Taraflar o‘rtasida fuqarolik huquqiy munosabatlardan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, yakka mehnat nizolariga va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator, jumladan, kelishuvni amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etilgan shaxs ko‘magida hal qilish usuli mediatsiya deyiladi.
“Mediatsiya to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, mediatsiya suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida ko‘rish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llanilishi mumkin. Mediatsiya nizoni hakamlik sudida ko‘rish jarayonida ham hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qo‘llanilishi mumkin.
Mediatsiyani qo‘llash tartibini belgilash uchun taraflar o‘rtasida yozma kelishuv tuziladi. Unda nizoning mediatsiya orqali hal etilishi, nizo predmeti, mediatsiya tartibi, xarajatlar, taraflarning mediatsiyada ishtirok etish shartlari, mediatsiya muddati haqida shartlar yoziladi.
Taraflar va mediator mediatsiya ishtirokchilaridir. Jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham mediatsiya taraflari bo‘lishi mumkin. Mediatsiya ikki va undan ortiq taraflar o‘rtasida bo‘lishi, shuningdek, bir yoki bir nechta mediator tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Taraflar mediatsiyaga shaxsan yoki vakili orqali qatnashishlari mumkin.
Mediator – mediatsiyani taraflar roziligi bilan olib boruvchi shaxs.
Professional va noprofessional mediatorlar bo‘lib, professional mediator maxsus mediatorlik kursida qatnashgan va o‘zining veb-sahifasiga o‘zi haqida ma’lumotlarni joylagan bo‘lishi lozim. Professional mediator haq evaziga yoki tekinga, shuningdek, taraflar bilan mediatsiya kelishuviga asosan o‘zaro kelib chiqqan nizolarni hal etish uchun xizmat ko‘rsatadi. Noprofessional mediator bo‘lib 25 yoshga to‘lgan, mediator bo‘lishga rozilik bildirgan shaxs mediatsiyani olib bora oladi. Noprofessional mediator tekinga xizmat ko‘rsatadi.
Mediator taraflar bilan uchrashib ularga nizolarni hal etishda og‘zaki yoki yozma tavsiyalar berishi mumkin. U taraflarga mediatsiyaning maqsadi va ularning huquq, majburiyatlarini tushuntirishi lozim. Mediator taraflarning roziligi bilangina ish yuritishi mumkin. Taraflarni nizoni hal etishdagi chora-tadbirlarga ishontirishga qonuniy yo‘llardan foydalana oladi.
Mediatsiya taraflar tomonidan mediativ kelishuv tuzilganligi, nizo xususida o‘zaro maqbul bo‘lgan qarorga erishish imkoniyati yo‘qligi, biror-bir tarafning mediatsiyadan voz kechganida hamda mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari o‘tganligi holatida tugatiladi.

Saydo ATABAEV,
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining sudya yordamchisi