Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to'plab, avlodlarga yetkazadi. Bugungi kunda kutubxonalar va kitob mutolaasiga munosabat qanday?
Bizning Axborot-kutubxona markazimiz ochilganiga ham mana 3 yildan oshdi. Shu qisqa muddat ichida kutubxonamizga anchagina kitobxon yoshlar, keksa otaxon, buvijonlarimiz ham a'zo bo'lib kelishmoqda.
Bizning Axborot-kutubxona markazimiz ochilganiga ham mana 3 yildan oshdi. Shu qisqa muddat ichida kutubxonamizga anchagina kitobxon yoshlar, keksa otaxon, buvijonlarimiz ham a'zo bo'lib kelishmoqda.
Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan besh muhim tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida "Yo'l-yo'lakay kitob o'qiymiz" loyihasi asosida tumandagi 10 ta mahallalar bilan shartnomalar qilinib, haftasiga bir kun kitob targ'ibotlari o'tkazilib, aholi va yoshlar o'rtasida mutolaaga bo'lgan talab va ehtiyojlar o'rganilib, kitobga qiziqqan kitobxonlar a'zo qilib borilayapti.


Kitobxonlarga xizmat ko'rsatish bizning asosiy faoliyatimiz bo'lib, kitob fondini butlash, uni tashkil etish, fond mazmunini yoritish, uni kitobxonlarga yetkazish uchun xizmat qilamiz. Bizning asosiy maqsadimiz axborot va adabiyotga bo'lgan talablarni imkon boricha to'liq qondirish va adabiyot tanlashlariga yordam beramiz. Bizning kutubxonamizda 16 mingdan ziyod har xil o'zbek va jahon adabiyotlari namunalaridan iborat kitoblarimiz bor. Qolaversa, gazeta, jurnal deysizmi, bizda topiladi. Kutubxonamizga sizlar ham o'z hissalaringizni qo'shib, "Kutubxonamga kitob sovg'a qi-laman"loyihasida kitoblar sovg'a qi-lishlaringiz mumkin.

Maftuna QURBONOVA,
Bulung'ur Axborot kutubxona markazining Abonementlar va
Bulung'ur Axborot kutubxona markazining Abonementlar va
foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish AKT mutaxassisi.