Uzoqning donidan ko‘ra, o‘zimizning somon yaxshi deyishadi ota-bobolarimiz. Uzoq safarlarga ish izlab ketayotganlar, u yoqlarda sarson - sargardon bo‘lib kelayotganlarga shu yerning o‘zida ham ish ko‘p.
– Biz aka-ukalar ham bir vaqtlar orzu qilgandik, chetga chiqib mo‘may pul topib kelishga, - deydi Sariqipchoq mahalla fuqarosi Erkinboy aka Xolmamatov. – Sarson bo‘lib kelayotganlar ahvoli biz aka-ukalarni bu yo‘ldan qaytardi. Gap ittifoqchilik va oqibatda ekan. Biz aka-ukalar bilan hamkorlikda 2010-yildan buyon o‘z tomorqalarimizdagi issiqxonalarda limon bilan birgalikda banan ham yetishtirishga kirishdik. Natija yomon bo‘lmadi. Shu tufayli birovdan kam joyimiz yo‘q. Ro‘zg‘orimiz obod, dasturxonlarimiz to‘kin-sochin. Mana shu ishlarimiz orqasidan uylarimizni yangiladik, o‘g‘il-qizlarimizga to‘ylar qildik, o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan “Damas”, “Neksiya”, “Matiz” kabi yangi mashinalar oldik.
Uzunligi 40 metr, eni 8 metr va chuqurligi 3 metr bo‘lgan issiqxonalarida parvarishlanayotgan limon va banan mahsulotlari hammaga manzur bo‘lmoqda.
Suratda Erkinboy aka o‘z tomorqasidagi is-siqxonada parvarishlanayotgan banan daraxti bilan.

Rabbim HOTAMOV olgan surat.