Shahrimiz markazida joylashgan, zamonaviy binoga ega boʻlgan Davlat xizmatlari markazi tumanimizdagi jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Hozirgi kunda markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 309 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatishga erishildi. Ushbu xizmatlar asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) da 500 dan ortiq xizmatlardan foydalanish imkoni yaratilgan. Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni kelgusida 930 dan ortiq xizmatlarga oshirilishi belgilangan. Tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga 47514 ta davlat xizmatlari koʻrsatgan. Ushbu xizmatlardan 3709 tasi joylarga chiqqan holda olis MFYlarda sayyor tartibda koʻrsatilgan. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha 845 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar, 309 ta yuridik shaxslar va 1321 ta yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xoʻjaliklari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda fuqarolarga qulaylik yaratish hamda korrupsiyaning oldini olish maqsadida yana bir byurokratiyaga chek qoʻyishdi.
Bugungi kunga qadar farzandingizni bogʻchaga joylashtirish uchun yoʻllanmani Davlat xizmatlari markazidan (agar markaz orqali yuborilgan boʻlsa) olishingiz lozim edi va buning uchun Siz vaqt va mablagʻ kabi omillarga duch kelgansiz. Yangi tartib bilan bunday ovoragirchiliklar endi boʻlmaydi.
Endilikda yoʻllanma shakllanishi bilan Sizga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan Siz toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻchaga borishingiz va mudiraga aytishingiz kifoya. Asosiysi, Sizga shakllangan yoʻllanmani tasdiqlovchi maxfiy kodi MTM mudirasiga aytilmaguncha u yoʻllanmani koʻra olmaydi va bu bilan korrupsiya holatlari oldi olinadi.
Yana bir ahamiyatli jihati, birgina 2022-yilning oʻzida bogʻchaga joylashtirish uchun 1 405 424 ta, 2023-yilning 9 oyi mobaynida esa 1 022 065 ta yoʻllanma shakllangan. Bu ushbu qulaylik orqali fuqarolarning nafaqat vaqti, balki har yili 1.2 milliondan ortiq (6 tonna) qogʻoz tejalishiga erishiladi, degani.
Siyovush GʻANIYEV,
tuman Adliya boʻlimi DXM direktori.
tuman Adliya boʻlimi DXM direktori.