Keyingi yillarda sud-huquq tizimida keng ko‘lamli islohotlar natijasida xalqimizning odil sudlovga bo‘lgan ishonchi mustahkamlandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudi tomonidan 2022-yil davomida odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida jami 4448 ta fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlangan, shundan 3533 ta da’volar qanoatlantirilgan. Tamomlangan ishlar bo‘yicha 266 ta xususiy ajrimlar chiqarilgan.
Bundan tashqari, tumanlararo sudida 2022-yil davomida 2074 ta arizalar sud buyrug‘i tartibida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 837 tasi voyaga yetmaganlarga aliment undirish, 319 tasi ish haqini undirish, 621 tasi soliq qarzdorligini undirish, 286 tasi kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish, 2 tasi aloqa xizmati bilan bog‘liq, 8 tasi kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq va 1 tasi notarial tasdiqlangan shartnomaga asosan qarzni undirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi, umumiy qilib aytganda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 706 taga ko‘paygan.
Murojaatlar bilan ishlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2022-yil davomida jami 319 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 27 tasi qanoatlantirilgan, 10 tasi rad qilingan, 272 tasiga tushuntirishlar berilgan. Ushbu murojaatlarning aksariyat qismiga tushuntirishlar berilganligini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni, murojaatlarning ko‘pchilik qismiga sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish yoki sud qaroridan norozi bo‘lganlarga yuqori turuvchi instansiyaga apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat arizasi bilan murojaat qilish huquqlari tushuntirilgan. Bu esa hali aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish kerakligini taqozo etadi.
2022-yil davomida tumanlararo sudi tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni buzdirish va noqonuniy egallab olingan yerlarni qaytarish bilan bog‘liq jami 129 ta fuqarolik ishlari ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, shundan 93 tasi Bulung‘ur tumaniga to‘g‘ri keladi.
Fuqarolar tomonidan yer maydonlari noqonuniy egallab olinayotganligi hamda ushbu yer maydonlarida o‘zboshimchalik bilan qurilishlar qurib olayotganligida tegishli mutasaddi tashkilotlarning, xususan O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastrlar agentligining davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Bulung‘ur tuman bo‘limi mas’ul xodimlarining aybi bor deb o‘ylayman.
Chunki ular ushbu holatlarning oldini olishlari lozim edi.
2022-yil davomida asosan kredit qarzdorligini undirish, nikohdan ajratish, uy-joy nizolari bir muncha ko‘paygan bo‘lsa, ishga tiklash, ish haqi undirish, otalikni belgilash, otalik huquqidan mahrum qilish kabi ishlar sezilarli darajada kamaygan.
Nikohdan ajratish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha ko‘rilgan ishlar soni 2022-yil davomida 753 tani tashkil qilgan bo‘lsa, nikoxdan ajratilgan oilalar, ya’ni qanoatlantirilgan talablar soni 376 tani tashkil qiladi, nikohdan ajratilgan oilalarning erning yashash manzili bo‘yicha tahlil qilinganda 171 tasi Bulung‘ur tumaniga to‘g‘ri keladi.
Bunga jidiy e’tibor qaratishimiz kerak albatta.
Nikohdan ajratish haqidagi talablar rad etilgan ishlar soni 325 tani tashkil qiladi, shundan 135 tasi Bulung‘ur tumaniga to‘g‘ri keladi.
Ushbu oilalarni yarashtirish imkoni bor albatta, buning uchun joylardagi mahalla fuqarolar yig‘ini hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlik amalga oshirilishi kerak.
Ish yuritishdan tugatilgan va o‘z arizasiga asosan ko‘rmasdan qoldirilgan, ya’ni yarashtirilgan oilalar soni esa 38 tani tashkil qiladi. Afsuski yarashgan oilalar soni ajrashayotganlarga nisbatan juda oz miqdorni tashkil etadi.
Oilalarning ajralish soni ko‘payib borayotganligi doimgidek joylardagi mahallalarning jiddiy xatosi deb bilaman.
Chunki sud tomonidan taraflarga yarashish uchun berilgan muhlat ajrimlari hamda chiqarilgan xususiy ajrimlar joylardagi mahalla fuqarolar yig‘iniga muhokama qilish va taraflarni yarashtirish choralarini ko‘rish maqsadida yuborilsada, ular sud ajrimi ijrosini ta’minlamayaptilar va sudga hech qanday ma’lumot yoki xulosa taqdim etmayaptilar. Bu esa fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Nikohdan ajrashish sabablari tahlil qilinganda, asosan oilaviy kelishmovchilik, moddiy jihatidan qiynalganlik, farzandsizlik, er yoki xotinning spirtli ichimliklarga ro‘jo‘ qo‘yishi yoki hiyonat, shuningdek, er yoki xotinning chet davlatga chiqib ketganligi kabi sabablar bilan ajrashish holatlari kuzatilmoqda.
Tumanlararo sudi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar va umumlashtirishlar bo‘yicha kiritilgan taqdimnomalar natijasida protsessual qonun normalarini qo‘llash amaliyoti bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgan.
Endilikda doimiy ravishda tumanda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mas’ullarining aholi bilan ishlash, ularning xuquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish borasida keng qamrovli ishlarni amalga oshirib borish, shuningdek, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan har bir oilani tahlil qilib, ularning nikohdan ajralishiga olib kelgan omillarni aniqlab, kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish choralarini ko‘rib borishlari, bundan tashqari, har bitta nikohdan ajratish haqidagi ishlarni ko‘rib chiqishda mahalla fuqarolar yig‘ini vakilini ishtirokini ta’minlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Fuqarolarimizning asosan yashash uchun zarur bo‘lgan ish va oilani moddiy ta’minotiga yarasha ish haqi yoki tadbirkorlik bilan band bo‘lishi bu oilani to‘la-to‘kis tinch va totuv yashash manbaidir. Iqtisodiy moddiy shart-sharoit bilan bog‘liq xolatlar yuzasidan kelib chiqayotgan muammolar ham oilalarning ajralib ketishiga sababchi bo‘lib bormoqda, bu borada hokimlik, aholi bandligini ta’minlash, jamoatchilik, mahalla fuqarolar yig‘inlari raxbariyati tomonidan bandlikka oid jiddiy tashkiliy ishlar amalga oshirilishi zarur.
Jamshid FAYZULLAEV,
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining raisi.