Men mustaqillik tengdoshiman. Tonggi yumushlarimni yakunlab, turmush o‘rtog‘imni ishga, farzandlarimni bog‘chaga yuborib, o‘zim sevimli ishim tomon oshiqar ekanman, tinch davrda, istiqlol davrida dunyoga kelganim uchun shukrona keltiraman. Nazarimda, qishloq havosi toza, tongi musaffo bo‘ladi. Tiniq osmon uzra porlayotgan saxiy quyoshning beminnat nurlari qalbimni eritgan chog‘lar xayolimda olis bolalik yillarimni yod etaman. Tumanning Kichik Kildon mahallasida, ziyoli oilada dunyoga kelganman. Onam maktabda muallima edi. Shu sabab bo‘ldimikan, bog‘cha davrimdanoq qo‘limga qog‘oz-qalam olib, ustozlik qilardim. Yodimda, mahallamizdagi 42-umumta’lim maktabiga birinchi sinfga qabul qilinganim. O‘shanda olti yoshda edim. Bir yil oldin borganimdan-mi, o‘rtoqlarimdan bo‘yim ancha past edi. Ammo zehnim o‘tkir edi. Onam, “vaqt yo‘qotmasin, eplab ketadi", deb maktabga bergan edilar!
Mustaqilligimizning dastlabki yillari ta’limga e’tibor hozirgidek emasdi. Ayniqsa, bog‘cha faqat tuman markazlarida bo‘lar, shu boisdan tengdoshlarimning ko‘pchiligi bog‘cha ta’limiga ega bo‘lmagan. Meni bo‘lsa onam qo‘limdan tutib, tuman markazidagi bog‘chaga olib borib kelishdan erinmasdi.
Biz tahsil olgan maktab bir qavatli, kichkina, ammo shinamgina edi. Oilamda shakllangan muallimalikka qiziqish shu maktabda komil ishonchga aylandi, desam xato bo‘lmaydi. O‘sha yillar chet tillarini o‘rganishga qiziqish hozirgidek kuchli emas edi. Til o‘rganishga sharoit ham shunga yarasha edi. Darslar bilan bir qatorda qo‘shni mahalladagi nemis tili tayyorlov kurslariga qatnardim. Bir guruhda elliktalab bola tayyorlanar edik. O‘qish, o‘zlashtirish faqat o‘zingizga bog‘liq edi. Bundan tashqari, qishloqchilik, falonchining qizi kunda qo‘shni mahallaga darsga qatnashini to‘g‘ri tushinadigan, tushunmaydiganlar bor. Bugun esa zamon o‘zgardi. Odamlarning ham, bolalarning ham dunyoqarashi o‘zgardi. Ilm o‘rganishga intilish kuchaydi. Bugungi yosh avlodning yutug‘i ham shunda.

DildoraUBAYDULLAYEVA,
53-umumta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi.