Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida har tomonlama ko‘mak berib kelinmoqda. Ushbu tamoyil asosida joriy yil davomida 443 ta tadbirkorlik sub’ekti o‘rganildi. Shundan 356 tasiga ko‘mak berilishi zarurligi aniqlandi. Jumladan, dastlabki buxgalteriya yuritishda 39 ta, soliq rejimini tanlashda, soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda 21 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 77 ta, 79 ta E-aktiv AAT, Ye-ijara, AAT, Ye-imtiyoz AAT bo‘yicha tushuncha berildi va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish, 107 ta holatda soliq organlariga aloqador masalalarda, 146,1 ming so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 42 ta tadbirkorlik sub’ektiga ko‘maklashildi. Masalan, “Bulung‘ur xirmon” fermer xo‘jaligining soliq turlaridan ortiqcha bo‘lgan 19,1 ming so‘mlik mablag‘i qaytarib hisob raqamiga tashlab berildi. Bundan tashqari, “Qo‘ng‘irot buloqboshi chorvasi” MChJga faoliyatini rivojlantirish uchun 150,0 ming so‘mlik kredit olishida amaliy yordam berildi.
Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini-o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kodli (QR -kod) guvohnoma beriladi. 2022 yilning avgust oyida tumanda o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar soni 514 nafarni tashkil etdi.
Bugungi kunda soliq to‘lovchilarinng murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegramm messenjerida “Soliqchi-ko‘makchi Bulung‘ur tumani DSI” guruhi tashkil etilgan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda. Shuningdek, 95-508-25-26 raqami orqali Telegramm messenjerida yozma murojaat qilish mumkin.
Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman Davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishda har doim tayyor. Soliq to‘lovchilar muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzil orqali bemalol murojaat qilishlari mumkin.
Zohid OCHILOV,
tuman DSI tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sho‘basi boshlig‘i.