O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-sentabrdagi "Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida"gi PQ-376-sonli Qaroriga asosan tumanimizda 58 ta mehnat markazlari tashkil qilinishi belgilangan edi. Ayni kunda ushbu mehnat markazlarida xotin-qizlar o'rtasida kasanachilikni rivojlantirish orqali oila budjeti daromadini oshirish, uy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmat ko'rsatishni rivojlantirish orqali ish bilan band bo'lmagan xotin-qizlar sonini qisqartirish, mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta'minlash va salomatligini mustahkamlash faoliyati yo'lga qo'yilishi maqsad qilingan edi.
Shu bois tumanimiz mahallalari hududlarida tikuvchilik sexlari o'z faoliyatlarini boshladilar. Ana shunday tikuvchilik sexlaridan biri tumanimiz markazidan ancha olisda joylashgan, qo'shni Tojikiston davlati bilan chegaradosh "Xo'jamazgil" mahalla markazida ish boshladi.
- Men tikuvchilikni birinchi ustozim bo'lgan mehribon Rayhon onajonimdan o'rgangan edim, - deydi tadbirkor tikuvchi Sarvinoz Abdullayeva. - Tikuvchilikka bo'lgan havasim meni Samarqand shahridagi "Elegant master gold" o'quv markaziga yetakladi. Bu yerda 3 oy davomida ustoz Nafisa opadan tikuvchilikning o'ziga xos sirlarini qunt bilan o'rgandim.
Tikuvchilikning qisqa muddatli uch oylik kursini muvaffaqiyatli bitirgan Sarvinoz Abdullayeva mustaqil ravishda tumanimiz markazidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida tikuvchilikka qiziqqan xotin-qizlarga "Mohir qo'llar va chevar qizlar" shiori ostida tikuvchilikni o'rgatdi. G'ayrati va tashabbuskorligi ichiga sig'may borayotgan Sarvinoz Abdullayeva o'zi istiqomat qilayotgan "Xo'jamazgil" MFY faollari va oqsoqollari maslahati bilan mahalla markazida 1-sonli kasb-hunar maktabining filiali sifatida "Chevar" tikuvchilik sexini ishga tushirdi. Bu tikuvchilik sexida ayni paytda "Xo'jamazgil" MFY "Ayollar daftari"da ro'yxatda turuvchi o'n nafardan ortiq xotin-qizlar tikuvchilik kasbini katta qiziqish bilan o'rganishmoqda. Tikuvchilik kasbini o'rganayotgan xotin-qizlar ustoz Sarvinoz Abdullayeva rahbarligida mahalla xotin-qizlarining buyurtmalari asosida milliy va zamonaviy liboslar tikishmoqda.
Tuman xotin-qizlari bandligini ta'minlash maqsadida "Niyozmat", "Gulzor", "Erganakli" kabi qator mahallalar markazlarida ham kasb-hunar markazlari ishga tushirildi.

Rabbim HOTAMOV.