2023-yil 1-iyul holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung'ur tumanidagi Xalq qabulxonasiga jami 119 ta murojaatlar kelib tushgan.
Ushbu murojaatlardan 93 tasi tegishliligi bo'yicha virtual qabulxona elektron dasturi orqali tumandagi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga, 26 tasi yuqori turuvchi davlat organlariga yuborilgan.
2023-yil davomida Xalq qabulxonasiga eng ko'p murojaatlar aliment va 20 ta elektr energiya ta'minoti, elektr energiya uzatish liniyalarining talabga javob bermasligi, liniyalarni ta'mirlash, energiya ta'minotidagi muntazam uzilishlar sabab yuborilgan. Ushbu murojaatlar ayni kunda tumanda elektr tarmoqlari tizimida ko'plab muammolar borligini va bu borada ahvolni yaxshilash uchun e'tibor qaratilishi lozimligini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-noyabrdagi PF-252-sonli Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung'ur tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi va aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomani tuzish hamda ko'rib chiqish uchun sudga yuborilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Murojaatlarning qonun bilan belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilishini ta'minlash maqsadida har bir murojaatni ko'rib chiqish muddati tugashidan 3 kun avval Xalq qabulxonasi mutaxassisi tomonidan ijrochi tashkilot ogohlantirilmoqda.
Fuqarolar noroziligiga sabab bo'layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan tumandagi 4 ta sektor rahbarlariga Ko'rsatma xatlari kiritilgan.
Tumandagi davlat organlari va tashkilotlarning mas'ul xodimlarining murojaatlar bilan ishlashda xato va kamchiliklarga yo'l qo'ymasliklari uchun Xalq qabulxonasi tomonidan "Bulung'urtumangaz" gaz ta'minoti bo'limida, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi tuman bo'limida, tuman Elektr tarmoqlari korxonasida, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limida, tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasida, Majburiy ijro byurosi tuman bo'limida, tuman Qishloq xo'jaligi bo'limida va tuman Davlat soliq inspeksiyasida murojaatlar bilan ishlashga mas'ul bo'lgan xodimlar bilan yaqindan hamkorlikni kuchaytirish, ularning bilim, malaka va ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan o'quv mashg'ulotlari va seminar-treninglari o'tkazilib kelinmoqda.
Xalq qabulxonasining tashabbusi bilan Samarqand-Toshkent katta avtotrassasi kesib o'tgan "Yangiariq" mahallasi markazi, shu hududdagi Yangiobod, Mehnatobod qishloqlarida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, qiyofasini zamonaviylashtirish bo'yicha keng qamrovli ishlar qizg'in olib borilmoqda. Jumladan, Obodonlashtirish va tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi maxsus texnikalari yordamida mahalla markazi hamda Yangiobod va Mehnatobod qishloq ko'chalardan jami 3 kilometrlik yo'llariga asfalt yotqizildi. Irrigatsiya tizimida 1,5 kilometr masofadagi zovurlar tozalandi, 3 kilometr masofadagi ichki yo'llarga shag'al toshlar to'kildi.
Shuningdek, murojaatlarning ko'rib chiqish natijalari bo'yicha qabul qilingan qaror ijrosini joyiga chiqib o'rganishlarni amalga oshirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar yo'lga qo'yilgan.
2023-yil davomida 22 ta murojaatlarda keltirilgan 22 ta muammolar joyiga chiqib o'rganilib, 7 ta murojaatlar Xalq qabulxonasining o'zida hal etildi, 15 tasi joyida hal etilgan. Natijada 4 ta murojaatlarning ko'rib chiqilishida belgilangan muddatlar o'tkazib yuborilganligi, 7 ta murojaatni o'rganish natijasiga ko'ra qabul qilingan qarorning ijrosi nazorat qilinmaganligi holatlari aniqlandi. Shu asosida mas'ul shaxslarning javobgarlik masalasini hal etilishi bo'yicha Xalq qabulxonasi tomonidan 3 ta taqdimnomalar kiritildi. Taqdimnomalar asosida 2 nafar mansabdorlarga nisbatan intizomiy va ma'muriy javobgarlik choralari belgilandi.
Ta'kidlash joizki, tumanda ayrim tashkilotlarda murojaatlar to'g'risidagi qonun hujjatlarining buzilganligi holatlari yuzasidan ogohlantirishlar berilishi, mas'ullarga intizomiy jazo choralari qo'llanganligiga qaramasdan bu borada ahvolning ijobiy tomonga o'zgarmayotganligi kuzatilmoqda. Aholi muammolarini aniqlash, bartaraf etish asosiy vazifa hisoblansada, joylarda MFYlarda murojaatlarni ro'yxatga olish, tizimli hal etish ishlari tashkil etilmagan. Murojaatlarni qayd etish daftarlari nomiga yuritilgan. Aynan shu holat ta'sirida muammolar bilan ishlashda mahallada MFY raisi, hokim yordamchisi, mahalla xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchisining o'zaro hamkorligi ta'minlanmay qolmoqda. Dastlabki va asosiy hisoblangan mahalla bo'g'inida ko'rsatib o'tilgani kabi murojaatlar bilan yetarli darajada ish olib borilmayotganligi sababli tuman Xalq qabulxonasida seminar tashkil etilib, tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limiga ko'rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Xalq qabulxonasi tomonidan har oyda virtual qabulxona, Xalq qabulxonasi orqali aynan hokim yordamchilari faoliyatiga doir kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, tahlillar o'tkazilganda joylarda hokim yordamchilari faoliyatiga nisbatan murojaatlar soni har oyda ortib borayotganligi, bu turdagi murojaatlarning ko'rib chiqilishi murojaatlar to'g'risidagi amaldagi qonun talablari asosida to'g'ri tashkil etilmayotganligini ko'rsatdi. Bulung'ur tumani Xalq qabulxonasi va sektor rahbarlari bilan tasdiqlangan oylik reja asosida Xalq bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotlar uyushtirish, mavjud muammolarni joyida hal qilish hamda kamchiliklarni tizimli ravishda bartaraf etish maqsadida sektor rahbarlari tomonidan haftada kamida bir marotaba biriktirilgan hududlarda sayyor qabullar o'tkazib kelinmoqda.
Sektor rahbarlari tomonidan 2023-yilning 2-choragida jami 119 ta ommaviy sayyor qabullar o'tkazilib, o'tkazilgan qabullarda fuqarolardan 690 ta murojaat kelib tushgan. Shulardan 445 tasi qanoatlantirilgan, 164 ta masaladagi murojaat egalariga asosli tushuntirish berilgan.
Bulung'ur tuman Xalq qabulxonasi bundan keyin ham Xalq murojaatlariga amaliy yechim topishda qonunlar asosida ish yuritib, qonunlarga rioya qilinishini nazoratga oladi. Shuningdek, Xalq qabulxonasi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun talablari asosida ko'rib chiqmayotgan, aholida ishonchsizlik va norozilik kayfiyati paydo bo'lishiga sabab bo'layotgan sohalar faoliyatini tanqidiy o'rganish, qonun buzilishi holatlariga yo'l qo'yayotgan rahbar va mas'ul xodimlarga nisbatan qonuniy chora ko'rilishini ta'minlaydi. Eng muhimi xalqimiz roziligi, xalqimiz ishonchi yo'lida mehnat qilish asosiy vazifamizdir.

Sherzod NARMATOV,
tuman Xalq qabulxonasi bo'limi mudiri.
tuman Xalq qabulxonasi bo'limi mudiri.