Mamlakatimizda so‘ngi yillarda keng islohotlar amalga oshirilib, jamiyatimizda inson qadrini ulug‘lash, xotin-qizlar, bolalar, keksalar va nogironlarning huquqlarini to‘laqonli ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar jadal amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlash ularning uzluksiz moddiy ta’minotini mustahkamlash borasida ham bir qator huquqiy asoslar kuchga kiritilib, ijrosi ta’minlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 87-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek aliment to‘lovlari jamg‘armasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-avgustdagi 427-sonli “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan, voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdorlardan jinoyat natijasida yetkazilgan zararlarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarida belgilangan zarar summalarini undiruvchilarga Majburiy ijro byurosi huzurida tashkil qilingan “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi hisobidan to‘lab berilishi belgilandi.
Oila kodeksiga muvofiq, ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishlari shart. Voyaga yetmagan bolalariga aliment to‘lash va ularga ta’minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir, aliment to‘lovi ota-onaning biri tomonidan ikkinchisiga, ya’ni voyaga yetmagan bola tarbiyasi bilan shug‘ulanayotgan ota yoki onaga beriladi.
Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment miqdorini, shaklini va tshlash tartibini belgilovchi aliment to‘lash to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan kelishuvni tuzishga haqlidir. Mazkur o‘zaro kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak. O‘zaro kelishuv aliment ta’minoti masalasini hal qilishning nafaqat eng tinch, balki eng tejamli yo‘lidir.
Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ota yoki ona aliment undirish maqsadida sudga murojaat qilishi mumkin. Oila kodeksiga binoan voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sud buyrug‘i yoki sudning hal qiluv qaroriga asosan aliment undiriladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudi tomonidan joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida jami 363 ta aliment undirish bilan bog‘liq arizalar kelib tushgan bo‘lib, shundan 334 tasi sud buyrug‘i tartibida va 29 tasi da’vo tartibida ko‘rib chiqilgan.
Sud buyrug‘i tartibida ko‘rib chiqilgan arizalarning barchasi qanoatlantirilib, ijro qilishlik uchun tegishli Majburiy ijro byurolariga yuborilgan.
Da’vo tartibida ko‘rib chiqilgan jami 29 ta fuqarolik ishlarining 24 tasi qanoatlantirilgan, 4 tasi ish yuritishdan tugatilgan va 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.
Bu esa jamiyatda xalqimizning huquqiy ong va madaniyatini oshirib borish lozimligini anglatadi.
Eng asosiysi, oilalarda ma’naviy axloqiy muhitni yaxshilash, mustahkamlash, shuningdek, bolalar va xotin qizlar huquqlari bilan bog‘liq xalqaro mezonlarda mamlakatimiz o‘rnini yaxshilashni taqozo etadi.

Jamshid FAYZULLAYEV,
Fuqarolik ishlari bo‘yichaJomboy tumanlararo sudi raisi.