Har yili 30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan odam savdosi sohasidagi asosiy tendensiya va muammolarni aniqlash maqsadida aholi oʻrtasida soʻrov oʻtkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlarida istiqomat qilayotgan oʻzbekistonlik erkaklar va xotin-qizlar, yoshlar, oʻrta va katta yoshdagilar, turli sohalarda band boʻlgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Oʻtkazilgan soʻrov natijalari shuni tasdiqlaydiki, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida qabul qilinayotgan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar odam savdosiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi vaziyatga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Mamlakatda ushbu jinoyat turining tarqalishini qisqartirish imkonini berib, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularning huquqlarini nafaqat mamlakatda, balki uning tashqarisida ham himoya qilishga yordam bermoqda. Shuningdek, jamiyatda odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar va ulardan jabrlangan fuqarolarga nisbatan shakllangan stereotip qarashlarni yengib oʻtishga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda.
Oʻtkazilgan tadqiq shuni koʻrsatdiki, jamoatchilik ongida odam savdosi turli koʻrinishlarga ega boʻlib, shaxsning qadr-qimmatiga bevosita daxl qiladigan, haqiqatan ham insonni savdodagi oddiy tovar darajasida tahqirlaydigan, shaxsga qarshi shafqatsizlik bilan qilingan jinoyat ekanligini anglash ustuvorlik qiladi.
Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarning eng koʻp tarqalgan turlari – odamlarni bevosita sotish va sotib olish, qullik, erksizlik va qaramlik, erkaklar va ayollarning mehnat ekspluatasiyasi, odamlarni ularning aʼzolaridan foydalanish maqsadida sotish, bolalarni sotish va sotib olish hisoblanadi.
Odam savdosidan jabrlanganlar sonini odam savdosi muammosidan va mehnat migrasiyasiga otlanayotgan fuqarolar duchor boʻlishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlardan aholini ogoh qilish yoʻli bilan sezilarli darajada kamaytirish mumkin.
Olingan maʼlumotlarga koʻra, 62,8 foiz fuqarolar jinoyatning ushbu turidan xabardordir, soʻrovning har beshinchi ishtirokchisi huquqbuzarlikning ushbu turi haqida “u-bu narsa eshitganini” bildirdi. Shunisi xavotirliki, 16,9 foiz respondentlar ushbu muammo toʻgʻrisida, noqonuniy migrasiya jarayonida qullikka tushib qolish xavfi va odamfurushlar faoliyatining usullari haqida tasavvurga ham ega emas.
Koʻpchilik fuqarolar odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan, ushbu jinoyatga qarshi kurashish, odam savdosidan jabrlanganlar va zamonaviy qullikning turlari va shakllari haqida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining koʻrsatuvlari orqaligina ogoh boʻladilar.
Soʻrov natijalari Internet odam savdosi masalalarini yoritishda, uning koʻlami va xarakterini aholi tomonidan tushunilishida, ushbu jinoyat turiga qarshi kurashishda davlat va huquq-tartibot organlari saʼy-harakatlarining jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini faollashtirishda ulkan salohiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Soʻralganlarning 42,8 foizi fikricha, odam savdosi muammosi va u bilan bogʻliq jinoyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarning asosiy manbasi internet-saytlar hisoblanadi, har toʻrtinchi respondent odam savdosining turli koʻrinishlari haqidagi axborotlarni telegramm-kanallar orqali olishini qayd etadi.

X.KELIDIYAROVA
Samarqand viloyat sudining sudyasi
J.GAYBULLAYEV,
Jinoyat ishlari boʻyicha Bulungʻur tuman sudining raisi