O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrda “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408 sonli qarori qabul qilingan edi. Qarorga ko‘ra Respublika bo‘yicha 5284 ta mahalladagi 6 mingdan ortiq ob’ektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi ta’kidlangan.
Ushbu qaror bo‘yicha Bulung‘ur tumanida ham 29 ta ob’ektda qurilishi ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining “Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha belgilangan loyihalar ijrosini nazorat kilish chora-tadbirlari to‘grisida”gi QK-423 sonli qarorida Senat a’zolariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaxar Kengashlari Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchtidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, xar bir ob’ektni bo‘yicha xalq vakillarning nazorati bo‘lishi lozimligi hamda ma’sullarning qaror ijrosining bajarilishi bo‘yicha deputatlar oldida xisobot berishi kerakligi belgilangan.
Bulung‘ur tumanidagi loyixalar bo‘yicha xozirgi kunda ishlar boshlangan bo‘lib jarayon davom etmoqda. Ushbu jarayonlarni o‘rganish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari mutasaddilar bilan birgalikda tumandagi toza ichimlik suvi og‘ir bo‘lgan xudduda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bulung‘ur tumanida qaror bo‘yicha 2 ta maxallada suv inshoati o‘rnatish bitta mahalladagi mavjud 2 ta suv inshoatini to‘liq rekonstuksiya qilish belgilangan (1.Changal 1 maxallasi, Yuqori Changal qishlog‘ida 1 ta ichimlik suvi inshoati qurib ishga tushirish va 1,5 km tarmoq tortish. 2. Mirzaariq MFY, Mo‘g‘ol qishlog‘iga 1 ta ichimlik suvi inshoati qurib ishga tushirish va 4 km tarmoq tortish. 3.Qo‘ng‘irot maxallasiga 2 ta artezan suvi qudug‘ini to‘liq ta’mirlash va 2,5 km tarmoq tortish ishlari olib boriladi.)

Deputatlar tomonidan o‘rganish jarayonida ushbu ob’ektlardan ikkitasida tarmoq tortish va qazish ishlari davom etmoqda. Bitta ob’ektda yani Qo‘ng‘irot maxallasiga ob’ektda faqatgina xozircha tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.
Bulung‘ur tumanidagi toza ichimlik suvi og‘ir bo‘lgan yuqoridagi xududlarda belgilangan loyixalar amalga oshirilgandan so‘ng xududlardagi 611 ta xonadon toza ichimlk suvi bilan to‘liq ta’minlashga erishiladi.

Deputatlar o‘rganish jarayonida tuman maxalliy budjetning “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘lari aosida 2022 yil birinchi mavsumda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish jarayonida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan loyixalar ichida Bulung‘ur tumani Bulung‘ur ariq maxallasidagi Jomonjar qishlog‘i Dongi ovul aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv qudug‘i hamda tarmoqlarni joriy etish bo‘yicha loyixa ham mavjud bo‘lib ushbu loyihaning bajarilishi o‘rganish jarayonida ushbu ob’ekt xozirgi kungacha ishlar yakunlanmagani ma’lum bo‘ldi.
Bu masala bo‘yicha tegishli mas’ullarga masala bo‘yicha va ob’ektni tezda ishga tushirish choralari ko‘riladi.
Deputatlar tomonidan yuqoridagi qaror bo‘yicha barcha qurilish ta’mirlash ishlarni olib borilish va yakunlanishi bo‘yicha doimiy nazorat olib boriladi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati