. Otaxonlarni qarsaq chalishga undadi. "Qarsillatib chalingizlar", deya qattiq tayinladi. So'ng Mamarasul otaga qarab:
- Siz quloch yozib o'yinga tushasiz, men baholiqudrat "Tarallixo"niaytib ko'raman, - dedi. Shu-shu bo'ldiyu repetitsiyalar boshlanib ketdi. Ansambl repertuariga eng avvalo Fozil Fo'ldosh o'g'lining dostonlarini, qadimiy milliy urf-odatlarimizni targ'ib qiluvchi qo'shiqlari va termalarini kiritdik. Bora-bora milliyligimizni o'zida mujassam etuvchi "Chavqi bu", "Yil boshi", "Poda to'p o'yini", "Samarqand bozori", "Sumalak sayli", "Xush kelibsan, Navro'zim!", "Dehqon dala aylandi", "Cho'pon cho'liq podachi", "Chillik", "Quloq cho'zma" , "Chavgon ko'pkari", "O'nboloq-do'mboloq", qizlar tomonidan o'ynaladigan "Topron, "Xappak", "Bo'tasalay", "Arpa pish, bug'doy pish" kabi xalq o'yinlarining teatrlashtirilgan kompozitsiyalarini saxnalashtirib, tomoshabinlar hukmiga havola eta boshladik. Ansamblimiz repertuaridagi barcha ijro etiladigan ashula, lapar,xalq qo'shiqlari, o'yinlari,termalari,kompozitsiyalarimiztomoshalari quyidagi tartibda joylashtirildi: marosim qo'shiqlari, mavsumiy qo'shiqlar, xalq termalari, xalq o'yinlari, xalq laparlari, qarsaq o'yinlari, hududiy alla ijrosi va hokazo...
Xolboy QOSIMOV: - "ChAVQI" folklor-etnografik ansamblining erishgan yutuqlari, viloyat, respublika hamda Xalqaro ko'rik-tanlovlar, festivallardagi ishtiroklari ham tahsinga loyiq, deb o'ylayman. Shunday emasmi?
Suvonqul ABDUQODIROV: - Haqiqatdan ham. Men 1986 yil noyabr oyida Toshkentga borib, Respublika xalqijodiyoti va ilmiy metodik markazida bo'ldim. Mutassaddi kishilarga ansambl to'g'risida to'liq ma'lumot berdim. Ular dekabr oyida Respublikadabirinchi marta milliy-amaliy san'atkonfrensiyasini o'tkazishga tayyor-
garlik ko'rilayotganini aytishdi va biz ham mana shu anjumanda qatnashishimiz kerakligini ta'kidlab:"Tayyorgarlik zo'r bo'lsin", deb tayinlashdi. Bu konferensiya Toshkent shahrida, Respublika televideniyasi bilan hamkorlikda o'tkazilishini ham aytishdi. Jamoamiz bilan ushbu tadbirga qatnashish uchunpuxta tayyorgarlik ko'rdik.Dekabr oyida xabar keldi, biz Samarqand viloyati nomidan qatnashadigan bo'ldik.
Konfrensiya uch kun davom etdi. Birinchi kuni san'atshunos olimlar va sohaga taalluqli mutaxassislar ma'ruza qilishib, viloyatlarda endi birin-ketin folklor ansambllari tuzila boshlagani, ular nimalarga e'tibor berishlari kerakligi, bu ishda "haybarakallachilik"ka yo'l qo'yibbo'lmasligi yoki xo'jako'rsinga ish qilmaslik lozimligi, ularning repertuarlari qandaytuzilsa maqsadga muvofiq bo'lishi haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ikkinchi kuni viloyatlardanborgan ansambllarning tayyorlab kelgandasturlari mutaxassislar ko'rigidan o'tkazildi. Folklor jamoalarga kerakli ko'rsatmalar va xalq og'zaki ijodiyotidan qanday foydalanishkerakligi xaqida maslahatlarberishdi. Bizning jamoamizga bir guruh olimlar qiziqishibqoldi, shulardan biri san'atshunoslik fanlari doktori Muhsin Qodirov bo'ldi. U kishi jamoamiz a'zolari bilan alohida-alohida suhbatlashdi. Samarqand viloyatida qadimiyqarsaq o'yinlarining yo'qolibketganligi va jamoamiz shu yo'nalishda ijod qilayotganidan behad minnatdor ekanini aytdi. Ansamblimizni har doim qo'llab-quvvatlashga, amaliy yordam ko'rsatishga tayyor ekanini ta'kidladi.
Uchinchi kuni jamoalarning konsert dasturlaridan televideniega namunalar yozib olindi. Konfrensiya yakunida tashkiliyqo'mita tomonidan bundanbuyon har ikki yilda folklor ansambllarining Respublika ko'rik-tanlovi o'tkazilishi, navbatdagi Respublika ko'rik-tanlovi 1987 yil aprel oyida, Toshkent shahrida bo'lib o'tishi ma'lumot tariqasida e'lon qilindi. Bu ko'rik-tanlov II-Butunittifoq xalq ijodiyoti festivaliga bag'ishlab o'tkazilishi rejalashtirilgan ekan. Tanlovda ishtirok etishning asosiy shartlaridan biri - uning viloyat bosqichida birinchilikni qo'lga kiritishi ekan. Konfrensiya ishi juda qiziqarli va sermahsul bo'ldi. Anjuman yakunida folklor-etnografik jamoalarining ayrim ijod mahsullari telestudiyada yozib olindi. Bizning ham to'rtta chiqishimizni magnit tasmasiga muhrlashdi.
Safardan juda xursand bo'lib qaytdik. Endi navbatdagi ko'rik-tanlovga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida mashg'ulotlar kunlarini haftasiga to'rt kun qilib belgiladik. Jamoamizning diqqat-e'tibori faqat bir narsaga qaratilgan: viloyat ko'rik-tanlovida g'olibchiqib, Respublika ko'rik-tanloviga qatnashish edi.
1987 yil aprel oyi boshlarida folklor jamoalarining viloyat ko'rik-tanlovi boshlandi. Unda Urgut tumanidan "Beshqarsaq" jamoasi, Pasdarg'om tumanidan "Darg'om navolari" jamoasi,Kattaqo'rg'on tumanidan "Sarbozi" jamoasi va Bulung'ur tumanidan "Chavqi" jamoasi qatnashdilar. Ko'rik yakuniga ko'ra bizning jamoamiz Respublika musobaqasida qatnashadigan bo'ldi. Aprel oyi oxirlarida Toshkent shahrida Respublika folklor jamoalarning birinchi ko'rik-tanlovi boshlandi. Ko'rik-tanlov Yosh tomoshabinlar tetrida uch kun davom etdi. Hakamlar xay'ati viloyatlardan tashrif buyurgan jamoalarni birin-ketin sinchiklab ko'rikdan o'tkazdilar. Tashkilotchilardan biri menga:
-Siz Bahodir Yo'ldoshevga uchrasharr ekansiz, u sizni kabinetida kutayapti, - deb qoldi. Borib uchrashdim.
- Otaxonlar zo'r-ku!
Jamoamiz a'zolarini Bahodir aka chin dildan, samimiy qutladi. So'ng:
- Otaxonlar Samarqandning qaysi tumanidan? - deb so'radi. Bulung'urdan ekanimizni bilgach:
- Bo'lmasa sizlar bilan ertaga soat 10.00 da Xalqlar do'stligi saroyida uchrashamiz, sizlarni katta san'atkorlar bilan Moskvaga olib boraman, - dedi.
Quvonch va hayajondan boshim osmonga yetdi. Ko'rik-tanlov kechga yaqinyakunlandi. Surxondaryo viloyati Boysun tumani folklor jamoasi birinchi, Samarqand va Buxoro viloyati folklor jamoalari ikkinchi, Farg'ona vodiysi folklor jamoalari uchinchi o'rinni oldilar.Shu biln birinchi Respublika ko'rik-tanlovi nihoyasiga yetdi...
Ertasi kuni aytilgan vaqtda Xalqlar do'stligi san'at saroyiga bordik. Bahodir Yo'ldoshev sahnani biz uchun tayyorlab qo'ygan ekan. Folklor jamoamiz repertuaridagi barcha chiqishlarimizni nazardan o'tkazdi. Vaqti-vaqti bilan yon daftariga allanimalarni yozib olardi. Shundan keyin Bahodir Yo'ldoshev jamoani bir joyga to'plab, hali men aytishga ulgurmagan xushxabarni ularga yetkazdi.
- May oyida Moskvada O'zbekiston san'ati va madaniyati kunlari bo'lib o'tadi. Ana shu anjumanda Sizlar ishtirok etasizlar.
Ansambl ishtirokchilari bu xabarni qarsak bilan qarshi olishdi. Bahodir aka esa bu quvonchli xabar ekani, ammo shunga yarasha mas'uliyati ham borligini, jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz lozimligini uqdirdi. Repertuarimizni sinchiklab ko'zdan o'tkazgani, qo'shiqlar va o'yinlar orasidan ayrimlarini alohida ajratib olganligini aytib, mana shu chiqishlarimizni qiyomiga yetkazishimiz lozimligini ta'kidladi.
Bulung'urga qaytgach, Bahodir Yo'ldoshevning yo'l-yo'riqlari va ko'rsatmalariga asosan ish boshladik. Mashg'ulotlar kuni ham, shug'ullanish soatlarini ham ko'paytirdik. Otaxonlar bunga jon-jon deb rozi bo'lishdi.
1987 yil may oyining boshlarida bizga xushxabar-taklif keldi, biz yana Toshkentga yo'l oldik. Bahodir aka ikki kun biz bilan mashg'ulot o'tkazdi va katta san'atkorlar bilan Moskvaga jo'nadik.
U yoqda bir hafta mobaynida dastur doirasida konsertlarda qatnashdik. Shundan so'ng bizni Rossiya televideniesi va Yevrovidenie televidenielariga yozib olishdi. Vaqt topib jamoamiz qatnashchilirini Qizil maydonga hamda Mavzoleyga ziyoratga olib bordim. Moskvadan yaxshi taassurotlar bilan qaytdik. Avgust oyida II-Butunittifoq xalk ijodiyoti festivalining yakuni bo'yicha jamoamizga festivalning laureatlik medallari toshirildi. Biz avval kelishganimizdek, jamoamiz bilan repertuarimizni sayqal topdirish uchun rosa ter to'kib mehnat qilishga tushdik.Maqsadimiz uning manzurlik darajasini oshirishdan iborat edi. Mashg'ulotlar ba'zida tungacha davom etardi. Mashaqqatli mehnatning ortida quvonchli muvaffaqiyatlar, zafarli safarlar sururini totib ko'rgan otaxonlar ishlab charchashmasdi, qiyinchiliklardan bo'yin tovlashmasdi.

Samarali mehnatlarimizning natijasi o'laroq, 1988 yili ikkinchi bor Moskva shahrida bo'lib o'tadigan Xalqaro folklor festivalida ishtirok etadigan bo'ldik.
Festivalga qatnashishimiz uchun yangi liboslar tikildi, sobiq rayon partiya komitetining birinchi sekratari Zoir Jo'rabekovga uchrashdik. U kishiotaxonlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish, jag'larining kamshik bo'lib qolgan joylariga qoplama tishqo'yib berishga yordamlashdi. Har bir ishtirokchiga bir juftdan yangi poyabzal (kalish) olib berishdi. Festivalga yaxshi borib kelish uchun muvaffaqiyatlar tilashdi.
Avgust oyida yana safarga otlandik. O'zbekistondan beshta jamoa:Buxorodan "Mohisitora", Xorazmdan "Orazibon", Surxondaryodan "Boysun", Samarqandan "Chavqi" jamoasi va Toshkentdan doirachilar guruhi safida Moskvaga jo'nadik. Yigirma besh kun mobaynida Moskvada bo'ldik. Festivalning ochilishi va yopilishiga bag'ishlangan katta galakonsert dasturlarida bizning "Chavqi" jamoamiz bilan Xorazmning "Orazibon" jamoalari qatnashdi. Festivalda Ittifoqdan yetmishga yaqin, chet davlatlardan saksonga yaqin jamoalar qatnashdilar. Festival bir haftadavom etdi. Uningyakunida "Orzibon" jamoasiga laureatlik diplomlari, jamoamiz ishtirokchilariga esdalik medallariva qimmatbaho sovg'alar berishdi.
O'sha yili sentabr oyida Madaniyat vazirligining navbatdagi Kengashida bizning "Chavqi" folklor-etnografik dastamizga "Xalq folklor jamoasi" degan unvon berildi. 1990 yili esa Navro'z umumxalq bayrami Toshkent shahrida katta Xalq sayli tarzida bayram qilindi. Teatrlashtirilgan sahnalar bayram ruhini yanada sarbaland qildi, shukuhini oshirdi.

Ansamblimiz2002 yilda Surxondaryo viloyatida bo'lib o'tgan "Boysun bahori" Xalqaro folklorfestivalida ishtirok etib, YuNESKO Xalqaro tashkilotining maxsusdiplomi bilan taqdirlandi.2004 yil RespublikaMadaniyat va sport ishlari vazirligining "Yilning eng yaxshi folklor jamoasi" nominatsiyasi g'olibi bo'lishga muvaffaq bo'ldik. Samarqand shahrining 2750 yiligiga bag'ishlangan Respublika folklor jamoalarning an'anaviy festivalida qatnashib, faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritib, diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandik. 2010 may oyidaqadim Xiva shahridaYuNESKO va O'zbekiston Fond-forum nodavlat tashkiloti tamonidan o'tkazilgan "Asrlar sadosi" an'anaviy madaniy festivaldaqatnashib, festivalning folklor yo'nalishi bo'yicha laureatlik diplomi va qimmatbaxo sovg'asi bilan taqdirlandik.
2011 yil Navro'z bayrami arafasida tumanimiz mahallalariga tashrif buyurishgan fransiyalik mehmonlar bilan ijodiy uchrashuvlar o'tkazdik. O'sha yili "O'zbektelefilm" ijodkorlari tomonidan Urgut tumanida suratga olingan "Sevgi bahori" nomli telefilmda qatnashib, repertuarimizdagi sara chiqishlarimizni namoyish etdik. Viloyat televideniesi tomonidan Samarqand shahrida yashavchi turli millat madaniy markazlari vakillari bilan Navro'z bayramini o'tkazish dasturida faol ishtirok etdik.
Viloyat Navro'z umumxalq bayrami saylida hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 20 yilligiga bag'ishlangan Respublika televideniesining "Sarafroz O'zbekiston" nomli ko'rsatuvida "Samarqandim qayda bor" nomli badiiy dastur bilan ishtirok etdik. Aprel oyida Navoiy shahrida Respublika ilmiy-metodik va axborot markazi tomonidan o'tkazilgan "Xalq san'ati tomoshasi va milliy o'yinlar" festivalida ishtirok etib, fetivalning folklor yo'nalishi bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritib, 1-darajali diplom va qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirlandik.
