Hayotga teran ko'z bilan qarasangiz, hayvonlar hayotini kuzatsangiz, ba'zida biz insonlarga ham ibrat bo'ladigan xislatlarni uchratasiz. Masalan chin sevgi, muhabbat, sadoqat kabi faqat insonlarga xos deb yurganimiz hayvonlarda, hatto parrandalarda ham borligini kuzatdim.
Bundan bir yil oldin kurk bo'lgan ona tovuqqa turmush o'rtog'im tuxum bostirdi. Tuxumlar hademay jo'jalarga aylandi. Jo'jalarning atigi bir donasi xo'rozcha, qolgan 9 tasi tovuqchalar edi. Xo'rozcha bitta bo'lsa ham boshqa jo'jalardan ajralib turar, tez orada qolgan jo'jalarga "xo'jayin"likni boshlab yubordi. Kichik bo'lsa ham qichqirishni qoyillatardi. Shunisi hayratlanarliki, uning qichqirishi har kuni ertalab 1 soatga to'g'ri keladi. Nimagadir men shu xo'rozning hayotiga qiziqib qoldim va kuzatishimni davom etdim.
Har kuni tovuqlarga don berganimda tovuqlar kelmasdan oldin o'zi yemasdi. Kukulab barcha tovuqlarni yig'ib keladi. Tovuqlardan qolgan donlarni yer edi. Shuncha tovuqlar bilan bitta o'zi ahil yashashi. ularni asrab-avaylashi meni lol qoldirdi. Kuzatishlarimni davom ettirdim. Uyga mehmon keladi, tayyor go'sht... tovuq so'yamiz. Tovuqlar kamayib, oxirgi tovuqni ham mehmonga so'ydik. Kechasi e'tibor bermagan ekanman, ertalab xo'rozdan xabar oldim, oldingi xo'rozdan asar ham yo'q. Ko'rinishi yomon, patlari shalvirab tushgan, juda tajang holatda goh oldidagi donni qo'riqlaydi, go'yoki ilgariday boshqa tovuqlar chopib kelib, don talashib yeydiganday. Goh kukulab, tovuqlarni izlaydi. Ikkinchi kuni butkul yotib qoldi. Shunda yana 1-2 ta tovuq qo'shib qo'ymasa bo'lmaydi deb bozordan tovuq olib keldim. Qaytib kelib ne ko'z bilan ko'rdimki, xo'roz allaqachon o'lib yotardi.
Beixtiyor bu voqeani insonlar hayoti bilan taqqoslayman. Tumanda shu yilning o'zida 200 dan ziyod oilaviy ajrimlar bo'libdi. Ko'pchilik ajrimlar sababi oddiy - kelin-kuyov dunyoqarashi to'g'ri kelmaganligi, qaynona-kelin mojarosi, kuyovning ichkilikka ruju qo'yishi, kuyovning pul topa olmay oilani boqa olmasligi, kuyov chet elga ketib, boshqa ayolga uylanishi va hokazo. Hayotga yengil qaraydigan shunday erkaklarga shu xo'rozchalik ham himmating yo'qmidi degim keladi.
Ona tovuq bola ochib chiqdi. Ko'p ham emas, oz ham emas, naqd o'nta. Bolalariga biram mehrli, jo'jalarini o'zidan bir qadam ham yiroqlashtirmaydi. Tashqariga chiqsa yegulik izlaydi. Topsa bolalariga ilinadi. Sal xavf-xatar sezsa kukulab, bolalarini qanoti ostiga yashiradi. Tush payti tomorqani titib ketmasin deb katakka qamab qo'yamiz.
Dam olish kuni edi. Ayni tush payti ona tovuqning qattiq bezovtalanib kukulashi xayolimni buzdi. Balki katak tashqarisida biron daydi mushukni ko'rib bezovtalangan bo'lsa kerak deb, uncha e'tibor bermadim. Lekin ona tovuqning bezovta qichqirig'i tobora ortib borardi. Noiloj "nima bo'ldi" deb tovuqkatakdan xabar oldim. Shunda beixtiyor qiziq bir manzaraga ko'zim tushdi.
Ona tovuqning patlari to'zg'igan, bo'ynini cho'zib bolalariga hujum qilmoqchi bo'lgan kattagina ilonga hamla qilar, jo'jalariga yaqinlashgan zahoti ona tovuq baqirib, ilonga tashlanardi. Ona tovuqning har hamlasi ilonni shoshirib qo'yadi. Hatto ilonning boshidan qon oqib turardi. Ilon bir muddat ona tovuq bilan olishgach, baribir niyatiga yeta olmasligini bilib, orqaga chekindi va sudralib tovuq katakdan chiqib ketdi. Ona tovuqning jasoratiga, farzandlariga bo'lgan mehriga qoyil qoldim. Parranda bo'la turib farzandlari uchun o'limga ham tayyor ekanligi meni hayratga soldi.
Hayotdagi ba'zi bir ayollar arzimagan qiyinchilikka chiday olmasdan, erlari bilan ajra-shishmoqdalar. O'rtalaridagi farzandlari yetim qolmoqda. Oqibatda bu farzandlar ota mehriga zor bo'lib o'smoqda. Onalari esa farzandlarining baxtsiz bo'lishiga sabab bo'lishmoqda. Bunday ayollarga shu parrandachalik ham farzandlaringizga mehringiz yo'qmi, degim keladi. Siz nima deysiz aziz gazetxon!

G'ulom O'ROLOV.