“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbir davomida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish soxasidagi nazorat bo‘yicha tuman bo‘limi boshlig‘i Sardor Abdullaev tomonidan Bulung‘ur tumanida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Atrof muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-76-sonli qarori va 2021-yil 30-dekabrda “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Bulung‘ur tumanida bir qancha ishlar amalga oshirilib kelmoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Atrof muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-76-sonli qarori va 2021-yil 30-dekabrda “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Bulung‘ur tumanida bir qancha ishlar amalga oshirilib kelmoqda.

Bugunga qadar mahalliy iqlim sharoitiga mos keluvchi tut, jiyda, yong‘oq, uzum kabi mevali, kashtan, lola daraxti, eman, yapon saforasi, shumtol, qayrag‘och, pavlovniya, terak, akasiya, chinor, qrim qarag‘ayi, archa kabi manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekildi.
“Yashil yillik” umummilliy tadbiri doirasida amalga oshiradigan vazifalar aniq belgilab olingan. Xususan, tumanning Mingchinor mahallasi hududida foydalanilmasdan turgan 1.35 ga yer maydoni ajratilib, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘chatchilik markazi tashkil etildi. Bu yerga atirgul, uzum, gilos, archa, anjir, terakning turli navlaridan jami 49 ming 300 tup mevali va manzarali daraxt qalamchalari ekildi. Mazkur qalamchalardan kelgusida tumanimizni yashil hududga aylantirish maqsadida foydalaniladi. Kerak bo‘lsa, ko‘chatlar aholiga bepul tarqatiladi.
Xabaringiz bor, tumanning Bulung‘ur mahallasida joylashgan tuman markaziy Istirohat bog‘i hududi rekonstruksiya qilinib, butunlay yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mazkur bog‘ hududi ham kelgusida so‘lim maskanlardan biriga aylantirilishi reja qilingan bo‘lib, shu maqsadda 3 ming tup turli manzarali daraxat va buta ko‘chatlari ekildi.
Mingchinor mahallasi hududida ham so‘lim bog‘ yaratilishi rejalashtirilgan. Shu maqsadda huddagi foydalanilmasdan turgan 1,5 ga yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bu yerda 1 ming 560 tup ko‘chatlar va manzarali daraxtlar ekildi.

Bundan tashqari, 2023 yil ,baxor mavsumida Toshkent-Termiz M-39 avtomobil yo‘lining o‘ng va chap tomonlariga jami 1830 dona mevali va manzarali daraxt nixollari ekildi.
Joylarda bu boradagi ishlar davom etar ekan, masala Davlat rahbarining doimiy e’tiborida bo‘ldi. Xususan, 2022 yil 2 fevral kuni yurtboshimiz raisligida “Chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yildagi ustuvor vazifalar” yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlatimiz rahbari bu boradagi navbatdagi ustuvor vazifalarni belgilab berar ekan, 1 martdan boshlab butun mamlakat bo‘ylab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanishini e’lon qildilar. Albatta, bir yil yoki bir mavsumda ekilgan ko‘chatlar sayyoramiz, jonajon yurtimiz yashilligini ta’minlab bera olmasligi haqiqat. Zero, insoniyat ona tabiatga yillar mobaynida zarar yetkazib kelgan. Biz keyingi avlodlarimizga ekologik jihatdan toza vatan qoldirishni istar ekanmiz, bu boradagi chora-tadbirlarimiz ham bir martalik emas, tizimli bo‘lishi shart!

Shu o‘rinda masalaning bir jihatiga alohida e’tibor qaratish lozimki, ko‘chat ekish bilan ish bitmaydi. Ularni parvarishlash, unib, o‘sib ketishini nazoratga olish zarur. Bu borada ham zaruriy choralar belgilab olingan. Misol uchun oladigan bo‘lsak, birgina M-39 avtomagistral yo‘li bo‘ylab jami 15 dona suv inshooti qurilishi belgilangan bo‘lib, shundan 6 tasi tuman hokimligi tomonidan hamda 9 tasi O‘rmon xo‘jaligi tomonidan qurilishi rejalashtirilgan.
Tadbir davomida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdilar.