Ayni shu kunlarda o'zbek xalq og'zaki ijodining yetuk namoyondalaridan biri, baxshi shoir Fozil Yo'ldosh o'g'li tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan bayram tantanalaritumanimizda qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda. Bulung'ur shahridagi shoir nomi bilan ataluvchi xiyobonni qayta ta'mirlash, Fozil Yo'ldosh o'g'li uy muzeyini yangidan barpo etish, "Erganakli" mahallasi xududidagi She'roz qal'asini obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari tobora ja'dal tus olmoqda. Shu jumladan, baxshi shoirning Bulung'ur shahri markazida joylashgan xiyobonidagi qabri "Bedana" mahallasi hududidagi "G'ishtli ota" qabristoniga ko'chirilib, uning ruhi shu joyda abadiy qo'nim topdi. Qabrning ko'chirilishi bilan bog'liq turli xil gap so'zlarga, shubha-gumonlarga o'rin qoldirmaslik, qolaversa bu jarayonning kelib chiqish sabablarini ochiq-oshkora yoritish maqsadida ushbu maqolani tayyorlab, ko'p sonli mushtariylarimiz hukmiga havola etishni lozim topdik...
Gap shundaki, baxshi shoir Fozil Yo'ldosh o'g'li 1955 yili vafot etganidan so'ng sobiq tuzum taomiliga ko'ra tuman partiya tashkiloti (hozirgi tuman hokimiyati) binosi yonidagi Madaniyat va istirohat bog'iga dafn etiladi. Ya'ni, boshqa-charoq qilib aytadigan bo'lsak, o'sha davrning odatlaridan biriga ko'ra mashhur kishilar: taniqli adiblar, shoirlar, olimlar, bastakorlar shaharlar marka-zidagi xiyobonlarga, madaniyat va istirohat bog'lariga dafn etilgan. Bu odat baxshi shoirni ham chetlab o'tmagan, albatta. Qabrga yodgorlik lavhalari bitilgan marmar tosh qo'yiladi. Atrofi, ya'ni 0,5sotix joy yarim metr balandlikdagi temir zanjirli to'siqlar bilan o'ralib, gullar ekiladi. Ko'p o'tmay qabr yoniga shoirning qo'lida do'mbira tutib turgan timsoli aks ettirilgan byusti o'rnatiladi. O'sha paytlari bu joy tuman markazidagi eng so'lim, dov-daraxtli, salqin joylardan bo'lib, doimo bu yerga dam oluvchilar, mehmonlar kelib turishgan. Qabrni ziyorat qilishib,duoi-fotihalar o'qishgan.
Yillar o'tib sobiq tuman partiya tashkiloti (hozirgi tuman hokimiyati) binosi yonidagi Madaniyat va istirohat bog'i hududiga ma'muriy binolar, savdo shaxobchalari, choyxona qurilib, turli xil manzarali daraxtlar kesilib, bog'ning fayzi yo'qola boshlaydi. Shu tariqa baxshi shoirning qabri ham asta-sekinlik bilan tashlandiq xolatga, qarovsiz bir holga kelib qoladi. Bunday ko'ngilsiz holatdan tashvishga tushgan tuman ahli, baxshi shoirning qarindoshlari, tuman faollari hamda oqsoqollari tumanning birinchi rahbarlarigaFozil Yo'ldosh o'g'li qabrini shahar markazida 1970-yillarning boshlarida tashkil etilgan baxshi shoir nomi bilan ataluvchi xiyoboniga ko'chirish bo'yicha murojaat qiladilar. Bu murojaat keng va atroflicha o'rganib chiqilib, qabrni ko'chirish yuzasidan tegishli xujjatlar tayyorlangach, yuqoridagi mutassaddi tashkilotlar rozichiligi bilan bu ishni amalga oshirish chora-tadbirlari ko'riladi. Shundan so'ng, 1977 yilning 25 mart kuni SamDU filologiya fanlari doktori, akademik Vohid Abdullayev rahbarligida qabrni ko'chirish bo'yicha tuzilgan viloyat, tuman komissiyasi a'zolari, viloyat Arxeologiya ilmiy tekshirish instituti antrapologlari hamda go'rkovlar tomonidan qabrni Fozil Yo'ldosh o'g'li xiyoboniga ko'chirish ishlari amalga oshiriladi.O'shanda byusti ham ko'chirilib, mana shu xiyobonga o'rnatiladi. Xiyobonga o'shanda qabrning ko'chirilishi bilan bog'lik komissiya a'zolari tomonidan tuzilgan quyidagi dalolatnoma ham qutidon (kapsula) ga solinib, suyaklari yoniga qo'yilgan.
