Hayotimizni tibbiyot sohasi hamshiralari faoliyatisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Sohadagi eng so'ngi tibbiyot texnologiyalari asosidagi operatsiyalarni muvaffaqiyatli o'tkazish jarayonidan tortib, operatsiyadan keyingi bemor parvarishi, ona-bola parvarishi, laboratoriya-diagnostika sohasi, shoshilinch va tez tibbiy xizmat, sanitariya-epidemiologiya, farmatsevtika kabi qator sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan barcha o'rta tibbiyot xodimlari - hamshiralarning jamiyatdagi o'rni beqiyosdir.
Mamlakatimizda rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, oliy ma'lumotli hamshiralar tayyorlash tizimi yo'lga qo'yilgani aholiga hamshiralik faoliyatini samarali yuritishda muhim omil hisoblanadi. Hozirda ko'plab oliy ma'lumotli hamshiralar tibbiyotning turli bo'g'inlarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Keling, tumanimizdagi tibbiyot muassasalaridan birida faoliyat yuritayotgan tajribali hamshiralaridan birining hayotiga nazar tashlaylik.
Oq xalatli farishtadir hamshira,
Ham ishida shirin so'zdir sarishta.
Bolajonlar yig'lasalar ko'z yoshin,
Arta-arta ovutadir hamshira.
Bolalar bilan ishlash sabr toqatni, bag'rikenglikni talab etadi. Yurtimiz gulg'unchalarini o'z farzandiday ko'rib, kasalliklarining oldini olishga harakat qilib, favqulodda bolalarning salomatligidagi o'zgarishni sezib, tezda yordam ko'rsatadigan, ularning sog'ayib ketishiga hissa qo'shadigan inson - oq xalatli hamshira hisoblanadi.

Har kuni ertalab bolalarimizni bog'chaga olib kelganimizda, hamshira opamiz:
- Xush kelibsiz, bolalaringiz sog' salomatmi? - deya ochiq chehra, iliq tabassum ila qarshi oladi. Doimo bolalarimizni ko'rib, salomatligini tekshirib turadi. Bu kabi ishlari sabab u kishidan minnatdormiz, - deydi maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari Firdavs va Farangizlarning onasi Matluba Ochilova.
Hamshira Malohatxon Ernazarovaning yigirma yillik mehnat faoliyatini yuqori e'tirof etamiz hamda mustahkam sog'lik, ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Xosiyat SHODIYOROVA,
"Bulung'ur hayoti"ning jamoatchi muxbiri.
"Bulung'ur hayoti"ning jamoatchi muxbiri.