Jamoamiz ajdodlarimizning buyuk merosi bo'lib kelgan xalq og'zaki ijodi namunalarini izlab topish va ularni kelajak avlodlarga yetkazishda faollik bilan ijod qilib kelmoqda. Ijodiy faoliyatimiz davomida ota-bobolarimizdan meros bo'lgan qadimiy qarsak o'yinlari, xalq qo'shiq va laparlari, termalari,milliy urf-odatlarimizga oid marosim va mavsumiy qo'shiqlar hamda milliy udumlarimizni tiklash borasida olib borayotgan bu kabi izlanishlarimiz ansamblimizning repertuarini boyitishda va uning umrboqiyligini ta'minlashda muhim omil bo'lmoqda. Bundan tashqari, "Chavqi"ning qadimiy qo'shiqlarini yaxshi biladigan keksa kishilar bilan suhbatlashib, ulardan ko'plab xalq o'yinlari, qo'shiqlari, termalari, laparlariva qarsaq o'yinlarini yozib olishni ham kanda qilmayapmiz. Ana shunday keksalardan biri Suyun Norbekov hikoya qiladi:
- O'n yoshlarda edim, u paytlarda to'y bo'lsa kechqurun davraga gulxan yoqilardi, hamma gulxanning atrofini o'rab olishardi. Shunda har bir qishloqning yigitlari navbat bilan "Chavqi" o'yinini o'tkazishar edi. Kishlog'imizda bo'layotgan bir to'yda Fozil bobo ham qo'liga do'mbirasini olib, supachaga chiqib, "Burga" degan qo'shig'ini aytib bergandi. Yosh bola emasmanmi, bir eshitishdayoq bu qo'shiqni yodlab olgandim. Fozil bobo bug'doyrang, o'rtabo'y, gavdalari ixchamroq kishi edi. "Chavqi" ansamblining ishtirokchisi sifatida bu hazilomuz "Burga" qo'shig'ini hali-hanuz zavq-shavq bilan kuylab kelaman. Bu qushiq shunchalar jozibali, hayotiy ediki, uni kuylaganimda qo'llarim bilan badanlarimni tirnab, qashigan kishi bo'lib ijro etardim.
Fozil shoirning bugungi kunda Bulung'urdagi izdoshlaridan biri Sherqo'zi baxshi Norbekovdir. U 1981 yilda Fozil Yo'ldosh xo'jaligiida Suyun baxshi xonadonida tavallud topgan. Sherqo'zi baxshi bir qator ko'rik-tanlovlarda, san'at anjumanlarida ham faol qatnashib kelmoqda. U Termiz shahrida bo'lib o'tgan birinchi Xalqaro baxshichilik san'ati festivalida ham faol ishtirok etib, "Eng yosh baxshi" nominatsiyasig'olibi bo'lgan. Hozirgi kunda Sherqo'zibaxshi Samarqanddagi san'at va musiqaga ixtisoslashtirilgan maxsusmaktabda va Bulung'ur tumanidagi 9-son Musiqa va san'at maktabida baxshichilik san'ati buyicha dars berib kelmoqda.
2010 yil tumandagi sobiq Maishiy xizmat hamda Pedagogika va sport kollejlarida tashkil etilgan folklor jamoalari viloyatda, shuningdek, Respublika ko'rik-tanlovlarida g'olib chiqib, o'sha yili Toshkent shahrida o'tkazilgan "Barhayot an'analar" Respublika ko'rik-tanloviga qatnashib, ko'rik-tanlovning oliy o'rini - GRAN PRI sovrinini qo'lga kiritishga muyassar bo'ldi. 2011 yil tumandagi 5-umumta'lim maktabi qoshidagi "Chavqi nihollari" bolalar folklor jamoasi Respublika sobiq "Kamolot" YoIH tomonidan maktab o'quvchilari o'rtasida tashkil etilgan "Yangi avlod" festivalining viloyat bosqchida g'oliblikni qo'lga kiritib, Respublika bosqichiga yo'llanma oldi. Ta'lim maskanlarida tashkil etilgan bu jamoalarimiz keyingi yillarda ham Respublikamiz miqyosida o'tkazilib kelinayotgan barcha milliy va umumxalq bayramlarida, festivallarda, tadbirlarda faol ishtirok etib kelmokda.
Xolboy QOSIMOV: - Maroqli va mazmunli suhbatingiz uchun rahmat.