So‘nggi yillarda siyosiy islohotlar natijasida xalq vakillari bo‘lmish deputatlarning vakolatlari oshirilib, xalq manfaatlarini himoya qilish, joylardagi mavjud muammolarga o‘z munosabatini bildirish, tegishli tashkilotlarga mavjud muammolarni hal qilishga yo‘naltirish bo‘yicha ta’siri oshib bormoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan 2023-yilning shu davriga qadar 6 marotaba sessiyalar o‘tkazildi. Ushbu sessiyalarda jami 46 ta qarorlar qabul qilingan. Shundan 12 nafar mansabdor shaxslarning hisoboti, 7 nafar mansabdor shaxslarning axboroti, 4 ta nazorat-tahlil tadbirlari, tuman hokimining qarorlarini tasdiqlash va 21 ta boshqa masalalarda xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilingan. Doimiy ravishda Kengash sessiyalarida tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlarining hisobotlari eshitilib kelinmoqda. O‘tkazilgan sessiyalarda xalq muammolarini hal etishga qaratilgan, ya’ni imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan va boshqa toifadagi bemor fuqarolarga jami 113 000 000 (bir yuz o‘n uch million) so‘m mablag‘lar davolanish va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari asosida ajratilib berilgan. Ushbu masalada deputatlarimizning faol ishtiroki kuzatilgan bo‘lib, har bir ajratiladigan mablag‘ egasining xonadoniga borib o‘rganilib, sharoitidan kelib chiqqan holda tegishli xulosalar berilgan.
Xalq deputatlari tuman Kengashi bilan tasdiqlangan yo‘l xaritalari bo‘yicha ham tizimli ravishda ishlar tashkil etilgan bo‘lib, har bir yo‘l xaritaning ijrosini nazorat qilishda deputatlar faol ishtirok etishmoqda.
Deputatlar tomonidan joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-sonli Qarorining tumandagi ijrosi bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan. Ushbu masala har oyda xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasida muhokama etilib, Kengash sessiyalarida tuman hokimining sohaga doir o‘rinbosarining hisoboti eshitilib kelinmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati rahbarligida har bir deputat o‘z ish rejasiga asosan belgilangan vazifalarni ado etish, deputatlik so‘rovlari yuborish va uning natijasi bilan qiziqish, joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bilan birgalikda joylarda nazorat tadbirlarini olib borish, tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va baho berish, yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini xalqqa tushuntirishga doir tadbirlarni tashkil etib, olib borilayotgan faoliyat haqida ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Alijon SHOKIROV,
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi kotibiyati mudiri.