U yuqumli kasallik bo'lib, odamga og'iz orqali yuqadi va ko'proq bolalarda uchrab, jigar to'qimalarini zararlaydi.
Kasallik quyidagi yo'llar bilan yuqadi:
- Qo'llarni sovunlab yuvmasdan ovqatlanish;
- Meva-sabzavotlarni yuvmasdan iste'mol qilish;
- Suvni qaynatmay ichish;
- Ruxsat etilmagan ochiq suv havzalari, ayniqsa turib qolgan suvlarda cho'milish;
- Iste'molga tayyor oziq-ovqat mahsulotlarga pashshalarning o'tirishi kabilar.
Ishtahasizlik, lohaslik, tana haroratining ko'tarilishi, keyinchalik tana shilliq pardalarning sarg'ayishi, peshob rangining o'zgarishi kasallik belgilari sifatida namoyon bo'ladi. Ushbu belgilar kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat eting!
Kasalikning oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish zarur:
- Ovqatlanishdan oldin va hojatdan so'ng qo'llarni sovunlab yuvish;
- Meva va sabzavotlarni toza suvda yuvib iste'mol qilish;
- Suvni qaynatib ichishga odatlanish;
- Bolalarda qo'l, o'yinchoq va boshqa turli narsalarni og'izga solish, tirnoqlarni tishlash kabi odatlar shakllanishiga yo'l qo'ymaslik;
- Pashshalarning ko'payishiga yo'l qo'ymaslik;
- Bolalarning turib qolgan ochiq suv havzalarida cho'milishiga yo'l qo'ymaslik;
- Oziq-ovqat mahsulotlari va iste'mol qilinadigan suvni ochiq qoldirmaslik.

Esda tuting! Toza qo'llar salomatlik garovidir.
Fotima G'ULOMOVA,
Aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va

jismoniy faolligini oshirish bo'linmasi uslubchi shifokori.