Sog‘ligida muammo sezgan Shokir Doniyorov (ism-familiya o‘zgartirilgan) tuman Tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga murojaat etdi. Arterial qon bosimi past bo‘lishiga qaramasdan, yetarlicha intrumental tekshiruvlar va umumiy tahlilni o‘tkazmasdan, surunkali bronxialastma kasalligi bo‘lgan bemorga shifokor Bahodir Yusupov (ism-familiya o‘zgartirilgan) dori vositalarini ketma-ket va nomutanosib holda tavsiya qilganligi natijasida bemor Sh.Doniyorovga og‘ir shikast yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.Natijada tergov organi sudlanuvchi shifokor B.Yusupovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishlik uchun tegishli hujjatlarni sudga yuborgan.
B.Yusupov sud majlisida yarashuv to‘g‘risida ariza taqdim qilib, aybiga to‘liq iqror ekanligi, qilmishidan pushaymonligi, sodir etgan qilmishining oqibatlarini anglaganligi, jabrlanuvchining qonuniy vakiliga yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplaganligi, hozirda jabrlanuvchi bilan biron-bir tazyiqsiz o‘z ixtiyori bilan yarashib olganligi haqida ko‘rsatma berib, jinoyat ishini tugatishni so‘radi.
Jabrlanuvchining qonuniy vakili D.Jumanazarova sud majlisida yarashuv to‘g‘risida ariza taqdim qilib, B.Yusupovga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi, unga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligi, arizani o‘z xohishi bilan yozganligi, unga biron-bir tazyiq bo‘lmaganligi, yarashuv sud tomonidan tasdiqlangandan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni tushunganligi haqida ko‘rsatma berib, jinoyat ishini tugatishni so‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi JKning 661-moddasiga muvofiq, JK 116-moddasining 1-qismida quyidagi holat nazarda tutilgan: “Jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin”.
Sud sudlanuvchi B.Yusupovning muqaddam sudlanmaganligi, aybiga to‘liq iqrorligi va bemorga yetkazilgan zarar to‘liq bartaraf qilinganligini nazarda tutib, yuritilgan jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatishni lozim topdi.

Asilbek YUSUFBEKOV,
Bosh prokuratura boshqarma prokurori.
G‘ayratjon USMANOV,
viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari.