“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbir davomida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Mavzu yuzasidan tuman Tabiat resurslari inspeksiyasi boshlig‘i Sardor Abdullaev tomonidan ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Atrof muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-76-sonli Qarori va 2021-yil 30-dekabrda “Respublikada ko’kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Bulung’ur tumanida bir qancha ishlar amalga oshirilib kelmoqda.
Jumladan, loyiha doirasida Bulung’ur tumanida jami 1 mln 109 ming tup mevali va manzarali daraxt ko’chatlari va butalari ekilishi rejalashtirilgan.
Shundan, 2023-yil Baxor mavsumida 927823 ming dona ko’chatlar ekilishi belgilangan bo’lib, amalda 927823 dona ekilib, rejaga nisbatan 100 % ga bajarildi.
Bugunga qadar mahalliy iqlim sharoitiga mos keluvchi tut, jiyda, yong‘oq, uzum kabi mevali, kashtan, lola daraxti, eman, yapon saforasi, shumtol, qayrag‘och, pavlovniya, terak, akasiya, chinor, qrim qarag‘ayi, archa kabi manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekildi.
Jumladan, loyiha doirasida Bulung’ur tumanida jami 1 mln 109 ming tup mevali va manzarali daraxt ko’chatlari va butalari ekilishi rejalashtirilgan.
Shundan, 2023-yil Baxor mavsumida 927823 ming dona ko’chatlar ekilishi belgilangan bo’lib, amalda 927823 dona ekilib, rejaga nisbatan 100 % ga bajarildi.
Bugunga qadar mahalliy iqlim sharoitiga mos keluvchi tut, jiyda, yong‘oq, uzum kabi mevali, kashtan, lola daraxti, eman, yapon saforasi, shumtol, qayrag‘och, pavlovniya, terak, akasiya, chinor, qrim qarag‘ayi, archa kabi manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekildi.

Xabaringiz bor, tumanning “Bulung‘ur” mahallasida joylashgan tuman markaziy Istirohat bog‘i hududi rekonstruksiya qilinib, butunlay yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mazkur bog‘ hududi ham kelgusida so‘lim maskanlardan biriga aylantirilishi reja qilingan bo‘lib, shu maqsadda 3 ming tup turli manzarali daraxat va buta ko‘chatlari ekildi.
“Mingchinor”mahallasi hududida ham so‘lim bog‘ yaratilishi rejalashtirilgan. Shu maqsadda hududdagi foydalanilmasdan turgan 1,5 ga yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bu yerda 1 ming 560 tup ko‘chatlar va manzarali daraxtlar ekildi.
2022-2023-yillarda tumanning “Olmazor”mahallasi hududida “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilishi belgilangan bo‘lib, hududda aholi istiqomat qilishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Hududda turar joy binolari, ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, “yashil hudud” ham barpo etilishi rejalashtirilgan. Shu maqsadda 2 ga yer maydoni ajratilgan. Bu yerga 1 ming 250 tup mevali va manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari o‘tqazildi.
Bundan tashqari, 2023-yil, bahor mavsumida Toshkent-Termiz M-39 avtomobil yo‘lining o‘ng va chap tomonlariga jami 1830 dona mevali va manzarali daraxt nixollari ekildi.

Shu maqsadda bahor mavsumida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish bilan bir qatorda keyingi yillar uchun zamin hozirlash choralari ko‘rib borildi. Bu boradagi ishlarni na’munali asosda tashkil etish uchun tumanning 4-sektori hududida ham sektor rahbarlariishtirokida na’munali seminarlar tashkil etildi.
Shu o‘rinda masalaning bir jihatiga alohida e’tibor qaratish lozimki, ko‘chat ekish bilan ish bitmaydi. Ularni parvarishlash, unib, o‘sib ketishini nazoratga olish zarur. Bu borada ham zaruriy choralar belgilab olingan. Misol uchun oladigan bo‘lsak, birgina M-39 avtomagistral yo‘li bo‘ylab jami 15 dona suv inshooti qurilishi belgilangan bo‘lib, shundan 6 tasi tuman hokimligi tomonidan hamda 9 tasi O‘rmon xo‘jaligi tomonidan qurilishi rejalashtirilgan.
Tadbir so‘ngida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.