Oradan ko'p vaqt o'tmay xiyobonning bosh qismida, ya'ni, chap tomonda joylashgan "Dilorom" choyxonasining o'ng tomonidagi katta zalida baxshi shoirning uy-muzeyi tashkil etiladi.1970 yillarning oxirida choyxona yonib ketadi. Jumladan, yangi tashkil etilgan baxshi shoirning uy-muzeyi ham yonib, barcha muzey eksponatlari nobud bo'ladi. Bugunga kelib xiyobonning yon atrofida yuzaga kelgan tartibsizliklar, yengil avtoulovlarning tirbandligi, savdo rastalarining betartib ravishda joylashganligi, qolaversa, xiyobon atrofiga o'rnatilgan beton to'siqlarning yaroqsiz holga kelib qolganligi tufayli shoirning qabri yanatashlandiq holatga kelib qolgandi.
Tumanimizda yil boshidan baxshi shoir yubileyini o'tkazish bo'yicha sa'y-harakatlar boshlab yuborilgan bir paytda, yanvar oyida"G'ishtli ota" jom'e masjidida o'qilgan juma nomozidan so'ng masjid imom xatibi Xolmuhammad Ko'liev nomozxonlarga, ya'ni ko'p sonli nuroniylar, oqsoqollarga qarata shunday taklifni o'rtaga tashlaydi: "Fozil Yo'ldosh o'g'lining bu yil bo'lib o'tadigan yubileyi oldidan Bulung'ur shahridagi xiyobonda joylashgan qabrini o'zimizning "G'ishtli ota" qabristoniga ko'chirib olib kelsak, degandim. Taklifim sizlarga maq'ul bo'lsa bu haqda tuman hokimiyati rahbarlariga murojaat qilardik", deydi. Tabiiyki, bu taklif barcha nomozxonlar qatori juma nomozida ishtirok etayotgan Fozil boboning Loyqa qishlog'ilik qarindoshlariga ham, oqsoqollarga ham juda maq'ul keladi. Shundan so'ng ular bu taklif yuzasidan tuman hokimligiga murojaat bilan chiqishadi...
Tuman hokimiyati rahbariyati, tuman faollari ham nuroniylarning bu takliflarini bir og'izdan qo'llab-quvvatlashadi. Keng jamoatchilik fikri, baxshi shoir qarin-doshlarining rozichiligi, qolaversa, bu borada tuzilgan maxsus komissiya xulosasiga ko'ra Fozil Yo'ldosh o'g'li xiyobonida joylashgan qabri 2022 yil 22 may kuni ikkinchi bor Bo'dana mahallasida joylashgan "G'ishtli ota" qabristonida dafn etilgan qarindoshlari yoniga izzat-ikrom bilan ko'chiriladi. Qabrni ko'chirish jarayonida komissiya a'zolari, antrapologlar, ekspert shifokorlar, baxshi shoirning qarindoshlari, nevaralari ishtirok etishdi.Shu tariqa baxshi shoirning qabri "G'ishtli ota" qabristonida abadiy qo'nim topdi. Ayni paytda qabr ustiga yodgorlik lavhalari bitilgan qabr toshi o'rnatish, shuningdek, ziyoratchilar uchun qurilayotgan maxsus joyda so'nggi ta'mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilyapti. Bundan tashqari, tuman hokimligi tomonidan baxshi shoir qabrini ziyoratgohga aylantirish hamdauni milliy va madaniy meros ob'ekti sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda.
To'g'ri, bu ishni amalga oshirish oson kechmadi. Sababi, xalqimiz o'rtasida "Xiyobonning joyi sotilarmish", degan asossiz gap-so'zlar tarqaldi. Shu bois bo'lsa kerak, boshida qarindoshlari ham qabrning ko'chirilishiga qarshi bo'lishdi. Yuqoridagi singari gap so'zlarning asossiz ekanligi o'z isbotini topgach, ular ham bu xayrli ishning amalga oshirilishiga yakdillik bilan rozilik berishdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi xulosasi. 11.05.2022 yil. Xat № 200. Xalq deputatlari Bulung'ur tumani Kengashiga.
Ma'lumki, dinimizda inson hayotlik davrida qanday e'zozlangan bo'lsa, vafot etganidan so'ng ham shunday ehtiromda bo'ladi. Mayit qabrga qo'yilganidan so'ng uni qayta chiqarish aslida shariatimizda mumkin bo'lmagan amal hisoblanadi. Bu borada Misrning Fatvo markazi ham: "Mayit dafn qilinganidan so'ng barcha mujtaxid imomlarning fikrlariga ko'ra uni boshqa joyga kuchirib bo'lmaydi, garchi dafn qilinganiga uzoq muddat bo'lgan bo'lsin yoki qisqa muddat bo'lgan bo'lsin. Chunki, qabrlarni kavlashlik Alloh taoloning haqqi o'laroqharomdir. Ammo qabrlarni sel yuvib ketishi yoki bir kishining yerini zulm yo'li bilan tortib olinib, u joyga mayit dafn qilingan bo'lsa va yer egasi mayitni ko'chirishni talab qilsa, yer egasining talabi bilangina yerni bo'shatish uchun mayit chiqariladi", deb fatvo berilgan.
Yuqoridagi fatvodan kelib chiqib vayurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, shaharsozlik ishlarini inobatga olgan holda hamda tashlandiq, e'tibordan chetda qolgan yerlarni obod qilish maqsadida tuman markazida joylashgan Fozil Yo'ldosh o'g'li qabrini o'ziyashagan qishloqdagi qarindosh urug'lari dafn etilgan qabriston, ya'ni "G'ishtli ota" qabristoniga ko'chirilishi joiz, deb hisoblanadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasining Sa-marqand viloyati vakili o'rinbosari: X. Sattorov (Imzo.)
Imom-xatiblarimizning ta'kidlashlaricha, tarixiy manbalarda ham nafaqat oddiy fuqarolar, qolaversa, hatto buyuk alloma-larimizning ham qabrlari davr taqozosi bilan bir davlatdan ikkinchi davlatga yoki bir shahardan ikkinchi bir shaharga ko'chirilishi hollari bo'lgan ekan. Birgina misol: "Tumanimizda tavallud topgan hamyurtimiz Xo'ja Hofiz Merosiy XV asrning ikkinchi yarmi XVI asrning birinchi yarmida yashab faoliyat ko'rsatgan diniy arboblardan biri, shoir, hattot, "Qur'oni karim"ni yetti xil qiroatda yoddan o'qiy olgan dunyodagi yetti allomaning biridir. U 1528 yil 26 oktabrda Eronning Mashhad shahrida vafot etgan. Vasiyatiga ko'ra o'limidan oltioy o'tgandan keyin Samarqand hukmdori Sulton Ubaydullaxonning farmoniga ko'ra mulozimlari jasadini She'roz qal'asi yonidagi o'zining nomi bilanataluvchi hozirgi qabristonga olib kelib ko'mishadi". "Qur'oni karim"da, Hadislarimizda, shuningdek, diniy tomondan ham davr taqozosi yoki tabiiy ofatlar tufayli yuz beradigan bunday lozimatli ishlarga mo'nelik ko'rsatuvchi hech qanday fikrlar bildirilmagan ekan.
Ajablanarli joyi shundaki, Fozil Yo'ldosh o'g'li qabrining ko'chirilishi bilan bog'liq ishlar mana shunday ijobiy yakun topgan, buxayrli ish hamyurtlarimizga ma'qul bo'lgan bir paytda"Samarqand" gazetasining "www.samarkandnews.uz" veb-saytida taniqli jurnalist Quvondiq Xalilovning "Baxshi ruhi nega bezovta?" sarlavhali tanqidiy maqolasiga ko'zim tushib qoldi. Maqolada jumladan shunday fikrlarni o'qiysiz: "... Yaqinda Fozil boboning ikkinchi qabri bor joydagi xiyobondan o'tayotib, ko'zlarimga ishonmay qoldim: baxshi qabrining o'rni tekislangan, ortidagi haykal esa mung'ayib turgandek tuyuldi. Aytishlaricha, Fozil Yo'ldosh o'g'li tavalludi munosabati bilan uning qabri o'zi tug'ilib o'sgan qishloqning bugun "G'ishtli ota", deb ataladigan qabristoniga ko'chirilibdi. Kimdir bu ishni to'g'ri, kimdir noto'g'ri, deb xulosa chiqarmoqda. Fozil boboning eng katta nabirasi - Narzulla Fozilovning so'zlariga qaraganda, dastlab qarindoshlari baxshi qabrining ko'chirilishiga qarshi chiqishgan. Ana shu "ko'chirilish"ning tashabbuskor-laridan birining fikricha, jami qarindoshlari dastlab qarshi bo'lishgan, keyinchalik... rozilik berishgan! Shu o'rinda har birimizda savol tug'iladi: baxshi qabri qanday vakilning buyrug'i yoki rasmiy hujjatga asosan ko'chirildi?".
Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Abbos Jabborov o'zining "Bulung'ur.uz" veb-saytida ushbu tanqidiy maqolaga quyidagicha munosabat bildiradi: "Baxshi qabrining ko'chirilishi ham uzoq davom etgan o'rganish va muhokama jarayonlaridan keyingina amalga oshirildi. Avvalo, bir guruh nuroniylar va baxshining qarindoshlari huquqiy va diniy idora vakillari bilan kelishgan holda tuman markazida joylashgan Fozil Yo'ldosh o'g'li qabrini marhumning ruhi abadiy qo'nim topishi uchun alohida ehtirom bilan tumanning Bo'dana mahallasida joylashgan, qarindoshlari dafn qilingan "G'ishtli ota" qabristoniga ko'chirilishini va ziyoratgohga aylantirilishini hamda milliy va madaniy meros ob'ekti sifatida ro'yxatdan o'tkazilishida amaliy yordam berishini so'rab tuman hokimligiga murojaat yo'llashgan... Navbatdagi (va eng so'nggi!) ko'chirish jarayoni ham xalq deputatlari Bulung'ur tumani Kengashining 2022 yil 16 maydagi VI-62-97-7-93-K/22-sonli qaroriga asosan amalga oshirildi. Qayd etish kerakki, ko'chirish jarayoni 2010 yil 27 dekabrdagi "Dafn etish va dafn ishi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining barcha talablariga mos ravishda amalga oshirildi. Jarayonda komissiya a'zolari tarkibi sifatida Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Samarqand filiali xodimi S.Davronov, F.Yo'ldosh o'g'li nevaralaridan E.Sharipov, O.Sharipov, L.Sultonova, O.Tursunqulova, A.Tur-sunqulov, tuman bosh imom-xatibi M.Jomonqulov va boshqa mas'ullar ishtirok etishib, ko'chirish jarayoni yakunida 26 kishi tomonidan imzolangan dalolatnoma tuzildi".
To'g'ri, taniqli jurnalist Quvondiq Xalilovni "Yilning eng faol jurnalisti" Respublika ko'rik-tanlovi g'olibi sifatida ham hurmat qilamiz. Biroq, muallifning ushbu tanqidiy maqolani Fozil Yo'ldosh o'g'li qabrining ko'chirilishi bilan bog'liq jarayonlarni, tuman hokimligidagi hujjatlarni keng va atroflicha o'rganmasdan, shoshma-shosharlik bilan tayyorlagani ajablanarli holdir. Boshqacha qilib aytganda, u maqolada ko'proq ko'cha-ko'ydagi gap-so'zlarga tayanib fikr yuritganligi shundoqqina ko'zga tashlanib turadi. Shunday bo'lsada, ushbu tanqidiy maqola o'quvchilar o'rtasida qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'lganligi sir emas. Maqola yuzasidan turli xil fikrlar bildirilganligi ham fikrimiz isbotidir. Eng muhimi, baxshi shoirning qabri endi qabristonda abadiy qo'nim topdi. Shuning o'zi hamyurtlarimizning katta yutug'i bo'ldi, deb endi g'urur bilan aytishimizga asos bo'ladi, deb o'ylayman. Chunki, yakka qabr hech qachon qabriston bo'la olmaydi. Qabrning joyi esa qabristonda bo'lishi kerak. Bu bir hayotiy falsafa ekanligini unutmasligimiz lozim, deb o'ylayman...
Endi Q. Xalilovning"Baxshi qabri qanday vakilning buyrug'i yoki rasmiy hujjatga asosan ko'chirildi?", degan savoliga kelsak. Ko'rinib turibdiki, qachonlardir sovet tuzumining bir yoqlama qoidalariga binoan dafn etilgan ulug' bobomiz baxshi shoirning qabrini ko'chirish uchun hech qanday "vakil"ning buyrug'i yoki bo'lmasa rasmiy hujjatning aslo keragi yo'q! Yuqorida qayd etilgan barcha hujjatlar, qolaversa, eng muhimi, hamyurtlarimizning bu lozimatli ishni amalga oshirish yo'lidagi yakdilliklari, xohish-istaklaribobomiz qabrining ko'chirilishiga to'liqasos bo'ladi, deb o'ylaymiz. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas.

Xolboy QOSIMOV,
jurnalist.
jurnalist.