Abituriyentlarning tayyorgarligi uchun yordam va yangi ko‘nikma
Hurmatli abituriyentlar!
Avvalgi yillarda test sinovi o‘tkazishda erishilgan yutuqlar bilan birga, muammoli holatlar ham kuzatildi. Ulardan joylarda ro‘yxatdan o‘tishda navbatlar yuzaga kelganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Shularni hisobga olgan holda Davlat test markazi tomonidan uning rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatga olish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqildi. Bu bilan abituriyentlarga Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini yaratilmoqda va mazkur o‘quv yilidan boshlab, joriy qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Buni o‘rinli va vaqtida qo‘llanilayotgan qulaylik, deyish mumkin. Ushbu qulaylik natijasida abituriyentlar uyidan chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Bu bilan ularning vaqti, sarf-xarajati tejaladi, shuningdek, asossiz navbatlar yuzaga kelishining oldi olinadi.
Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlarning test sinovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati yaqinlashayotganligi sababli va sizlar hozirgi kunda karantin cheklovi davrida uyda o‘tirib, yo‘riqnomada ishlash tartibi bilan tanishish, uni to‘g‘ri, bexato to‘ldirishni o‘rganish, to‘ldirish mashqini bajarib ko‘rishingiz mumkin.
ABITURIYENTLAR MA’LUMOTLARI VA ARIZALARINI ONLINE RO‘YXATGA OLISH TIZIMINING FOYDALANUVCHISI UCHUN YO‘RIQNOMA
https://dtm.uz/page/abitur_info
e‘tiborlaringizga havola qilinmoqda
Mazkur tizimga kirish uchun
http://abitur.dtm.uz/
Barcha abituriyentlarga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
#Uyda qoling! O‘zingiz va atrofdagilaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang!
Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limi