Tumanning 1-sektor hududida 6 ta ko'p qavatli uy-joylar mavjud bo'lib, 4 tasi 1991-yilgacha, 2 tasi 2018-yilda qurilgan uylar. 6 ta ko'p qavatli uy-joylarda 86 ta xonadonlar mavjud bo'lib, barchasi 2 qavatli uylar. 1 ta boshqaruv tashkiloti xizmat qilib kelmoqda. Mavjud 6 ta ko'p qavatli uylar to'liq ichimlik suvi bilan ta'minlangan, 6 ta ko'p qavatli uylardan 5 tasida tabiiy gaz mavjud ("Istiqlol" MFY Oqtepa ko'chasi 105-uy suyultirilgan gazga moslashtirilgan). 6 ta ko'p qavatli uylarning 3 tasi kanalizatsiya tarmog'iga ulangan, shundan 3 ta uy oqovasuv xandaqga ulangan.
2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan Dastur tasdiqlangan bo'lib, Dastur asosida "Bulung'ur" MFYdagi 6-uylarning tom qismida (550 kv m, 180 mln so'mlik) ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Undan tashqari sektor hududidagi 6 ta ko'p qavatli uylarning atrofi, ariqlar chiqindilardan tozalanib, bolalar maydonchalari tartibgakeltirildi.
Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, qish faslini betalafot o'tkazish maqsadida 877 tonna ko'mir olingan. Shundan umumta'lim maktablariga 664 tonna, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga 213 tonna ko'mir mahsulotlari yetkazib berilgan. 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57 sonli qaror bo'yicha 2023-2024-yil kuz-qish mavsumiga sektor hududidagi 3 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida isitish (2, 6 va 10) tabiiy gazdan ko'mir yoqilg'isiga o'tkazilgan. Ijtimoiy soha obyektlarida, jumladan 1 ta 6-DMTT va 3 ta 22, 23, 51-maktablarda quyosh panellari o'rnatildi.
Sektor hududidagi maktabgacha va maktab ta'lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun mahalliy budjet hisobidan jami 1 052 mln so'm mablag' ajratildi, 23-umumta'lim maktabining isitish tizimi 721 mln so'm mablag' evaziga to'liq yangilandi. 4 ta (6, 10, 23, 34) davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ko'mir yoqilg'isini saqlash uchun yangi omborxonalar qurildi.
Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli 5 ta tibbiyot muassasalarida 2023-2024-yil kuz-qish mavsumiga 54 tonna ko'mir yoqilg'isi olish rejalashtirilgan bo'lib, hozirgi vaqtda 100 foiz ko'mir yoqilg'isi olindi. Isitish qozonlari tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57 sonli qaror bo'yicha "Niyozmat" mahallasidagi Amir Temur OSHP ga 5 kVt quyosh panellari o'rnatildi.
Sektor hududidagi barcha tibbiyot muassasalarning tom qismlari tekshirib chiqildi. Tashqi kirish eshiklari prujina va maxsus moslamalar bilan ta'minlandi, yog'och deraza va romlarga plyonka qoplandi, isitish quvurlari izolyatsiya qilindi.
Sektor hududida 2023-2024-yil kuz-qish mavsumida elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlarning oldini olish bo'yicha 107,4 km elektr uzatish tarmoqlari, 41 ta transformator punktlari joriy va mukkamal ta'mirlandi.
Jumladan, sektor hududidagi yuklanish bilan ishlayotgan 6-10/0,4 kVli transformator punktining yukini yengillashtirish maqsadida qo'shimcha 6 ta transformator punkti o'rnatildi. Tumanda yuklanish bilan ishlayotgan 35-110 kVli Bulung'ur PSning 6300 kV quvvatli kuch transformatorlari yukini yengilashtirish maqsadida 6300 kV quvvatli kuch transformatorning o'rniga 16 000 kV quvvatli kuch tansformator o'rnatilib, ishga tushirildi.
Sektor hududidagi mavjud bo'lgan 1 ta PSlarda ma'nan eskirgan uskunalar ta'mirlanib, ishchi holatiga keltirildi. Bundan tashqari, iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 393 ta eski simyog'och ustunlari o'rniga yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi.
Mahallalarda elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida "Oqtosh" mahalla fuqarolar yig'ini hududiga amalda 160 dona temir-beton ustunlar olib kelinib o'rnatilib, 3,5 km SIP kabellarini tortish ishlari amalga oshirilib, iste'molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish sifati yaxshilandi.
"Erganakli" mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi 1 dona yangi 160 kV hamda 20 dona simyog'och temir-beton ustunlarga almashtirish belgilangan bo'lib, amalda 1 dona yangi transformator hamda 20 dona temir-beton ustunlar o'rnatildi."Gulzor" mahalla fuqarolar yig'ini hududida 80 dona simyog'ochlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi, 2.5 km SIP kabellar tortish ishlari amalga oshirilib, xonadonlarga, iste'molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish sifati yaxshilandi.

Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlash maqsadida joriy yil boshidan 53 dona gaz ballonlari yetkazib berildi. Bundan tashqari, tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash uchun 2 dona gaz taqsimlash punkti (GTP) mukammal ta'mirlandi, 13 ta gaz taqsimlash punktlari (GTP) taftish qilindi, 31 km gaz quvurlari zichlikka sinalib, havo bosimi yordamida tozalandi, 9 km gaz yer osti quvurlari tekshirildi.
Tumanda 2 ta mahalla tabiiy gazga ulangan bo'lib, bugungi kunda kuz-qish mavsumida ushbu mahallalarda gaz bosimi me'yorlashtirilgan, tumanning qolgan mahallalaridagi suyultirilgan gaz ballonlar iste'molchilari soni 8 643 tani tashkil etib, grafik asosida 45 kundan 50 kungacha bo'lgan oraliqda aholiga yetkazib berilmoqda. Tumanda aholiga beriladigan suyultirilgan gaz ballonlarni to'ldirish bo'yicha 1 ta gaz to'ldirish shoxobchasi tashkil etilgan va bugungi kunda to'liq ishlab kelmoqda.
Suv ta'minoti bo'yicha "Changal-1" mahallasi hududidagi Yuqori Changal qishlog'ida 1 ta ichimlik suvi arteziani qazish ishlari yakunlanish arafasida. 1,5 km suv tarmog'i tortilib tugatildi va 1 ta transformator o'rnatish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. "Nurli Yo'l" mahallasi Saboloq qishlog'ida 0,8 km ichimlik suv tarmog'i tortilib, 22 ta xonadonning ichimlik suvi ta'minoti yaxshilandi. Qiyot qishlog'dagi mavjud artezian qudug'ining suvi ichishga yaroqsiz bo'lganligi sababli hamda sayyor qabullardagi aholi murojaatlarini hisobga olib, tuman hokimligi va "Samarqand suv ta'minoti" MCHJ hamkorligida yangi artezian qudug'i qazildi. "Istiqlol" mahallasi Farhod qo'rg'onida 0,3 km ichimlik suv tarmog'i, "Niyozmat" mahallasi Tegirmon qishlog'ida dastur asosida 1 dona artezian qurilib, 3 km tarmoq tortish ishlari tugatilib, foydalanishga topshirildi. Kapali qishlog'ida 1 km toza ichimlik suvi tarmog'i tortish ishlari 90 foiz bajarildi. "Mingchinor" mahallasida Tumanovul qishlog'iga 1,5 km toza ichimlik suvchi tarmog'i tortildi. Natijada 83 ta aholi xonadonlari toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi. "Bo'dana" mahallasida mavjud 1 dona artezianning suv nasosi ta'mirlandi.
Sektor hududidagi aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumida ko'mir bilan ta'minlash maqsadida jami 2 472 tonna ko'mir mahsulotlarini yetkazib berish rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunga qadar aholiga 1 kg ko'mir 300 so'mdan imtiyozli narxda sotilib, 1 580 tonna yetkazib berildi. Zaxira 650 tonna mavjud.
Bundan tashqari, Chet el (import) ko'mirlari tumanda 8 ta joyda tadbirkorlar tomonidan sotilmoqda. Shundan "Navbahor" MFY 2 ta joyda, "Kichik Kildon" MFY 4 ta joyda, "Qirqshodi" MFY 1 ta joyda hamda "Esonturdi" MFY 1 ta joyda 1 800 so'mdan import ko'mir sotilmoqda. Hozirgi kunda 500 tonna import ko'mir tadbirkorlar tomonidan zaxira qilingan.
Joriy yilning 14-22-noyabr kunlari tumandagi mahallalarda hamda ijtimoiy soha obektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o'rganish bo'yicha ishchi guruhlar shakllantirilib, savolnoma asosida o'rganishlar olib borildi. Olib borilgan o'rganishlarda sektor hududidagi mahallalar hamda ijtimoiy soha obyektlarida 69 ta obyektlarda 62 ta muammolar aniqlandi. Shundan 14 ta muammolar elektr energiyasi ta'minoti bo'yicha, 12 ta muammolar yangi suyultirilgan gaz ballonlar olish bo'yicha, 6 ta muammolar ko'p qavatli uylar bo'yicha, 29 ta muammolar ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimi bo'yicha, 1 ta muammo madaniyat uyini ta'mirlash bo'yicha o'rganildi.
Ushbu o'rganilgan muammolar tegishliligi bo'yicha sohalar kesimida tahlil qilinib, 62 tadan 54 tasi bartaraf etildi. Jarayonda qolgan 8 ta muammolarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, bartaraf etilishi belgilab olingan. Hozirgi kunda ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Samandar ASTONOV,
Bulung'ur tumani hokimi, 1-sektor rahbari.
Bulung'ur tumani hokimi, 1-sektor rahbari.