BMT “YUNISEF” tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo davlatlarining favqulodda vaziyatlarga bardoshliligini ta’minlashga qaratilgan mahalliy va milliy salohiyatlarini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy seminar – treninglarni o‘tkazib kelinmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti o‘qituvchilari hamda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchisi S.Adilovlar bilan Bulung‘ur tumanidagi 17-25- umumta’lim maktablarining pedagoglari hamda o‘quvchilari bilan “Favqulodda vaziyatlarga shaylikni oshirish va ularda harakatlanish bo‘yicha” joriy yilning 20-may kuni nazariy va amaliy trening Bulung‘ur tuman 1-sonli kasb-hunar maktabida o‘tkazildi.
Bu seminar treningda ko‘zlangan asosiy maqsad maktablarda o‘qituvchi va o‘quvchilarni favqulodda vaziyatlar vaqtida qanday xarakatlanish kerakligini amalga oshirish xarakatlari bo‘yicha ma’ruzalar Fuqaro muhofazasi o‘qituvchilari tomonidan o‘qib eshittirildi. Nazariy mashg‘ulotlardan so‘ng amaliy mashg‘ulotlar Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Mintaqaviy otryadi hamda Bulung‘ur tuman hududiy Favqulodda yongin qutqaruvchilari bilan amaliy mashqlar o‘rgatildi.


Bundan tashqari qutqaruv asbob – anjomlaridan foydalanishda qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini hamda birinchi tibbiy ko‘rsatishni o‘qituvchi Sanjar Adilov tushuntirib o‘tdi. Mintaqviy yong‘in qutqaruv otryadi o‘quvchilarga o‘zini o‘zi qutqarish va jarlik va suv yo‘llaridan o‘tib olishda qutqaruv asbob anjomlaridan qanday foydalanishni o‘zlariga bajartirib o‘rgatdi.
S.ADILOV,
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot
faoliyati havfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchisi