Samarqand shahridagi Boqiy shahar majmuasida Xitoy davlatining Guanjou shahrida o'tkazilgan XIX yozgi Osiyo hamda IV paraosiyo o'yinlari g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medali sohibi bo'lgan Bulung'urlik sportchi Sanjar Muxtorov hamda uning o'qituvchi-murabbiyi, sport ustasi Qudrat Bakayevlarni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov qizg'in tabrikladi. Bronza medali sohibi Sanjar Muxtorovga 33 million so'm, murabbiy Qudrat Bakayevga 16,5 million so'm miqdorida pul mukofoti berildi...
Sanjar yoshligidanoq sportga qiziqib voyaga yetdi.Sanjarni 6 yoshligidayoq amakisi Ahror aka sportga qiziqtirib voyaga yetkazdi. 15 yoshidan boshlab sport ustasi, o'qituvchi-murabbiy Qudrat Bakayev rahbarligida shug'ullanib, yetuk sportchi bo'lib yetishdi.
2012-yildan buyon nogironligiga qaramasdan sportning para-taekvando turi bilan shug'ullanib kelayotgan Sanjar Muxtorov o'zining mehnatsevarligi, kamtarligi bilan, murabbiy ko'rsatmalari asosida mashqlarni o'z vaqtida to'liq bajarishi tufayli yetuk sportchi bo'lib yetishdi.

O'tgan davr mobaynida sportchi Sanjar Muxtorov nogiron sportchilar o'rtasida sportning para-taekvando turi bo'yicha Rossiya, Xitoy, Afrikaning Misr va Rvanda, Vyetnamning Hoshimin, Turkiyaning Antaliya shaharlarida bo'lib o'tgan Xalqaro musobaqalarda va jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egalladi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, sport ustaligiga nomzod Sanjar polvon Muxtorov ayni kunlarda Angliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga Toshkent shahrida yetuk mutaxassis va murabbiylar rahbarligida qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.
Tumanimiz, viloyatimiz, O'zbekistonimiz iftixori bo'lgan polvon Sanjar Muxtorovga kelgusi musobaqalarda ham omad yor bo'lsin.
Rabbim HOTAMOV.