“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Bulung‘ur tumani adliya bo‘limining 2022-yildagi faoliyati sarxisobi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Bulung‘ur tuman adliya bo‘limiga joriy yilning 12 oyi mobaynida jami 372 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 309 tasi shikoyatlar, 63 tasi arizalarni tashkil qiladi.Ushbu kelib tushgan murojaatlarning 236 tasi qanoatlantirilgan, 115 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan hamda 20 tasi ko‘rib chiqishlik uchun tegishli tashkilotlarga yuborilgan.
Fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarning ijrosini ta‘minlash hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida sudlarga 133 ta da‘vo arizalar kiritilishi ta‘minlandi, shundan 126 tasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, 4 tasi Samarqand tumanlararo ma‘muriy sudiga, 1 tasi iqtisodiy sudga berilgan bo‘lib, shulardan barchasi qanoatlantirilgan.
Murojaatlar bo‘yicha tadbirkorlarning ham buzilgan huquqlari tiklanishi taʼminlanmoqda.
Misol uchun Bulung‘ur tuman adliya bo‘limiga tuman hududida joylashgan “SANDVIK” MCHJ qo‘shma korxonasi direktori murojaat qilib, “Hududgaz Samarqand” gaz ta‘minoti filialidan jarima va uning penyasini undirib berishda amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat asosida o‘tkazilgan o‘rganish yakunlarida shartnomaga ko‘ra MCHJning tabiiy gaz iste‘moli 750 000 kub/m belgilangan bo‘lib, 34.478.664 so‘mga noto‘g‘ri ko‘p hisoblanganligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagilarga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy protsessual” Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga asosan Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi tomonidan Samarqand shahar iqtisodiy sudiga da‘vo ariza kiritilib, sudining hal qiluv qaroriga asosan da‘vo ariza qanoatlantirilib, Javobgar «Hududgazta‘minot» aksiyadorlik jamiyatidan da‘vogar MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi foydasiga 34.478.664 so‘m asosiy qarz, 5.171.799 so‘m penya, 21.600 so‘m pochta xarajati undirilishi belgilandi.
Bundan tashqari, tumandagi 6-son DMTT xodimlari tuman adliya boʼlimiga murojaat qilishib, DMTT binosida taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan davrda yaʼni 2021 yil fevral oyidan iyul oyiga qadar ish haqlari toʼlanmaganligi sababli ushbu toʼlanmagan ish haqlarini undirishda amaliy yordam soʼragan.
Murojaatni oʼrganish davomida, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining 2021-yil 10-fevraldagi №23-son buyrug‘i bilan 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud bino va inshootlarining bir qismini joriy ta’mirlash sababli ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi, bo‘limning 2021-yil 01-iyuldagi №76-son buyrug‘i bilan 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini davom ettirganligi, joriy ta’mirlash ishlai olib borilgan 10.02.2021-01.07.2021-yil kunigacha muassasa xodimlariga oylik ish haqlari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Vaholanki, Mehnat kodeksining 159-moddasiga muvofiq, xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqtda uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi deb belgilangan.
Bundan tashqari mehnat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra ish beruvchi moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar xodimga bajargan ish uchun, haqini belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq mehnat kodeksining 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi belgilangan.
Shu bois, o‘z vaqtida to‘lanmay kelingan jami 47 557 904,50 so‘m ish haqini 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining jami 17 nafar xodimlari foydasiga Bulung‘ur tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi hisobidan undirib berish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudiga 17 ta da’vo arizalar kiritilib, mazkur sudning joriy yil 27-iyunda chiqarilgan sud buyruqlari asosida xodimlarga yuqoridagi ish haqlari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Shuningdek, numandagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi fuqaro Eshnazarova Аziza tuman adliya boʼlimiga murojaat qilib, 2019 yilda 3-sonli DMTTga tarbiyachi boʼlib ishga kirganligi, 2022 yil fevral oyidan kasallik varaqasi bilan taʼtilga chiqqanligi, kasallik taʼtili tugagandan soʼng 2022 yil 21 iyun kuni ishga chiqish uchun borganida 3-sonli DMTT direktori ish oʼrni yoʼq deb ishga chiqishga ruxsat bermaganligidan norozi boʼlib, ushbu masalada amaliy yordam berishni soʼragan.
Ushbu murojaat tuman adliya boʼlimi tomonidan oʼrganilib, oʼrganish natijasi boʼyicha tuman adliya boʼlimi tomonidan 3-sonli DMTTga taqdimnoma kiritilib, murojaat muallifi А.Eshnazarovaning ishga tiklanishi taʼminlanganligi shular jumlasidandir.

Bo‘lim tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga qonunbuzilish holatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha jami 163 ta taqdimnomalar kiritilgan bo‘lib, ushbu taqdimnomalardan 47 tasi murojaatlar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnomalar hissasiga to‘gʼri keladi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida davlat organlari va tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar va monitoringlarda hamda fuqarolarning murojaatlari asosida o‘rganish davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 52 nafar mas‘ullarga nisbatan ma‘muriy javobgarlik, 73 nafariga nisbatan intizomiy javobgarlik belgilanishi ta‘minlandi.
Bulardan, 18 tasi Davlat Xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, 12 tasi adliya bo‘limining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarining ijrosi ta‘minlanmaganlik holati bo‘yicha, 22 tasi mehnat munosabatlari bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlaridir.
Xuquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha bo‘lim tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali 1025 ta, shulardan televideniya orqali 35 marotaba, radio orqali 113 marotaba, gazeta va jurnallar orqali 122 marotaba, veb-sayt va boshqa eletron axborot vositalari orqali 755 marotaba chiqishlar amalga oshirilgan. Bulardan tashqari, boʼlim xodimlari tomonidan mahallabay ishlash bo‘yicha mahallalarga chiqib, MFY raisi, hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi hamkorligida aholining huquqiy muammolari o‘rganilib, ularga amaliy yordamlar berilib kelinmoqda.Bulardan tashqari, tuman hokimining normativ tusdagi 25 ta hamda Xalq deputatlari tuman kengashining 4 ta qarorlari xuquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi ta‘minlandi.
Tadbir davomida OAV vakillari soha yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdilar.