Tumanimiz yoshlari o'rtasida kambag'allikni kamaytirish, ularni o'zini o'zi band qilishga rag'batlantirishda "Yoshlar daftari" yoshlar dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarimiz muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Shu yilning o'tgan 6 oyi mobaynida "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 846 nafar yigit-qizlardan 768 nafariga amaliy yordamlar ko'rsatilib, "Yoshlar daftari"dan chiqarildi. "Temir daftar"dagi oilalar farzandlari bo'lgan 120 nafar yoshlarga 346 mln 900 ming so'm miqdoridagi kontrakt to'lovlari to'lab berildi.
Ijtimoiy ahvoli og'ir 11 nafar yoshlarga BHM ning 4 barobari miqdorida 14 mln 400 ming so'mlik bir martalik moddiy yordamlar, 55 nafar yoshlarning 14 mln so'm miqdorida musobaqaga qatnashish xarajatlari, 41 nafar yoshlarning 49 mln 200 ming so'mlik haydovchilik kurslariga o'qish xarajatlari qoplab berildi. 27 nafar yoshlarga 67 mln so'mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari olib berildi. 43 nafar yoshlarning xorijiy tillarni o'rganishi uchun 37 mln so'mlik o'qish xarajatlari, 5 nafar yoshlarning 14 mln so'mlik davolanish xarajatlari, 27 nafar yoshlarning 174 mln so'mlik SCHR badallari, 50 nafar yoshlarning ilm-fan yo'nalishidagi 84 mln so'mlik o'qish xarajatlari qoplab berildi. Shuningdek, 256 nafar yoshlarga 30 yilga 128 gektar yer maydonlari ajratib berildi, 54 nafar yoshlar doimiy ish o'rinlariga joylashtirildi. 61 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi uchun 1 mlrd 400 mln so'mlik imtiyozli kredit mablag'lari ajratib berildi.
Shu bilan birga hokim yordamchilari ko'magi bilan 450 nafar yoshlarga 245 gektar yer maydoni ajratib berildi. 385 nafar yoshlar doimiy ish o'rinlariga, 80 nafar yoshlar haq to'lanadigan jamoat ishlariga joylashtirildi. 180 nafar yoshlarga 2 mlrd 500 mln so'mlik imtiyozli kredit ajratildi.
Yoshlar bilan yangicha ishlash borasida
Joriy yilning 11-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida tumanda 14-30 yoshdagi 54 901 nafar yoshlar xatlovdan o'tkazildi va yoshlar balansi shakllantirildi hamda ushbu yoshlar "yaxshi", "o'rta", "og'ir" toifalarga ajratildi.
Og'ir toifadagi yoshlar bilan ishlash yuzasidan mahalla, sektor va tuman yo'l xaritalari ishlab chiqildi. Xususan, mahalla dasturlari har bir mahalla uchun jami 1 587 ta banddan iborat, sektor dasturlari har bir sektor kesimida jami 1 587 ta banddan, tuman dasturi 36 banddan iborat.
Shuningdek, tumanda jami 683 nafar "o'rta" toifaga kiritilgan ishsiz yoshlar bilan tizimli ishlash maqsadida jami 1 431 banddan iborat mahalla, sektor va tuman bandlik dasturlari ishlab chiqildi.
Ushbu toifalarda ro'yxatdagi 1 587 nafar yoshlar bilan alohida ishlash maqsadida ular tumandagi 55 ta tashkilot rahbarlariga biriktirilib berildi. Mazkur toifalar bilan ishlash uchun tashkilotlarga tushunchalar berib o'tildi.
