22-umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-"B" sinf o'quvchisi Munisa Usmonova milliy raqslarimiz shaydosi. Jajji qizaloq joriy yil boshidanoq tuman Madaniyat markazida tashkil etilgan "Afsona" bolalar raqs dastasi to'garagida sevimli ustozi Shahlo Rahmatullayeva rahbarligida milliy raqsning o'ziga xos sirlarini qunt bilan o'rganmoqda.

Mahorati kundan kunga sayqallashib borayotgan yosh raqqosa qizlarimizdan Munisa Usmonova, Odina Erkinova, Shahrizoda Hayitboyevalar musiqa rahbarimiz Rustam Xursanov rahbarligida "Navbahor", "Qo'g'irchoq", "Binafsha", "Bolalar", "Boychechak", "Lazgi", "Bahor", "Bayot" kabi musiqalar sadosi ostidagi raqslarni mahorat bilan ijro etishmoqda.
Ayni kunlarda jajji raqqosa qizlar Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Respublika ko'rik-tanloviga qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda. Kelgusida bu raqqosa qizlarimiz tumanimiz afsonasiga aylanadi, degan umiddamiz.

Rabbim ERGASHEV.