“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjmuni bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari Azizbek Buriboyev hamda tuman sport maktabi direktori SH.Mamatqulov, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mas’ullar tomonidan Bulung‘ur tuman sport maktabida barcha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi...

Bulung‘ur tuman sport maktabida barcha qilinadigan ishlar reja asosida olib borilmoqda. Shuningdek,mashg‘ulotlar o‘z vaqtida o‘tilmoqda. Sport anjomlari bilan yetarli holda ta’minlangan. Mashg‘ulot o‘tiladigan sport zallari va sport maydonlar talabga javob beradi. Shundan jami 20 ta, 1 ta kollej, 1 ta kasb-hunar maktabi va 15 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zallarida hamda 2 ta futbol maydoni va 1 ta yengil atletika yugurish yo‘lakchalari maydonchasidan ikki tomonlama shartnoma asosida trener-o‘qituvchilar mashg‘ulotlarni olib bormoqda. Hozirgi vaqtda sportning 16 ta turi, jumladan;
Olimpiya sport turlari:
1. Yunon-rum kurash 12 ta guruh: 129 nafar sportchi;
2. Erkin kurash 10 ta guruh: 93 nafar sportchi;
3. Futbol 8 ta guruh: 100 nafar sportchi;
4. Basketbol (o‘g‘il va qizlar) 11 ta guruh: 135 nafar sportchi, 97 nafar qizlar;
5. Voleybol (o‘g‘il va qizlar) 8 ta guruh: 102 nafar sportchi, 24 nafar qizlar;
6. Badiiy gimnastika 5 ta guruh: 40 nafar sportchi, 40 nafar qizlar;
7. Yengil atletika 3 ta guruh: 30 nafar sportchi, 15 nafar qizlar;
8. TAEKWONDO WTF 7 ta guruh: 79 nafar sportchi, 13 nafar qizlar;
9. Boks 12 ta guruh: 155 nafar sportchi, 5 nafar qizlar;
10. Gandbol (o‘g‘il va qizlar) 9 ta guruh: 116 nafar sportchi, 102 nafar qizlar;
11. Suzish (mavsumiy).
Paralimpiya sport turlari:
1. Para-taekvondo 1 ta guruh: 4 nafar sportchi, 1 nafar qizlar.
Noolimpiya sport turlari:
1. Sambo 4 ta guruh: 54 nafar sportchi;
2. Shaxmat 2 ta guruh: 24 nafar sportchi, 9 nafar qizlar;
Milliy sport turlari:
1.Kurash 5 ta guruh: 60 nafar sportchi;
2.O‘zbek jang san’ati 4 ta guruh: 52 nafar sportchi, 11 nafar qizlar, jami 1173 nafar sportchi, shundan 317 nafari qizlar.
38 nafar trener-o‘qituvchilar, shundan 19 ta oliy ma’lumotli va 11 ta tugallanmagan oliy ma’lumotli hamda 8 ta o‘rta-maxsus ma’lumotli trener-o‘qituvchilar 101 ta guruhdagi sportchilarga mashg‘ulotlarni sport maktab direktori tomonidan tasdiqlangan va belgilangan jadvallar asosida olib bormoqda. Jami 18 nafar trener-o‘qituvchida toifa mavjud.

Sport maktabida birinchi chorak yakuni bo‘yicha jami 71 ta davlat buyurtmasiga asosan sport razryadlari berilgan.
Yunon-rum kurash sport turi bo‘yicha 15 ta “O‘smirlar uchinchi”, 1 ta “O‘smirlar ikkinchi”, 3 ta “O‘smirlar birinchi” va 2 ta “Uchinchi”, 3 ta “Ikkinchi” hamda 8 ta “O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod” sport razryadlari jami 32 ta davlat buyurtmasiga asosan sport razryadlari.
Erkin kurash sport turi bo‘yicha 4 ta “O‘smirlar uchinchi”, 1 ta “O‘smirlar ikkinchi”, 5 ta “O‘smirlar birinchi” va 2 ta “Birinchi” hamda 3 ta “O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod” sport razryadlari jami 15 ta Davlat buyurtmasiga asosan Sport razryadlari.

Basketbol sport turi bo‘yicha 1 ta “O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod” sport razryadi jami 1 ta Davlat buyurtmasiga asosan Sport razryadi.
Taekwondo WT sport turi bo‘yicha 4 ta “Birinchi” hamda 1 ta “O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod” sport razryadlari jami 5 ta Davlat buyurtmasiga asosan Sport razryadlari.
Gandbol sport turi bo‘yicha 14 ta “Birinchi” sport razryadlari jami 14 ta Davlat buyurtmasiga asosan Sport razryadlari.
Para-taekvondo sport turi bo‘yicha 1 ta “Birinchi” sport razryadi jami 1 ta Davlat buyurtmasiga asosan Sport razryadi.
Kurash sport turi bo‘yicha 2 ta “O‘smirlar ikkinchi” hamda 1 ta “O‘smirlar birinchi” sport razryadlari jami 3 ta Davlat buyurtmasiga asosan Sport razryadlari bajarilgan.
Shu bilan birga sport maktabining 6 nafar tarbiyalanuvchisi 2023-yil bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalariga 1 nafar Taekwondo WT sport turidan va1 nafar Para-taekvondo sport turlaridan Asosiy hamda 2 nafar Basketbol sport turidan, 1 nafar Erkin kurash sport turidan va 1 nafar Para-taekvondo sport turlaridan stajor (zaxira) tarkiblariga qabul qilingan.
Bulung‘ur tuman sport maktabi 1-bazasi “Diyor” o‘yingohida 18x30 hajmdagi Sendvich panel yengil konstruksiyali zamonaviy sport zal qurilishi jadal ravishda olib borilmoqda. Avgust oyida ushbu sport zalidan to‘liq foydalanish reja qilingan. Shu qatorda 20x40 hajmdagi Mini-futbol maydonchasining ham qurilish ishlari boshlangan.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Bulung‘ur tumanida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida besh bosqichli sport musobaqalari o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-son Qarori, shuningdek, mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarni tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etish yangi bosqichga olib chiqish, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqiyot strategiyasi 67-maqsadida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashdan iborat. Besh tashabbus olimpiadasi ko‘chalararo mahalla bosqichi, mahallalararo sektor bosqichi, sektorlararo tuman bosqichi tumanlararo hudud bosqichi va hududlararo respublika final bosqichi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ushbu musobaqalarda tumanimizdan tegishli sport musobaqalari bo‘yicha uchta bosqichdan o‘tib viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi va viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, Workout sport turining 16-21 yosh toifasida Ziyodullayev Bobur faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga sertifikatni qo‘lga kiritdi va ushbu musobaqaning 27-30 yosh toifasida Hamrayev Sherali faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika final bosqichiga sertifikatni qo‘lga kiritdi. Shashka sport turining 22-26 yosh toifasida Muzaffarov Javohir faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichining “S” ligasida qatnashadigan bo‘ldiva Stritbol qizlar jamoasi 16-21 yosh toifasida faxrli 3-o‘rinni egallab, Respublika bosqichining “S” ligasida qatnashishga sertifikatni olishdilar va ushbu musobaqaning 27-30 yosh toifasida qizlar jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichining “A” ligasida ishtirok etish uchun sertifikatni qabul qilib olishdi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Parayengil atletika, Parashashka, Parashaxmat, Parastol tennis, Parakiber sport turlarida kuch sinashishdi. Ushbu musobaqada viloyat bosqichida 200 metrga yugurishda Ashurova Sabohat faxrli 2-o‘rinni va Hamidov Ulug‘bek yadro uloqtirish bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
“Besh tashabbus olimpiyadasi” doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan 46 nafar yoshlar va o‘smirlarning qiziqishlarini inobatga olib, Sport maktabiga Basketbol sport turidan 12 nafar, Voleybol sport turidan 12 nafar va Boks sport turidan 10 nafar hamda O‘zbek jang san’ati sport turidan 12 nafar sportchilar seleksiya qilinib, yuqoridagi sport turlari guruhlariga qabul qilindi. 
Tadbir va musobaqalardan tashqari Sport maktabining barcha hududlarida obodonlashtirish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Bulung‘ur tuman sport maktabi jamoasi endilikda bir qancha yutuqlarni qo‘lga kiritishni hamda kuchli sportchilarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib, “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida Vatanimiz kelajagi uchun mehnat qilib kelishmoqda.
Tadbir davomida OAV vakillari soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.