Ba’zi odamlar qizamiq haqida bir necha kun ichida o‘tib ketadigan arzimas toshma va isitma deb o‘ylashadi, ammo qizamiq, ayniqsa, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sog‘liq uchun jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Farzandingizda kechishi mumkin bo‘lgan alomatlarning jiddiyligini oldindan aytishni hech qanday iloji bo‘lmaydi.
*Qizamiq bilan og‘rigan har 1000 kishidan 1 nafarida miya shishi paydo bo‘ladi, bu esa miya shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
*Qizamiq bilan og‘rigan 1000 kishidan 1-3 nafari, hatto eng yaxshi parvarish bo‘lsa ham vafot etadi.
Qizamiqning keng tarqalgan belgilari
*Yuqori isitma
*Yo‘tal
*Burun oqishi
*Ko‘zlarni qizarishi, ko‘zlardan yosh oqishi (kon‘yunktivit)
*Toshma (alomatlar paydo bo‘lishi boshlanganidan 3-5 kun o‘tgach).
QIZAMIQ JUDA YUQUMLI.
Qizamiq odam yo‘talganida yoki aksirganida havo orqali tarqaladi. Bu shunchalik yuqumliki, agar bir odamda bu kasallik bo‘lsa uning atrofidagi 10 kishidan 9 tasi, ular himoyalanmagan bo‘lsa, ularga ham yuqadi. Farzandingiz qizamiq bilan kasallangan odam bo‘lgan xonada, hatto qizamiq bilan kasallangan odam ketganidan keyin ikki soat o‘tgan bo‘lsa ham qizamiq bilan kasallanishi mumkin. Qizamiq bilan kasallangan odm qizamiqni o‘zida kasallik borligini bilishdan oldin ham, ya’ni qizamiq toshmasi paydo bo‘lishidan to‘rt kun oldin va to‘rt kun o‘tgach, boshqalarga yuqtirishi mumkin.
FARZANDINGIZ BOSHQA MAMLAKATLARDA HAM QIZAMIQ YUQTIRIB OLISHI MUMKIN
Qizamiq hali ham dunyoning ko‘p joylarida keng tarqalgan.
Sizning oilangiz chet elga sayohat qilmasa ham, siz jamiyatingizning har qanday joyida qizamiq bilan kasallanib qolishingiz mumkin. Qizamiqni O‘zbekistonga emlanmagan sayohatchilar boshqa mamlakatlarda bo‘lganlaridan keyin o‘zlari bilan olib kelishi mumkin. Qizamiqdan himoyalanmagan har bir kishi xavf ostida.
Bolalar va kattalardagi og‘ir asoratlar
Ba’zi odamlar pnevmoniya (zotiljam) va entsefalit (miya shishishi) kabi og‘ir asoratlardan aziyat chekishi mumkin. Ular kasalxonaga yotqizilishi va hattoki vafot etishi ham mumkin.
Pnevmoniya. Qizamiq bilan kasallangan har 20 bolada 1 nafari pnevmoniya bilan kasallanadi, bu esa yosh bolalarda qizamiq asorati tufayli o‘limning eng keng tarqalgan sababidir.
Entsefalit. Qizamiq bilan kasallangan har 1000 boladan 1 nafarida entsefalit (miyaning shishishi) rivojlanadi, bu esa talvasaga olib keladi va bolani kar yoki aqliy zaiflashishiga olib kelishi mumkin.
O‘lim. Qizamiq bilan bilan kasallangan har 1000 bolaning 1-3 nafari kasallik asorati zotiljamdan vafot etadi.
Homiladorlik davridagi asoratlar. Qizamiq QPQ vaksinasini olmagan homilador ayollarmuddatidan oldin tug‘ishiga yoki kam vaznli chaqaloqni tug‘ishiga olib kelishi mumkin.
FARZANDINGIZNI QIZAMIQDAN XAVFSIZ VA SAMARALI VAKSINA ORQALI HIMOYA QILISH QUDRATIGA EGASIZ
Qizamiqdan eng yaxshi himoya bu qizamiq-parotit-qizilchaga (QPQ) qarshi emlanishdir. QPQ vaksinasi qizamiqning barcha shtammlaridan uzoq muddatli himoyani ta‘minlaydi.
Farzandingiz himoyasini ta’minlash uchun milliy emlashlar taqvimiga muvofiq QPQ vaksinasining ikki dozasi bilan emlanishi kerak.
Farzandlaringiz salomatligini xavf ostiga qo‘ymang!
Emlashlar Milliy taqvimi asosida, ularni o‘z vaqtida emlating!
Milliy emlash taqvimiga kiritilgan barcha emlashlar bepul!
Qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, turar joyingizdagi oilaviy poliklinikaga murojaat qiling.
U.ISLAMOV,
tuman SEO va JS bo`limiimmunolog vrachi
A.XOLBOYEV,
tuman TB epidemiolog, immunolog vrachi