Bulung’ur tuman hokimi Samandar Astonovning yangi yil tabrigi
Hurmatli bulung'urliklar!
Avvalo barchangizni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan Bulung'ur tuman hokimligi va jamoatchilik nomidan samimiy tabriklayman.
Hurmatli yurtdoshlar!
Yana bir yil yakunlanib, yangi yilga qadam qo'yishimizga ham sanoqli kunlar qolmoqda. O'tayotgan 2023-yil butun mamlakatimiz xalqi uchun tarixiy yil bo'lib qoladi. Qo'lga kiritilayotgan ulkan muvaffaqiyatlarni yozgan bilan, aytgan bilan tugatolmaysan kishi. Birgina xalqimiz xohish irodasi bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz tom ma'noda baxtimiz Qomusiga aylandi. "Inson qadri uchun" g'oyasi islohotlarimizning bosh tamoyili bo'ldi. "Inson - jamiyat - davlat" degan yondashuvni amaliy hayotimiz bosh qadriyatiga aylantirdi. Muhtaram Prezidentimizning 2023-yilda rivojlangan o'nlab mamlakatlarning yuzlab ishbilarmon doiralari bilan bo'lgan uchrashuvlari va ularda qabul qilingan shartnomalar xalqimizning bundan keyingi yanada yaxshi yashashlari uchun xizmat qiladi.
Tumanimiz xalqi yangi yil bayramini doimo o'zgacha bir kayfiyat bilan kutib olgan. Tumanimizda bir necha kundan buyon bayram shukuhi sezilib turibdi. Bu ayniqsa bayram munosabati bilan tashkil etilgan Yangi yil archasi va bozorlarimizda yaqqol ko'zga tashlanadi. Bozorlarimizda oziq-ovqat mahsulotlari xaridi bir necha karra ko'paygan. Talab oshgan sayin narx-navoning barqarorligini saqlash juda muhim. Xalqimiz bayramni katta ko'tarinkilik bilan o'tkazishlari uchun narxlar barqarorligi qattiq nazoratga olingan. Asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari zaxirasi yaratilgan. Xalqimiz bayramni munosib nishonlash uchun tumandagi barcha mutasaddilar jalb qilingan. Tuman hokimligida 24 soat ishlaydigan shtab tashkil qilinib, aholi bilan bevosita muloqot yo'lga qo'yilgan. Bu borada barcha fuqarolar joylarda yuzaga keladigan muammolar to'g'risida mas'ullarni ovoragarchiliksiz ogohlantiradi. Yuzaga kelgan kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.
Yangi yil arafasida yil bo'yi qilingan ishlar sarhisob qilinadi. Bayramga to'yga to'yona bilan borish xalqimizga xos xislat. Kezi kelganda shuni mamnuniyat bilan aytish mumkinki, tumanimizda "Insonga e'tibor - sifatli ta'lim yili"da O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Dastur ijrosini ta'minlash maqsadida keng islohotlar amalga oshirildi.
Bugun mamlakatimizda "Inson manfaati uchun" degan inson-parvar tamoyil asosida olib borilayotgan islohotlarimiz natijasida aholini ertani emas, aynan bugunidan rozi bo'lib yashashlariga ahamiyat berilmoqda. Buning uchun mas'ullar: sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi, tashkilot va muassasa rahbarlari joylarda aholining ichiga kirib borib, sayyor qabullar, ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etmoqda. Bundan tashqari, haftaning dushanba kunlari tumandagi Xalq qabulxonasida ommaviy qabullar bo'lib o'tmoqda. Ularda bildirilgan murojaatlarni ijobiy hal etish va xalqimizni rozi qilish choralari ko'rilmoqda.
- Iqtisodiyot kerak, lekin xalqimiz roziligi undan-da muhim, - dedi Muhtaram Prezidentimiz. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son Qaroriga asosan "Kattaqishloq" MFY Ingichka qishlog'ida loyiha asosida 4,8 mlrd so'm bo'lgan, "Erganakli" MFYda Bulung'ur tumani bilan Jizzax viloyati Baxmal tumanini birlashtiruvchi loyiha qiymati 2,1 mlrd so'm bo'lgan ko'priklar qurildi. 2 ta (15 va 16) maktabga qo'shimcha bino qurildi (loyiha qiymati 4,2 mlrd so'm). 2 ta (25 va 30) MTT (loyiha qiymati 5,8 mlrd so'm) rekonstruksiya qilindi. 1 ta Bolalar va o'smirlar sport maktabini rekonstruksiya qilish uchun 2,9 mlrd so'm ajratildi. Shuningdek, bugungi kunda aholiga qulaylik yaratish maqsadida tumanimizdan o'tuvchi temir yo'ldan tunnel qurish loyihasi ishlari amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyot kompleksining 9 oylik yakuni bo'yicha - xizmatlar hajmi 494,3 mlrd so'mga bajarish belgilangan bo'lib, amalda 545,3 mlrd so'mni tashkil etmoqda. O'tgan yilning mos davriga nisbatan 110,3 foizga oshdi.
2023-2024-yil qish va bahor mavsumiga munosib tayyorgarlik ko'rish, mahsulotlar narx-navosi sun'iy oshib ketishining oldini olish maqsadida aholi iste'moli uchun zaruriy mahsulotlar zaxirasi tashkil etildi. Jumladan, kartoshka 1 562 tonna, piyoz 437 tonna, guruch 25 tonna, jami 2 024 tonna qishloq xo'jaligi mahsulotlari zaxira qilinishi shular jumlasidandir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-57-son qarorida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash va elektr energiya taqchilligi oldini olish, muqobil energiyaga o'tish maqsadida bugungacha 49 ta davlat idoralari va ijtimoiy soha obyektlariga 335,3 kVt quvvatli, 209 ta aholi xonadonlariga 306,8 kVt quvvatli hamda 37 ta tadbirkorlik subyektiga 552,9 kVt quvvatli quyosh panellar o'rnatildi. Bundan tashqari, 274 ta tadbirkorlik subyektlarining binolariga 3 kVt dan jami 800 kVt quvvatdagi quyosh panellari o'rnatilishi rejalashtirilgan.
Kasb-hunarga jalb qilish maqsadida o'tgan davr mobaynida "Hokim yordam-chilari" orqali ro'yxati shakllantirilgan 7 598 ta ishsiz fuqarolardan 435 nafarining kasb-hunarga o'qish istagi borligi aniqlandi. Ushbu fuqarolardan, "Ishga marhamat" monomarkazida 7 nafar, Samarqand shahar kasb-hunarga o'qitish markazida 9 nafar, Toshkent kasb-hunarga o'qitish markazida 3 nafar, qurilish kollejida 12 nafar, Bulung'ur kasb-hunarga o'qitish markazida 404 nafari o'qitildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga muvofiq joriy yilning yanvar-sentabr oylarida tumanda 2 443 ta jismoniy va yuridik shaxslarga 47 mlrd 881 mln so'm miqdorida oilaviy tadbirkorlik doirasida kredit ajratildi.
Bundan tashqari, yil oxiriga qadar qo'shimcha ravishda "Temir daftar"da turgan yana 39 ta oilalarga quyosh fotoelektr panellari o'rnatib berildi.
Tumanda Aholi bandligiga ko'maklashish bo'yicha ishlab chiqilgan hududiy dasturiga ko'ra, 2023-yil davomida aholi bandligiga ko'maklashish bo'yicha prognoz ko'rsatkich 3 996 ta rejalashtirilgan bo'lib, amalda 2023-yil 10 oyi davomida 2 371 nafar ishsiz fuqarolarga bandligi yuzasidan amaliy yordamlar ko'rsatildi. Shundan 852 nafari yoshlar, 1 321 nafarini ayollar tashkil qiladi. 2023-yil 10 oyi davomida ishsiz fuqarolarni ishga joylashishga ko'maklashish bo'yicha ish bilan ta'minlanganlar soni 1 347 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 565 nafarini yoshlar, 648 nafarini ayollar tashkil qiladi.
