Ayni paytda tumanda faoliyat olib borayotgan 5 ta madaniyat markazlarida san'at yo'nalishidagi 30 ta to'garak ishlab turibdi. Ularda tumanimiz aholisining 2000 ga yaqin san'atga ixlos qo'ygan farzandlari san'at sirlarini o'rganishmoqda. Ularga Baxtiyor Doniyorov, Mahmud Ermatov, Abduqayum Pardayev, Dildor Saparova, Madina Abdurahimova kabi malakali, tajribali mutaxassislar san'at saboqlarini berib kelishmoqda.
Yaqinda muxbirimiz tuman Madaniyat bo'limida bo'lib, sohada amalgam oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar bilan yaqindan tanishish maqsadida bo'lim boshlig'i Alijon Isoqov bilan suhbatlashdi.
Yaqinda muxbirimiz tuman Madaniyat bo'limida bo'lib, sohada amalgam oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar bilan yaqindan tanishish maqsadida bo'lim boshlig'i Alijon Isoqov bilan suhbatlashdi.
Savol: - San'at olamiga qachon kirib kelgansiz?
Javob: - 1976-yilda marhum ustozim, Xalq teatrining ilk rejissyorlaridanbiri Rabbim O'rolov va akam Boltaboy Shodiyevlar bolalar hayotiga bag'ishlangan "G'irrom" nomli spektakldagi bosh rolni ijro etishga taklif qilishgan.
Savol: - Demak, ish faoliyatingizdan ijodiy faoliyatingiz oldinroq boshlangan ekanda?
Javob: - Ha, 4-5 yoshimda va 4 ta spektaklgaqatnashganman.
Muallif: - Suhbatimiz qahramonini 1986-yildan buyon taniyman. O'sha yili 7-noyabr kuni Madaniyat uyida katta konsert qo'yildi. 1-bo'limda konsert, 2-bo'limda H.H.Niyoziyning "Tuhmatchilar jazosi" asari namoyish etildi. Rosti, tomoshabinlar zavqlanganidan zal larzaga kelgandi. Keyin bilishimcha, oddiy ijroda 30-35 daqiqa davom etadigan spektakl tomoshabinlarning to'xtovsiz kulgulari natijasida 65 daqiqaga cho'zilibdi. Afishaga qaradim: - "Sahnalashtiruvchi rejissyor - Alijon ISOQOV".
Yangi yil bayrami kunlari 5 kun 2 seansdan "Kulgu kechasi" namoyish etildi. Biletlar 1-2 kun oldin sotilib ketardi. Shu tariqa, Bulung'urda Alijon ismli rejissyor va kulgu ustasiyashinday yalt etib ko'zga tashlandi.
Savol: - Bilishimcha, mashhur so'z ustasi Mirzabek Xolmedov, Fatxulla Ma'sudov, Abdurayim Abduvahobov, Madina Muxtorovalar bilan bir kursda o'qigansiz. Alijon, juda ko'p muxlislaringizni o'ylantiradigan savol: shu iqtidoringiz bilan nega Toshkentda qolmagansiz?
Javob: - U davrlarda qaysi viloyatdan o'qishga borgan bo'lsang, o'sha viloyat teatrida 2 yil ishlab berishing lozim edi. Qolaversa, (Yangi Konstitutsiyamizga yangio'zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan yechimini topayotgan, bizlarga armon bo'lgan masala) Toshkent shahriga ro'yxat (propiska)ga qo'yish "otliq"ning ham qo'lidan kelishi qiyin edi.
Savol: - Samarqand teatrida faoliyat boshlab, nega birdaniga tuman Xalq teatriga kelib qoldingiz?
Javob:- Sog'lig'im tufayli... Afg'onistondagi janglarda oyog'imdan yaralanib qaytganman.
Savol: - Uzr. Endi shaxsan o'zimni qiziqtirgan savol: Qalam tutishga, dramaturgiyaga qo'l urushingizga nima sabab bo'lgan, qanday kirib kelgansiz?
Javob: - "Kulgi kechalari"ning barcha ssenariylarini o'zim yozardim. Qolaversa, Navro'z, Mustaqillik bayramlarining teatrlashtirilgan tomoshalari ssenariylarini yozib sahnalashtirish ham zimmamda bo'lganligi sababli qo'limga qalam olganman. Dramaturgiyaga kirib kelishimga esa Mustaqillik sabab bo'lgan...
Tizim o'zgardi, dramaturgiyada sahnalashtiriladigan asarlar qolmadi hisob. Yurtimiz tarixiga sho'ng'ib ketgan vaqtim Amir Temur hayoti, amalga oshirgan ishlari butun xayolimni o'g'irlagan. Unga bo'lgan havasim natijasida "Xudo nazar solg'on yigit" dramatik rivoyat asarimni qanday yozganimni ham sezmay qolganman. Ortidan Ulug'bek hayotiga bag'ishlangan"Ruhi bezovta shaxs", o'z avtobiografiyam asosida yozilgan "Biri kam dunyo" dramatik asarlarim yuzaga keldi. Shu asarlarim Toshkent sahnalarida Bulung'ur Xalq teatri jamoasi tomonidan ijro etilib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi. O'zim Respublikada "2000-yilning eng yaxshi dramatik asar muallifi" nomini oldim.
