“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Zafar Safarov tomonidan “Notariat sohasidagi yangiliklar” xususida ma’lumot berildi.

Notarius bo‘lish uchun yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta bo‘lmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan eʼtiboran besh yil o‘tmagan bo‘lsa, olti oy muddat stajirovka o‘taydi.
Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.
Notarius yordamchi, stajyor, shuningdek notarial faoliyatni tashkil etish bilan bogʼliq boshqa xodimlarga ega boʼlishi mumkin.

Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar, davlat notarial idorasida ishlashidan yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bo‘lib ishlashidan qatʼi nazar, teng huquqlarga ega va bir xil majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi.
Mazkur Qonunga O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktyabrdagi OʼRQ 497-son Qonuni bilan bir muncha o‘zgarishlar kiritildi va 2019-yil 1-yanvardan kuchga kirdi.
Ya‘ni, Qonunning 41-bobida Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi bo‘yicha ishlash ko‘rsatib o‘tilgan
Jumladan, 221-moddasida Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy qoidalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, notarial faoliyat to‘g‘isidagi maʼlumotlarni yigʼish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash uchun moʼljallangan axborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir.
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini ta’minlaydi.
Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi.
Shuningdek, Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritish boʼyicha qoʼshimcha kiritilgan boʼlib, unga koʼra, Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim boʼlgan maʼlumotlarning roʼyxatini belgilaydi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bunday harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. 22-3-moddasiga asosan Jismoniy va yuridik shaxslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʼliq boshqa maqsadlar uchun axborot tizimlari orqali notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin.
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Agar huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lanmagan bo‘lsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash to‘g‘risidagi elektron murojaat ko‘rib chiqilmaydi.
Axborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, Mazkur Qonunga O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʼRQ 683-son Qonuni bilan qo‘shimchalar kiritilib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining notariat sohasidagi vakolatlari belgilab berildi.
Qonunning 229-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining notariat sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
notariat sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, yagona notarial amaliyotni taʼminlash choralarini ko‘radi, notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini taʼsis etadi va tugatadi, muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notarius lavozimlarining eng kam sonini belgilaydi, Notarial palata faoliyatiga ko‘maklashadi, Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etadi, xorijda foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosi va ularning muhri koʼchirmasi haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa vazifalarni bajaradi, notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni, notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reestrlarining shaklini, tasdiqlov yozuvlari va guvohnomalarni, notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibini Notarial palata bilan birgalikda tasdiqlaydi, notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, notariuslarga ko‘rsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi, pullik xizmatlar hamda notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik xususiyatga ega qo‘shimcha harakatlar ro‘yxatini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun, shuningdek idoraviy notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, reestrlardan ko‘chirmalar, maʼlumotnomalarning va arxiv hujjatlarining ko‘chirma nusxalari berilganligi uchun to‘lovlarning miqdorlarini tasdiqlaydi, notariuslarning statistik maʼlumotlarni taqdim etish shakllarini Notarial palata bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, hozirgi kunda notariuslarning oldiga kelgan fuqarolarning tegishli maʼlumotlarni yig‘ishda sarson bo‘lishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-sonli qarori bilan tasdiqlangan reglamentga asosan elektron hamkorlik yo‘li bilan avtomatik tarzda amalga oshirilishi belgilangan.
Jumladan, reglamentining 22-bandiga koʼra Bitim rasmiylashtirilayotganida, mazkur Reglamentning 20-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinib o‘rganilgandan so‘ng, quyidagi hujjatlar notarius tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan Tizim orqali avtomatik tarzda yoki kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadi.
Kommunal xizmatlar (gaz taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarish, issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) bo‘yicha xizmatlar) va elektr energiyasi uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud emasligi to‘gʼrisidagi maʼlumotnomalar (tadbirkorlik subʼektlari — yuridik shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari bundan mustasno).
MIB maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi maʼlumotnomalar. Bunda tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqti ko‘rsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega bo‘lgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ko‘chirma chop etiladi va tegishli hujjatlar yig‘majildi bilan birga tikiladi, kadastr maʼlumotnomasi, soliqlar bo‘yicha byudjet oldida qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma, turar joyda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda bo‘lgan shaxslar haqidagi ichki ishlar organining maʼlumotnomasi, ko‘chmas mulk yoki uning bir qismi garovga qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi shular jumlasidandir.
Ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini oluvchi taraf chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lganda, ko‘chmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlash ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Xorijiy davlat fuqarolari quyidagi shartlarda ko‘chmas mulkni sotib olgan taqdirda ularning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.
Tadbir so‘ngida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarining savollariga javoblar olishdi.