YO'L XARITASI VA UNDAGI 7 TA ASOSIY VAZIFA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi "Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4102-sonli Qaroriga asosan 1-sektor shtabi a'zolariga o'z yo'nalishlaribo'yicha vazifalar aniq taqsimlab berilgan bo'lib, ularning faoliyati doimiy ravishda nazorat qilinib, muvofiqlashtirib borilmoqda.
Jumladan, 1-sektor hududida ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari hamda "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
Sayyor qabullar to’g’risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi Bulung'ur tuman bo'limi bilan hamkorlikda sektor hududidagi 13 ta mahallalarda 13 marotaba "Hokim va yoshlar" uchrashuvi hamda "Sayyor qabul"lar o'tkazilgan bo'lib, ushbu qabullarda 250 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etgan, 210 ta murojaatlar qabul qilingan, shundan, 38 tasiga tushuntirish berilgan, 132 tasi qanoatlantirilgan, mablag' va vaqt talab qilinishi sababli 40 tasi ko'rib chiqilmoqda.
2023-yil 1-choragida "Yo'l xaritasi"ga bajarilishi lozim bo'lgan 7 ta asosiy masalalar kiritilgan:
- 3 ta daftarlarga ko'rsatiladigan yordamlar bo'yicha;
- 1 ta piyodalar yo'lakchasi tashkil etish bo'yicha;
- 1 ta mahalla binosi qurilishi bo'yicha;
- 1 ta sayyor qabullar o'tkazish bo'yicha;
- 1 ta suyultirilgan gaz ta'minotini yaxshilash bo'yicha.
"Temir daftar" da mavjud 264 ta oilalarning 6 tasiga suv isitish uskunalari, 9 tasiga quyosh panellari o'rnatib berildi.
“Ayollar daftari” bo’yicha
Yil boshidan daftarda mavjud 1500 nafar ayollar 6 ta toifaga ajratilib, quyidagi yordamlar ko'rsatildi:
1- toifada turuvchi 33 nafariga - dehqonchilik bilan shug'ullanishi, bandligini ta'minlash va doimiy daromadga ega bo'lishi uchun yordamlar ko'rsatildi;
2- toifada turuvchi 15 nafariga - tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi uchun imtiyozli kreditlar ajratildi;
3- toifada turuvchi 248 nafar boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarga - moddiy yordam ko'rsatildi;
4- toifada turuvchi 6 nafariga - tibbiy yordam ko'rsatildi.
Jami sektor bo'yicha 1500 nafar daftardagi xotin qizlarning 302 nafariga yordamlar ko'rsatildi.
“Yoshlar daftari” bo’yicha
Sektor hududida 1 chorak davomida 175 nafar yoshlar "Yoshlar daftari" ga kiritilib, shundan 153 nafariga amaliy yordam ko'rsatildi.
Jumladan, 4 nafari mehnat qurollari bilan ta'minlandi, ijtimoiy himoyaga muhtoj 28 nafar yoshlarning kontrakt to'lovlari, 1 nafar yoshning Safarbarlik chaqiruvi rezervi badallari to'lab berildi. 1 nafar yoshga davolanish xarajatlari, 20 nafar yoshlarga Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o'qish xarajatlari to'lab berildi. 10 nafar yoshlar ish o'rinlariga joylashtirildi, 15 nafar yoshlarga kredit mablag'lari ajratildi. 61 nafar yoshlarga yer maydonlari ajratib berildi. 12 nafar yoshlarning sport musobaqalarida ishtirok etish xarajatlari qoplab berildi. 1 nafar yoshga turar joy ijara xarajati qoplab berildi. Hozirgi kunda daftarda qolgan 22 nafar yoshlarga ham yordam ko'rsatish choralari belgilab olingan.
Bandlik masalasi bo’yicha
Joriy yilning 1-choragida ishsiz fuqarolarni ishga joylashishga ko'maklashish bo'yicha 145 nafar fuqaroga zarur ko'maklar ko'rsatildi. Ulardan 77 nafarini yoshlar, 45 nafarini ayollar tashkil qiladi.
