Yetti yildan buyon tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Yosh pazanda” toʻgaragiga rahbarlik qilib kelayapman. Oʻtgan davr mobaynida yuzlab oʻquvchi qizlarimiz pazandalikning oʻziga xos sirlarini qunt bilan oʻrganib olishdi. Toʻgaragimiz aʼzolari tuman va viloyat miqyosida boʻlib oʻtayotgan koʻrik-tanlovlarning doimiy ishtirokchisiga aylanib, gʻoliblar safidan oʻrin olib kelishmoqda.
2023-yilda Samarqanda shahrida boʻlib oʻtgan toʻgarak rahbarlari koʻrik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etib, faxrli ikkinchi oʻrinni egalladim. Toʻgaragimiz aʼzolari bilan tayyorlangan turli xilshirinliklar, milliy taomlar mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Shu sababli shogirdlarimiz bilan birgalikda tayyorlagan shirin taomlarimiz bahor bayrami “Navroʻz”dasturxonining toʻridan joy olmoqda.
Shuningdek, tumanimizda, mahallada va maktabimizda boʻlib oʻtadigan turli tadbirlarda ham toʻgaragimiz aʼzolari tayyorlagan taomlari bilan faol ishtirok etib kelmoqdamiz. Ayni paytda kelin boʻlib tushgan pazanda qizlarimizning mazali taomlaridan qaynonalar ham behad xursand boʻlishmoqda.
Mavluda MISIROVA,
tuman“Barkamol avlod” bolalar maktabi uslubchisi, “Yosh pazanda” toʻgaragi rahbari.
tuman“Barkamol avlod” bolalar maktabi uslubchisi, “Yosh pazanda” toʻgaragi rahbari.