Savol: - Eshitishimcha, viloyat teatriga ishga taklif qilinishingizga ham dramaturgligingiz sabab bo'lgan ekan-a?
Javob: - Qisman... "Xudo nazar solg'on yigit" asarimni Samarqandda vazirlik xodimlariga namoyish etdik. O'sha vaqtda Hamid Olimjon nomli viloyat davlat teatrida muqim bir rejissyor yo'q edi. Vazirlikdagilar bizning asarni ko'rgach, viloyat teatriga o'tishimni tavsiya qilishdi. Ikkinchi rejissyor sifatida ustozim (joylari jannatda bo'lsin) Bahodir Yo'ldoshev bilan "Nodirabegim" va "Payg'ambar kitobi" asarlarini sahnalashtirdik. Endi ochilgan Samarqand shahar televideniyesida (STV) "Biri kam dunyo", "Bilmayin bosdim tikonni", "Armon" videofilmlarini suratga olib, namoyish etdim. Haftalik "Viloyat" nomli ko'rsatuvim ham bor edi.
Savol: - Viloyat Madaniyat boshqarmasiga ishga qanday borib qolgansiz?
Javob: - Ijodim sabab. Registon maydonida Respublika Mustaqilligining 6 va 7 yillik bayramlarining ssenariysini yozib, sahnaga qo'yganimni ko'rgach, viloyat hokimi A. Mardiyev Boshqarmaga ishga tavsiya qildi. 3 yil boshliq o'rinbosari bo'lib ishladim...
Savol: - ... va birdan yana Xalq teatriga qaytish?
Javob: - Oilam uchun... 7 yil befarzandlik g'amini chekkan inson uchun bolasining kasal bo'lishi qiyomat qoyimdek fojea ekanligini his etarsiz.
Muallif: - Yana bir bor uzr!
Qahramonimiz hayotidagi asosiy masalalarni bilib oldik. Endi amalga oshirganishlariga to'xtalib o'tsak. Hozir tumanda faoliyat ko'rsatayotgan barcha madaniyat markazlari sotilib ketishining oldi olinib, tuman Madaniyat bo'limi balansiga o'tkazilgan. 2-son Sohibkor madaniyat uyining kapital ta'mirlanishi, 1-son Markaziy madaniyat uyining yangi binosi qurilishi bevosita Alijon Isoqov nomi bilan bog'liq. Keling, yaxshisi hamkasblarining fikrini o'rganaylik...
A.Tojiboyev (faxriy xodim): - Hammaning tabiatiga mos gapiradi, talabchan, ish boshqarish uslubi juda yaxshi, boshqalarni bir-biriga moslashtirishga usta.
F.Gulmuratov (tuman Xalq teatri rejissyori): - Meni suxandon va rejissyorlikka o'rgatgan rahbar va ustozim Alijon Isoqovdir.
D. Murodov (bosh mutaxassis): - Tom ma'nodagi fidoiy rahbar va o'ta bilimdon, madaniyatli madaniyat sohasi rahbari.
B. Doniyorov ("Yoshlik" ashula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari): - U kishiga besh ketganim - o'tganlarni e'zozlashi. Barcha marhum ustozlar Qodir Haqberdiyev, Turdibek Qorabekov, Nurmamat Boyjo'rayev, Rabbim O'rolovlarning "Xotira kechalari"ni o'tkazdi. Hatto, "Chavki" xalq folklor-etnografik ansambli asoschilaridan 21 nafar otaxonlarning "Xotira kechasi"ni o'tkazgandi.
N. Doniyorova (liboschi): - U kishi bizga boshliq emas, katta oilamizning otasi.
K. Ahrorova (xonanda): - Men, Nasiba o'qimaganmiz, diplomimiz yo'q, ammo tug'ma iqtidorimizni e'tiborga olib, jamoada o'rnimizni belgilab berganidan minnatdormiz.
S.Abayev (qorovul): - Men bilan ham do'stday gaplashadi.
N.Rajabov (qorovul): - Hayot girdobiga tushib qolganimda yo'l ko'rsatib, to'g'ri yo'lga solgan Akam va Ustozim!
Muallif: - Alijon Isoqov "Jasurligi uchun" jangovor medali, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20, 25, 30 yilligi ko'krak nishonlari,viloyat, tuman hokimliklarining ko'plab Faxriy yorliqlari va Tashakkurnomalari bilan taqdirlangan.
Navro'zga ruxsat berilganidan, Mustaqillik e'lon qilinganidan buyon tumanimizdagi barcha ommaviy madaniy tadbirlarning ssenariy muallifi va sahnalashtiruvchi rejissyori, 2011-yildan buyon tuman Madaniyat bo'limining boshlig'i Alijon Isoqov 60 yoshga to'ldi.
Savol: -Alijon Isoqovning kelgusi rejalari qanday?
Javob: - Rahbarlikni topshiraman, ijodimga qaytaman. Endi xalqimga asarlarim orqali ko'proq nafim tegadi.
Muallif: - Ha, demak o'ziga xokisorlikni odat qilib olgan inson yana ijod olamiga qaytadi va tuman Xalq teatri qaytadan yoshlik davrini boshlaydi.
Barcha tuman ijodkorlari nomidan A.Isoqovni 60 yoshi bilan tabriklaymiz, ijodingiz sermahsul, insoniy baxt hamrohingiz bo'lsin!
Suhbatdosh: Rabbim HOTAMOV.