Bulung'ur tumanida Davlatning g'amxo'rligi va e'tiborini kutayotgan hamda ko'makka muhtoj 1 587 nafar yoshlar mavjud bo'lib, ushbu yoshlar tumandagi 55 ta idora va tashkilot rahbarlariga biriktirilgan. Ushbu biriktirlgan yoshlarning barchasiga tashkilot rahbarlarining xatlari chiqarilgan. Ushbu yoshlar bilan uchrashuvlar davomida 1 083 nafar yoshlarning muammolari aniqlangan bo'lsa, 504 nafar yoshlarning muammosi yo'qligi aniqlangan. Ushbu muammolarni sohalar kesimida tahlil qiladigan bo'lsak, 128 ta bandlik, 176 ta davolanish, 123 ta kredit, subsidiya, 26 ta profilaktika probatsiya hisobidan chiqarish, 103 ta ijtimoiy-iqtisodiy yordam, 30 ta kasb-hunar o'rgatish va o'quv kurslariga jalb etish, 245 ta bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etish, 30 ta uy-joy masalasi va 222 ta boshqalarni tashkil qiladi. Hozirga qadar 550 nafar yoshlarning mummolari ijobiy yechimini topgan bo'lib, 533 nafar yoshlarning muammolari hal qilish jarayonida.
"Beshtashabbus olimpiadasi"
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son Qarori hamda shu yil 30-iyundagi yoshlar bilan ushrashuvida bildirgan taklifiga asosan "Besh tashabbus olimpiadasi" yilda ikki marotaba o'tkazilishi belgilab berildi. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-martdagi 05-21/1-771-sonli "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2023-yil mavsumini yuqori saviyada tashkil etish, o'tkazish yuzasidan yig'ilish bayoniga asosan mahallalarda istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida tanlov hamda musobaqalarni tizimli tashkil etish orqali aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishda yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste'dodi va tashabbuslarini rag'batlantirish 14 ta yo'nalishlar bo'yicha stol tennisi, shaxmat-shashka, Street Workout, mini-futbol, streetbol, yengil atletika, gimnastrada, parasport turlari hamda Yoshlar raqs festivali, kibersport, tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik, qandolatchilik, hunarmandchilik tanlovlari bo'yicha @beshtashabbusbot orqali 40 480 nafar ro'yxatdan o'tgan.
Ushbu olimpiadaning mahalla bosqichida 54 475 nafar yoshlar qatnashib, 13 618 nafar yoshlar tuman bosqichiga yo'llanma olishdi. Tumanda g'oliblikni qo'lga kiritgan 175 nafar ishtirokchilar viloyat bosqichida ishtirok etishdi. Quvonarlisi - viloyat bosqichida ham tumanimiz yoshlari faol ishtirok etishib, yuqori o'rinlarni qo'lga kiritdilar. Xususan, shashka sport musobaqasida 16-21 yoshli 22-26 yoshli o'smir yigitlar o'rtasida "Erganakli" mahallasida istiqomat qiluvchi Muzaffarov Javohir 3-o'rinni, Street Workout sport musobaqasining 16-21 yoshli o'smir yigitlar o'rtasida "Yangiobod" mahallasida istiqomat qiluvchi Ziyodullayev Bobur hamda 27-30 yoshli yigitlar o'rtasida "Mingtepa" mahallasida istiqomat qiluvchi Xamroyev Sherali 1-o'rinni, streetbol sport musobaqasining 16-21 va 27-30 yoshli o'smir qizlar o'rtasida "Oqtepa" mahallasining yoshlari 1-o'rinni, Yoshlar raqs festivalining 10-15 yosh toifasida jamoaviy bahslarda "Istiqlol" mahallasining yoshlari jamoasi 2-o'rinni egallagan bo'lsa, ushbu yosh toifasida yakkalik bahslarda "Sohibkor" mahallasida istiqomat qiluvchi Sulaymonova Xonzoda 1-o'rinni, 23-30 yosh toifasida "Istiqlol" mahallasida istiqomat qiluvchi Xo'jayeva Gulruh 3-o'rinni qo'lga kiritib, umumiy hisobda ushbu olimpiadaning 2023-yilgi bahslarida tumanimiz yoshlari 4 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza, umumiy hisobda 8 ta medalning sohibi bo'lishdi.
Xullas, bulung'urlik yoshlar ham 30-iyun - Yoshlar kunini o'zlarining munosib sovg'alari bilan kutib olmoqda.
Kamoliddin G'APPAROV,
Bulung'ur tumani Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i.