Ayni yozning jazirama kunlarida katta yoshdagi kishilarning, ayniqsa yoshlar va yosh bolajonlarning suv havzalarida cho'milishga ehtiyojlari yanada ortib boradi. Ba'zan bolajonlar o'rtoqlari bilan ota-onalaridan so'roqsiz yashash hududlariga yaqin joydagi suv havzalariga borib cho'milishadi. Hududning esa xavfli yoki xavfsiz ekanligi xayoliga ham kelmaydi.
Tumanimiz hududida daryo va kanallar, bir qancha ariqlar mavjud. Bolajonlarimizning belgilanmagan va taqiqlangan joylarda cho'milmasliklari hamda cho'kish bilan bog'liq baxtsiz hodisalarning oldini olish bo'yicha keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Tumanimizda cho'milish bilan bog'liq holatlarning oldini olishda keng jamoatchilikning ham o'rni muhimdir. Joylarda o'tkazilayotgan profilaktik tadbirlarda tuman IIB tuman Suv xo'jaligi bo'limi bilan hamkorlikda taqiqlangan joylarda cho'milish bilan bog'liq reydlar o'tkazilib kelinmoqda. Bundan tashqari, tuman hududidagi kanal va daryolarning belgilanmagan, taqiqlangan joylarida cho'milishni taqiqlovchi 50 dan ortiq belgilar o'rnatildi.

So'nggi vaqtlarda Respublikamizning turli hududlarida cho'milish maqsadida yosh bolalarning yashash uyidan so'roqsiz chiqib ketishi oqibatida suvda cho'kishi bilan bog'liq hayotdan ko'z yumish holatlari tez-tez uchrayotganligi sababli, ayniqsa, yosh bolalarni nazoratsiz qoldirganliklari va ota-onalar bu boradagi mas'uliyatini aslo unutmasliklari zarurligini yana bir bor eslatib o'tamiz.
Fayziddin NORMATOV,
tuman IIB JXX XPB Voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha
katta inspektori, podpolkovnik.