Shuningdek, fuqarolarni kasbga qayta o'qitish yuzasidan 32 nafar fuqarolar jalb qilindi. Shundan 14 nafarni yoshlar, 28 nafarni ayollar tashkil qiladi.
30 nafar ishsiz va band bo'lmagan fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilingan. Shundan 11 nafari yoshlarni, 23 nafari ayollarni tashkil qiladi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash to’g’risida
Ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo'yicha 145 nafariga zarur ko'mak berildi, 296 nafar fuqarolarga "E-auksion" orqali dehqonchilik bilan shug'ullanish uchun yer berildi. 148 nafar fuqarolarga 2 mlrd. 799 mln. 500 ming so'm kredit berilishida ko'maklashildi, 25 ta yuridik, 71 ta YaTT lar ochildi, 16 ta hunarmand ro'yxatga olinib, 51 nafar ustoz-shogird qilib biriktirildi, 1060 ta PQ-4742 asosida ishsizlarning o'zini o'zi band qilishi ta'minlandi.
Mahallalardagi ichki yo’llarni ta’mirlash ishlari
-1.7 km yo'lga asfalt yotqizildi;
-19 km asosiy yo'llar kartali va yamoqli ta'mirlandi;
-7.6 km ichki yo'llar shag'allashtirildi;
-7.1 km piyodalar yo'lakchasi qurildi;
-25 dona yangi yo'l belgilari o'rnatildi;
-10 ta piyodalar o'tish joyidan chiziqlar chizildi. Shundan:
- "Mingchinor", "O'roqli", "Gulzor" mahallalari hu-dudidan o'tuvchi 4r-47 "Bulung'ur sh. - Urgut sh. - M-39 a/y" avtamobil yo'lining 4-14 km qismida 1500 tonnaasfalt bilan kartali va yamoqli ta'mirlash ishlari bajarildi. 10 dona yangi yo'l belgilar o'rnatildi. 8 ta piyodalar o'tish joyidan chiziqlar chizildi.
- 4r-238 "Samarqand sh. - Bulung'ur - Turon - Alamli q-q." avtomobil yo'lining 23-32 km qismlarida 250 tonna asfalt bilan kartali va yamoqli ta'mirlash ishlari bajarildi. 15 dona yangi yo'l belgilar o'rnatildi. 2 ta piyodalar o'tish joyidan chiziqlar chizildi.
- "O'roqli" mahallasida 1 km piyodalar yo'lagi qurish ishlari 100 foizga, "Niyozmat" mahallasida 2 km piyodalar yo'lagi qurilishi ishlari 80 foizga, "Yangiqo'rg'on" hamda "Istiqlol" mahallalarini tutashtiruvchi 1.5 km piyodalar yo'lagi qurilishi ishlari 80 foizga bajarilgan. "Bulung'ur ariq" mahallasida "Open budjet" (2022-yilning 2- mavsumida yutib olingan, 2023-yilning 1-choragida tugatilgan) loyihasi asosida 2.6 km piyodalar va velosiped yo'lakchasi qurib bitkazildi.
- "Yangiqo'rg'on" mahallasi Oqariq ko'chasida 1.7 km ichki yo'l asfaltlashtirildi.
- "Nurli yo'l" mahallasida 3.5 km, "Gulzor" mahallasida 1 km, "Isori O'roqli" mahallasida 1 km, "Bo'dana" mahallasida 1.1 km ichki yo'llar shag'allashtirildi. "Erganakli" mahallasida 1 km ichki yo'llar shag'allashtirish orqali ta'mirlandi.
Gaz ta’minoti bo’yicha
Gaz ballonga ehtiyoji bor bo'lgan 11 ta xonadonlar gaz ballon bilan ta'minlandi. Sektor hududidagi 15 ta mahallalarga suyultirilgan gaz ballonlarini almashtirish ishlari grafik asosida 48-53 kun oralig'ida ta'minlanib kelinmoqda.
