Joriy yilning 11-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida tumanda 14-30 yoshdagi 54 901 nafar yoshlar xatlovdan o'tkazildi va yoshlar balansi shakllantirildi hamda ushbu yoshlar "yaxshi", "o'rta", "og'ir" toifalarga ajratildi.
"Og'ir" toifadagi yoshlar bilan ishlash yuzasidan mahalla, sektor va tuman yo'l xaritalari ishlab chiqildi. Xususan:
- mahalla dasturlari har bir mahalla uchun jami 1 587 ta;
- sektor dasturlari har bir sektor kesimida jami 1 587 ta;
- tuman dasturi 36 banddan iborat.
Shuningdek, tumanda jami 703 nafar "o'rta" toifaga kiritilgan ishsiz yoshlar bilan tizimli ishlash maqsadida jami 1 431 banddan iborat mahalla, sektor va tuman bandlik dasturlari ishlab chiqildi. Ushbu toifalarda ro'yxatdagi 1 587 nafar yoshlar bilan alohida ishlash maqsadida ular tumandagi 55 ta tashkilot rahbarlariga biriktirilib berildi. Mazkur toifalar bilan ishlash uchun tashkilotlarga tushunchalar berib o'tildi.
Mas'ullar yordamida jamoaviy hamda uyma-uy amalga oshirilgan uchrashuvlarda aniqlangan masalalar asosida har bir mahalla, sektor va tuman uchun 2023-yil yakuniga qadar amal qiladigan alohida "Yo'l xaritasi" ishlab chiqildi.
"Og'ir" toifadagi yoshlarga biriktirilgan har bir tashkilot, sektor rahbarlari, ularning o'rinbosarlari o'ziga biriktirilgan yoshlarning ota-onasiga xat yozib, yetkazilishi ta'minlanmoqda.
Mahalla-sektor-tuman-hudud kesimida "og'ir" toifadagi yoshlar bilan ishlash bo'yicha "Yo'l xaritalari" va "Yoshlar bandlik dasturlari" xalq deputatlari tuman Kengashi muhokamasiga kiritildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Yoshlar muammolarini ijobiy hal etish uchun reja-dastur asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda moddiy-ma'naviy yordamlar ko'rsatilmoqda. "Og'ir" toifaga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli o'rganilib, aniqlangan muammolari bartaraf etish ishlari muntazam nazoratga olinadi. Qolaversa, 2023-yilda yoshlarning bandligini ta'minlash ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va mafkuraviy tarbiyasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha shakllantirilgan yo'l xarita ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlarning haftalik yakuni qattiq nazoratga olinadi va har hafta tuman hokimiga hisobot kiritamiz.
Pirovard maqsad, mumkin qadar tumanda qizil toifadagi yoshlarning sonini kamaytirishdan iborat.
Azizbek BO'RIBOYEV,
tuman hokimining o'rinbosari.