Yoz faslining hozirgi jazirama issiq vaqtida bolajonlarimiz cho'milish joylariga o'rtoqlari bilan borishni xush ko'rishadi. Tumanimiz hududidan o'tayotgan ariqlar, daryo va kanallarni hisobga olsak, suvli hududlar juda ko'p. Bolajonlarimizni belgilanmagan va taqiqlangan joylarda cho'milmasliklarining hamda cho'kish bilan bog'liq baxtsiz hodisalarning oldini olish bo'yicha tumanimizda keng ko'lamli targ'ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bu kabi profilaktik tadbirlarda tuman ichki ishlar va Suv xo'jaligi bo'limlari bilan hamkorlikda taqiqlangan joylarda cho'milish bilan bog'liq reydlar o'tkazilib kelinmoqda. Bundan tashqari, tuman hududidagi kanal va daryolarning belgilanmagan, taqiqlangan joylarida cho'milishni taqiqlovchi 50 dan ortiq tablichkalar o'rnatildi.
Tumanimizda cho'kish bilan bog'liq holatlarning oldini olishda keng jamoatchilikning ham o'rni juda muhimdir. So'nggi vaqtlarda Respublikamizning turli hududlarida cho'milish maqsadida yosh bolalarning yashash uyidan chiqib ketishi oqibatida suvda cho'kishi bilan bog'liq, hayotdan ko'z yumish holatlari tez-tez uchrayotganligi sababli, ayniqsa, yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmasliklarini va ota-onalarimizning bu boradagi mas'uliyatlarini yana bir bor eslatib o'tamiz.

Elyor ERGASHEV,
tuman FVB FVDT va FM boshlig'i, kattaleytenant.
tuman FVB FVDT va FM boshlig'i, kattaleytenant.