Tumanda 2023-yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida jami qiymati 1,45 trln so'mlik 114 ta investitsiya loyihalarni amalga oshirish hamda 1 386 ta yangi ish o'rinlari, shundan, Sanoat sohasida 801,6 mlrd so'mlik 24 ta loyiha doirasida 786 ta, qishloq xo'jalik sohasida 531,6 mlrd so'mlik 13 ta loyiha doirasida 210 ta, xizmat ko'rsatish sohasida 123,1 mlrd so'mlik 77 ta loyiha doirasida 390 ta ish o'rinlari yaratildi.
Qishloq xo'jaligida foydalanadigan yerlar jami 36 809 gektar bo'lib, shundan 15 755 gektar ochiq maydon, 12 476 gektar lalmi maydon, 2 278 gektar tokzor, 5 191 gektar bog'lar, 888,0 gektar tutzorlar, 221 gektar terakzorlar, 17 140 gektar yaylovlarni tashkil etadi.
Asosiy maydonga ekilib, yig'ishtirib olingan mahsulotlar:
- 6 290 gektar g'alla (50 635 tonna), 145.2 mlrd so'm;
- 4 498 gektar kartoshka (99 550 tonna), 239.8 mlrd so'm;
- 4 121 gektar yer maydonga sabzavot (95 500 tonna), 171.9 mlrd so'm;
- 214 gektarga moyli (600 tonna) 60.0 mlrd so'm;
- 371 gektarga ozuqa (10 360 tonna) 8.8 mlrd so'm;
- 2 278 gektarga uzumzor (27 350 tonna) 136.7 mlrd so'm;
- 5 191 gektarga bog'lar (77 860 tonna) 233.5 mlrd so'm;
- 1 023 gektarga bog'-tokzorlar qator oralarida sabzavot va boshqa ekinlardan (9 850 tonna) 11.8 mlrd so'm.
"Ayollar daftari"ga kiritilgan 5 ming 371 nafar xotin-qizlardan 5 mingga yaqiniga amaliy yordamlar ko'rsatildi.
Shu kunga qadar 3 mlrd 363 million 120 000 so'm moddiy yordam ajratilgan.
2023-yilning o'tgan davri mobaynida "Yoshlar daftari"ga tuman bo'yicha jami 2 003 nafar yoshlar kiritilib, ularning 1 468 nafariga yordam ko'rsatildi.
Kelgusi yilda oldimizga qo'ygan ustuvor vazifalarimiz bundan-da yuksak. Yangi yilda barcha sohalarda yuqori natijalarga erishib, shu orqali xalqimiz turmush sharoitlarini yanada yaxshilash ezgu maqsadimizdir. Bu ishlarni bajarish uchun aniq rejalarimizni belgilab olganmiz. Barcha sohalardagi yutuqlarimiz birinchi navbatda inson omiliga, uning muammolarini bartaraf etishga qaratiladi. Yangi ish o'rinlari yaratiladi. Shu maqsadda yaqinda Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay, Shandun va Futsyan kabi provinsiyalarida ishbilarmon doiralari ishtirokida uchrashuvlar o'tkazilib, 310 mln dollarlik kelishuv yoki memorandumlar imzoladik. Ushbu taklif etilgan loyihalar doirasida 2024-yilda 300 nafar ish o'rni yaratiladi. Albatta, bu ishlarni bajarishda sizlarga suyanamiz. Sizlar yonimizda turasizlar, yordamlaringizni ayamaysizlar, degan umiddaman.
Hurmatli bulung'urliklar!
Bir so'z bilan aytganda, yangi yil bayramini xalqimiz shod va xurram kutib olishlari uchun barcha choralar ko'rilmoqda. Yana bir bor barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g'ayrat, oilaviy baxt va saodat tilagan holda kirib kelayotgan yangi yil bayramini munosib kutib olishlaringizga tilakdoshman.
Yangi yilingiz muborak bo'lsin!