Ayni paytda farzandlar ardog'ida, nevaralar qurshovida nuroniylik gashtini surayotgan, nafaqadagi katta serjant Xalil bobo O'roqov tuman IIBda xizmat qilib, umrining asosiy qismini el tinchligi, xalq osoyishtaligini saqlashga bag'ishlagan. "Ot o'rnini toy bosar" deganlaridek, bugun boboning ishini suyukli farzandi G'ayratjon O'roqov davom ettirmoqda.
G'ayratjon boshqa teng-doshlariga o'xshab yoshligidan qanday kasbni egallasam ekan deb o'ylab o'tirmadi. U yoshligidan otasi Xalil bobodan ibrat oldi, unga o'xshashga harakat qildi. Otasidek bo'lishga, elga, xalqiga xizmat qilishni diliga tugdi. Otasining ishga erta ketib, kech qaytishlari, qat'iyatliligi, oilada barchani tartib-intizomli bo'lishga undashi va o'zi ham shunga munosib ekanligini ko'rib, kelgusida o'zi ham xalq tinchligi va osoyishtaligini saqlashga xizmat qilishni ko'ngliga tugdi. Vaqti kelib yoshlikdagi orzular ro'yobga chiqdi.
G'ayratjon o'rta maktabni tugallagach, Jizzax industrial texnikumida o'qishni davom ettirdi va bir paytning o'zida tuman IIB qo'riqlash bo'limida safdor xodim bo'lib ish boshladi. U tizimda qaysi vazifada ishlamasin barchasida vijdonan, halol mehnat qildi, berilgan topshiriqlarni mas'uliyatni his qilgan holda, vijdonan bajardi. Xizmatdaligi chog'ida muammoli vaziyatlarga duch kelsa ustozi, podpolkovnik Mirzaqayum Yaxshiboyevdan, qolaversa uyga kelgach ilk ustozi hamda padari buzrukvori Xalil O'roqovdan tortinmasdan maslahatlar oldi. Ularning o'gitlariga og'ishmay amal qilib kam bo'lmadi. Tajriba orttirdi, ishdagi qiyinchiliklarga chidadi.
Jamoada hurmatga sazovor bo'lgan, rahbariyatning e'tiboriga tushgan G'ayrat O'roqovni profilaktika inspektorligiga o'tkazishdi. U o'zi xizmat qilayotgan hududda tinchlik va osoyishtalikni saqlashga, xalq bilan yaqin munosabatda bo'lishga harakat qildi. Mahalladagi ijtimoiy qiyin ahvolga tushib qolgan oilalar, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo'lgan shaxslar, nazoratdagi shaxslar, notinch oilalar bilan alohida shug'ullandi. Muntazam aholi orasida targ'ibot ishlarini olib bordi.
Tumanimizdagi "Mehrjon" mahallasida profilaktika katta inspektori vazifasida ish olib borayotgan mayor G'ayratjon O'roqovning xizmatlarini rahbariyat inobatga olib, 2021-yilda "Ichki ishlar xodimlari kuni" bayramida "Benuqson xizmatlari uchun" ko'krak nishoni bilan taqdirladi. Bu esa unga o'z ishiga yanada mas'uliyat bilan yondashishni taqozo etdi.
Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami arafasida esa mayor G'ayratjon O'roqov yana bir xushxabarga musharraf bo'ldi. Uning o'ttiz yilga yaqin el-yurt tinchligi, osoyishtaligi yo'lida xizmat qilganligi, o'zi xizmat olib borayotgan mahalla hududida so'nggi yillarda huquqbuzarliklar sodir etilmaganligi, muntazam xizmat vazifasiga sidqidildan yondashganligini inobatga olib hukumatimiz tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.
Biz ham profilaktika katta inspektori, mayor G'ayratjon O'roqovni davlat mukofoti bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Said TURDIYEV,
To'lqin SHERBOYEV.
"Bulung'ur hayoti"ning muxbirlari.