Dilshod (ism va familiyalar o'zgartirilgan) qo'shni mahalladagi to'yga hamqishloqlari Odil, Sherali va Furqatlar bilan birga o'ziga tegishli bo'lgan "Damas" avtoulovida jo'nashdi.
To'y avjida, dasturxon to'kin, sheriklarining xush kayfiyatda "qittak-qittak" olishayotganini ko'rgan Odilning ham tomog'i qichishdi. Garchi avtoulov boshqarishi lozim bo'lsada, ulfatlarning qistoviga ko'pam tixirlik qilmasdan ularga sherik bo'la qoldi. Hamqishloqlar to'yni oxirlatib qaytishdi. Odil shirakayf holda biroz qiynalsada, mashinani boshqarib borardi. Yo'lda ortidan kelayotgan "Kobalt" rusumli avtomashina quvib o'tish chog'ida biroz qisib yuborgandek bo'ldi. Buni ko'rgan hamqishloq ulfatlarning jahli chiqdi. Odil mashinani yanada tezlatib, oldinda ketayotgan "Kobalt"ga yetib olishga harakat qildi. Yo'lda notekisliklar bo'lganligi tufayli har ikkala mashina ham tezlikni oshira olmasdi. Nihoyat chorrahaga kelgach, ro'parasidan kelayotgan mashinaga yo'l berish uchun to'xtagan "Kobalt" mashinasiga yetib kelgan Odil "Damas" rusumli mashinasi bilan uning oldini to'sib to'xtatdi.
Hamqishloq ulfatlar mashinadan tusha solib, "Kobalt" rusumli avtoulovni boshqarib borayotgan Ismatni mashinadan sudrab tushib, turli xil nojo'ya so'zlar bilan haqoratlab, urib-tepkilab ketishdi. Oqibatda Ismat tanasiga yetkazilgan turli zarblardan yengil tan jarohati oldi.
Sud, sudlanuvchilarga jazo tayinlashda qonuniylik, insonparvarlik, odillik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga qat'iy amal qilgan holda sudlanuvchilarning aybiga iqrorligini va qilmishidan chin ko'ngildan pushaymonligini, barchasi oilali bo'lib, farzandlari borligini, muqaddam sudlanmaganligini, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplaganligini va jabrlanuvchining ularga nisbatan da'vosi yo'qligini, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olib, O'zbekiston Respublikasi JK 48 (1)-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ozodlikni cheklash jazosini tayinlashni hamda hukm qonuniy kuchga kirganidan so'ng unga nisbatan qo'llanilgan munosib xulq-atvorda bo'lish haqidagi tilxat chorasini bekor qilishni lozim deb topdi. Shu bilan birga sudla-nuvchilarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JK 48 (1)-moddasining 3-qismiga muvofiq, ularning kelgusida jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida va jazoni ijro etish organi tomonidan ularga tayinlanayotgan jazoning ijrosini to'liq nazorat qilish imkoniyatini yaratish maqsadida mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o'zgartirmaslik, yashab turgan ma'muriy hududidan tashqariga chiqmaslik, muayyan joylarga bormaslik, alkogolli ichimliklar iste'mol qilmaslik kabi qo'shimcha taqiqlar va majburiyatlarni yuklash lozim deb hisobladi.
Sud, sudlanuvchilar D.Xudoynazarov, F.Xalilov, Sh.Sharopov va O.Xoliqovlarni O'zbekiston Respublikasi JK 277-moddasi 2-qismining "b"bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topdi va barcha sudlanuvchilarga yashash manzilidagi uyidan kechqurun soat 22:00 dan ertalab soat 06:00 ga qadar chiqish cheklangan holda 2 (ikki) yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.
Shuningdek, sudlanuvchilarning barchasiga O'zbekiston Respublikasi JK 48 (1)-mod-dasining 3-qismigaasosan ozodlikni cheklash davomida:
- muayyan joylarga, ya'ni kafe, bar, restoranlarga bormaslik;
- nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o'zgartirmaslik;
- Samarqand viloyat hududidan tashqariga chiqmaslik;
- alkogolli ichimliklar iste'mol qilmaslikdan iborat qo'shimcha cheklashlarni belgiladi.

T.QODIROV,
Samarqand viloyat prokuraturasi 23-bo'lim boshlig'i.
Z.HAMDAMOV,
tuman prokurori o'rinbosari.