“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan
QAROR QILAMAN:
I.Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yetmish oltinchi sessiyasi 2023-yilning 13-yanvar kuni soat 15.00 da tuman hokimligining majlislar zaliga chaqirilsin.
II. Xalq deputatlari tuman Kengashining yetmish oltinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin.
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruv organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning 4-chorak davomida tumandagi ijrosi to‘g‘risida.
2.Bulung‘ur tumani aholisi ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmati bo‘yicha 2022-yilda bajarilgan ishlar hamda 2023-yilda amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha “Samarqand suvta’minoti” MChJ Bulung‘ur tuman filiali boshlig‘i B.Fayzievning hisoboti.
3.Xalq deputatlari tuman Kengashi va doimiy komissiyalarining 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida
4.Boshqa masalalar
III.Mazkur qaror matbuotda e’lon qilinsin.
Tuman hokimi v.v.b. D.Xabibullaev