Ichimlik suvi ta’minoti bo’yicha
"Bulung'ur ariq" mahallasida ichimlik suvi ta'minoti bo'yicha "Open budjet" loyihasi asosida (2022-yilning 2-mavsumida yutib olingan, 2023-yilning 1-choragida tugatilgan) 1 ta artezian qudug'i qazilib, 65 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi. "Nebo'sa" mahallasida hashar yo'li bilan 800 metr masofaga tarmoq tortish orqali 15 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi.
Elektr energiyasi ta’minoti bo’yicha
-Transformator o'rnatish - 9 dona;
-Transformator ta'mirlash - 1 dona;
-Beton ustunlar o'rnatish - 107 dona.
Shundan:
-"Yangiqo'rg'on" mahallasida 1 dona 63 kVA transformator o'rnatildi, 1 dona 160 kVA transformator ta'mirlandi;
-"Istiqlol" mahallasida 1 dona 250 kVA transformator o'rnatildi;
- "Bo'dana" mahallasida aholi tomonidan 2 dona transformator, dastur asosida 1 dona 100 kVA transformator o'rnatildi;
-"Mingchinor" mahallasida 1 dona 100 kVA transformator o'rnatildi;
-"Gulzor" mahallasida aholi tomonidan 1 dona transformator, dastur asosida 40 dona temir beton ustunlar o'rnatildi
"Oqtosh" mahallasida dastur asosida 67 dona temir beton ustunlar o'rnatildi. Aholi tomonidan 1 dona 100 kVA transformator 250 kVAga almashtirildi;
-"Erganakli" mahallasida dastur asosida 1 dona 160 kVA, aholi tomonidan 1 dona transformator o'rnatildi.
Sog’liqni saqlash yo’nalishida
Tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan 1-sektor hududidagi mahallalarida 2023-yil 1-choragida 3 marotaba tibbiy-profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu tibbiy ko'riklarga viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi va tuman Tibbiyot birlashmasining yuqori malakali shifokorlari bilan hamkorlikda jami 100 nafardan ortiq tibbiy xodimlar jalb etildi. 1500 dan ortiq fuqarolar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Aniqlangan kassalik bo'yicha 149 nafar bemorlarga tuman shifoxonalariga, 83 nafar bemorlarga viloyat shifoxonalariga yo'llanmalar va orderlar berildi, 187 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi, 120 nafar bemorlarga ko'zoynaklar va ortopedik vositalar berildi.
Sahovatpesha homiylar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
-"Gulzor" mahallasi hududidan 2 ta ehtiyojmand oilalarga uy qurish ishlari yakunlandi;
- "Nebo'sa" mahallasida mahalla binosi qurilishi ishlari yakunlandi;
-"Istiqlol" mahallasida 1 nafar ehtiyojmand fuqarolarning sog'lig'ini tiklashlari uchun jarrohlik amaliyoti o'tkazilishida ko'maklashildi.
2023-yil 3 oyidagi kriminogen vaziyati to’g’risida
2023-yilning 3 oyida Bulung'ur tumanida qayd etilgan jami jinoyatlar o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 foizga (68/69), jinoyat qidiruv yo'nalishidagi jinoyatlar 16,6 foizga (48/40) kamaygan.
Jinoyat sodir etgan shaxslar:
- yoshlar 50,0 foizga (30/20) kamaygan;
- voyaga yetmaganlar 100,0 foizga (0/1) oshgan;
- ayollar 75,0 foizga (8/2) kamaygan.
Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlardan:
- 1-sektorda firibgarlik (2/3), bezorilik (0/1) oshgan;
- Tumandagi 55 ta mahallalardan 13 tasi "qizil", 44 tasi "yashil" toifaga kiritilgan.
Qizil toifadagi MFYlar: "Bulung'ur", "Niyozmat", "Yangiqo'rg'on", "Saxovat", "Mehrjon", "Guliston", "Olmazor", "G'o'bdin", "Mingtepa", "Ulug'bek", "Xo'jamazgil", "Suluvqo'rg'on", "Oqtepa".
