Soʻnggi yillarida Respublikamizda qonunchilikning boshqa sohalari qatori intellektual mulk huquqi qonunchiligi asoslarini mustahkamlash, huquq egalarining manfaatlarini muhofaza qilish va ular huquqlarini xorijiy mamlakatlarda ham himoya qilishning ustuvor yoʻnalishlari koʻrsatib berilmoqda.
Endi qonunlarda aks etayotgan intellektual mulk masalasi Konstitutsiyamiz bilan mustahkamlanmoqdaki, bu birinchidan, intellektual mulkning yaratuvchisi boʻlgan olimlar, ixtirochi va ijodkorlarning haq-huquqlarining himoyasi boʻlsa, ikkinchidan, ular yaratgan intellektual mulkka boʻlgan adolatli munosabatdir.
Zero, dunyo boʻyicha eng qimmatbaho mulk – bu intellektual mulkdir. Zamonaviy dunyoda intellektual mulk himoyasini taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu huquqni Konstitutsiyaviy darajada eʼtirofini amalga oshirmasdan turib, samarali iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishni taʼminlash qiyin.
Umuman olganda, bugungi zamonaviy dunyoda intellektual mulk himoyasini taʼminlash gʻoyat muhim. Qonunlarimizda boʻlayotgan oʻzgarishlar kelgusida intellektual mulk obyektlarini koʻproq yaratishga zamin yaratadi.
Xususan, Prezidentimizning 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori buning yorqin misolidir. Unda intellektual mulkni ishonchli himoya qilish, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda kontrafakt mahsulotlarga qarshi samarali kurashish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Zafar SAFAROV,
tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.
tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.