Yaqinda Toshkentda qizlar jamoalari o'rtasida gandbol bo'yicha U-18, U-20 yosh toifalari o'rtasida "Trofi" kubogining Osiyo bosqichi bahslari bo'lib o'tdi. Yakuniga yetgan "Trofi" kubogining Osiyo bosqichi bahslari mamlakatimiz terma jamoalari uchun omadli bo'ldi. Hindiston, Bangladesh, Gonkong va O'zbekiston jamoalari o'rtasida tashkil etilgan musobaqaning har ikki yosh toifasida hamyurtlarimiz g'alaba qozonishdi. Aylana tizimida kechgan turnirning so'nggi bellashuvida o'smirlarimiz Bangladesh jamoasini 38:15, yoshlarimiz esa Gonkongni 46:27 hisobida dog'da qoldirdi. Qayd etish joiz, mazkur muvaffaqqiyat har ikki jamoamizga "Trofi" kubogining Osiyo bosqichida ishtirok etish imkonini taqdim etildi. Unda g'alaba qozongan jamoalar esa o'z yosh toifalarida jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Quvonarlisi shuki, mazkur xalqaro musobaqada Bulung'ur tuman 1-son kasb-hunar maktabining 2-bosqich o'quvchisi Jasmina Uzoqboyeva faol ishtirok etib, mazkur musobaqaning eng faol ishtirokchisi, deya e'tirof etildi. Shu munosabat bilan 1-son kasb-hunar maktabining o'qituvchilari va o'quvchi yoshlari ishtirokida Jasmina Uzoqboyevani tantanali kutib olish marosimi o'tkazildi. Tadbir davomida chempion qizimiz bilan davra suhbati ham tashkil etilib, suhbat davomida Jasmina Uzoqboyeva ushbu sport turi bilan qachondan buyon shug'ullanib kelayotganligini, sportdagi murabbiy-ustozlari, qator musobaqalarda erishgan yutuqlari hamda ushbu o'tkazilgan nufuzli turnir haqida maroq bilan so'zlab berdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari e'tiboriga Jasmina Uzoqboyevaning sportdagi faoliyatiga doir videoroliklar ham namoyish etildi.
Tadbirda kasb-hunar maktabining direktori Murodjon Namozov Jasmina Uzoqboyevaning sportda erishayotgan yutuqlari yanada ko'payishiga muvaffaqqiyatlar tilab, o'quvchini ma'muriyat tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirladi. Kasb-hunar maktabi jamoasi Jasmina Uzoqboyevaga omad tilab, uning kelgusida jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritib, mamlakatimiz bayrog'ini jahon arenalarida yuksaklarga ko'tarishiga ishonch bildirishdi.

Oybek KAMOLOV,
1-son kasb-hunar maktabi psixologi.