Sektor hududidagi mahallalarda hozirgi kunda 1507 nafar fuqarolar, shundan 238 nafar xotin-qizlar vaqtinchalik ishlash maqsadida chet davlatga ketishgan. Mahalla beshligi tomonidan ushbu fuqarolarning oila a'zolari va oilalari holidan xabar olinib borilmoqda. Jumladan, chet elda bo'lib turgan xotin-qizlar bilan onlayn suhbat o'tkazildi.
Oilaviy ajrimlar to’g’risida
Tumanda oilaviy ajralishlar 2023-yil 3 oyi davomida 51 nafar bo'lib, (2022-yil 3 oyida 63 nafar) 12 nafarga kamaygan. Mahalla kesimida tahlil qiladigan bo'lsak, quyidagi mahallalarda - "Isori O'roqli" MFYda 4 taga, "Esonturdi" MFYda 3 taga, "Nurli yo'l" MFYda 2 taga, "Yangiqo'rg'on" MFYda 2 tagaoshgan. 1-sektor bo'yicha ajrimlar soni 13 nafarni (oilani) tashkil etadi.
Fuqarolik ishlari bo'yicha Jomboy tumanlararo sudi bilan hamkorlikda 12 marotaba sayyor qabullar o'tkazilgan. Tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi hamda mahalla faollari bilan birgalikda 56 marotaba yakka suhbatlar olib borilib, 51 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirilishiga erishilgan. 1-sektorda bu ko'rsatgich 14 ta oilani tashkil etadi.
Ikkinchi chorakda yo’l xaritaga kiritilgan ishlar
- 3 ta - daftarlarga ko'rsatiladigan yordamlar bo'yicha;
- 1 ta - ichimlik suvi ta'minoti bo'yicha;
- 3 ta - elektr energiyasi ta'minoti bo'yicha;
- 2 ta - asfaltlashtirish bo'yicha;
- 4 ta - asosiy yo'lni ta'mirlash bo'yicha;
- 1 ta - oqava suvlar yig'ilishining oldini olish bo'yicha;
- 1 ta - maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo'yicha;
- 3 ta - piyodalar yo'lakchasi tashkil etish bo'yicha;
- 1 ta - sayyor qabullar o'tkazish bo'yicha;
- 1 ta - suyultirilgan gaz ta'minotini yaxshilash bo'yicha masalalar kiritilgan. Shundan:
- 1 ta ichimlik suvi ta'minoti bo'yicha "Changal-1" mahallasi hududida yangi 1 ta suv inshooti qurish hamda 2 km suv tarmog'ini tortish ishlari amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, hozirgi vaqtda qurilish-montaj ishlari 83 foiz bajarildi;
- "Erganakli" MFY hududiga 1 ta yangi 160 kVA hamda 20 ta simyog'och temir beton ustunlarga almashtirish belgilangan bo'lib, amalda 1 ta yangi transformator hamda 20 ta temir beton ustunlar olib kelinib o'rnatildi;
- "Bulung'ur" mahallasi hududida yomg'ir suvlari orqali xosil bo'ladigan oqova suvlarni tuman markazidan oqib o'tadigan "Katta ariq" dyukeriga chiqarish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lib, hozirgi vaqtda qurilish-montaj, tarmoq tortish, chuqur qazish ishlari 87 foiz bajarildi;
- "Gulzor" mahallasi hududida 120 ta eskirgan simyog'ochlarni yangisiga almashtirish belgilangan bo'lib, hozirgi kunda 79 ta temir-beton ustunlar olib kelindi;
- "Erganakli" MFY hududiga 1 ta 160 kVA hamda 20 ta yaroqsiz simyog'ochlar temir-beton ustunlarga almashtirish belgilangan bo'lib, amalda 1 dona transformator hamda 20 ta temir-beton ustunlar olib kelindi.
Shu kabi amaliy ishlar tuman miqyosida hamda 1-sektor mahallalaridadavom ettirilmoqda.
Samandar ASTONOV,
tuman hokimi, 1-sektor rahbari.