Tishi og'riganlar birinchi bo'lib shu gapni aytishadi...
Bu dardni albatta birinchilardan bo'lib tish shifokorlari davolashadi. Tajribali tish shifokori Meliqo'zi Joniqulov 40 yildan buyon tishi og'riganlar joniga oro kirib kelmoqda.
- Dardning yaxshisi bo'lmaydi,- deydi Juman bobo.- Ayniqsa tish og'rig'i. Bu dardni boshidan kechirganlar yaxshi biladi. Oilamiz a'zolarining hammasining tishi og'rigan. Esimni taniganimdan buyon, qo'li dard ko'rmagay shu tish shifokori Meliqo'zi dardimizga darmon bo'lib kelgan. Tish og'rig'i ham vaqt ham joy ham tanlamaydi. Shu sababli tishimiz kunduzimi kechasimi og'riganida albatta birinchi bo'lib shu Meliqo'zi shifokorniizlab qolamiz...
- Shu kasbim bilan faxrlanaman, - deydi tish shifokori Meliqo'zi aka Joniqulov.- "Elga xizmat oliy himmat" deganlari shu bo'lsa kerakda. Yoshi ulug'mi, kichikmi, o'rta yoshmi farqi yo'q. Hammasi assalom-u alaykum shifokor deb o'tishadi. Bundan albatta mamnun bo'laman. Men uchun baxt deganlari shu bo'lsa kerakda...
Rabbim HOTAMOV.