“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Bulung’ur tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limi bosh mutaxassisi Najmiddin Po’latov tomonidan tumandagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatayotgan “Bulung‘ur tuman Tezkor kommunal” MChJ boshqaruv kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bulung‘ur tumanidagi 40 ta ko‘p qavatli uy-joylar mavjud bo‘lib, 33 tasi 1991-yilgacha, 7 tasi 2017-2019-yillar qurilgan uylar. 39 ta ko‘p qavatli
uy-joylarning umumiy maydoni 30 366 kv.m bo‘lib, shundan yashash maydoni 21 246 kv.m ni tashkil qiladi.
uy-joylarning umumiy maydoni 30 366 kv.m bo‘lib, shundan yashash maydoni 21 246 kv.m ni tashkil qiladi.
Tumandagi ko‘p qavatli uy-joylarga 2022-yil iyun oyigacha 4 ta shirkat xizmat ko‘rsatib kelayotgandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli Qaroriga asosan tumanidagi 4 ta shirkat faoliyati tugatilib 1 ta “Bulung‘ur tuman Tezkor kommunal” MChJ boshqaruv servis kompaniyasiga biriktirildi.
Xozirgi kunda tumandagi 40 ta ko‘p qavatli uy-joylarga“Bulung‘ur tuman Tezkor kommunal” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Tumandagi mavjud 40 ta ko‘p qavatli uylar to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlangan, 40 ta ko‘p qavatli uylardan 39 tasiga tabbiy gaz mavjud.
40 ta ko‘p qavatli uylarning 38 tasi kanalizatsiya tarmog‘iga ulangan, shundan 9 ta uy oqovasuv xandakga ulangan (Bulung‘ur MFYda 2 ta, Istiqlol MFYda 1 ta, A.Temur MFYdagi 6 ta uylarda vigribnoy yama) bo‘lib, 2 ta ko‘p qavatli uyning ichki kanalizatsiya tarmog‘i mavjud emas (F.Yo‘ldosh ko‘chasi 1 uy va Uvaysiy ko‘chasi 3 uy). Ushbu kanalizatsiya tarmog‘i mavjud bo‘lmagan uylarga umumiy xojat xonalar qurib berilgan.
“Bulung‘ur tuman Tezkor kommunal” MChJ BSK tomonidan bajarilgan ishlar:
2022-yilda tumandagi 3 ta ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash uchun maxalliy budjet mablag‘lari xisobidan 100.0 mln.so‘m ajratilib, O‘zbekiston ko‘chasi 78 uyning kanalizatsiya tarmog‘i to‘liq ta’mirlandi. Alpomish ko‘chasi 12 uy (550 kv.m) fasad qismi va 2 ta kirish yo‘lagi, Do‘lanazor ko‘chasi 22 uyning (1100 kv.m) fasad qismi va 5 ta kirish yo‘lagida ta’mirlash ishlari bajarildi.

“Bulung‘ur tuman Tezkor kommunal” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi tashabussi bilan ko‘p qavatli uy-joylardagi mavjud 6 ta tashqi xojatxonalarning 4 tasida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
“Amir Temur” MFYda S.Raximov ko‘chasi 8 uyning kanalizatsiya tarmog‘i ta’mirlanib, kanalizatsiya chuquri (yama) maxsus texnikalar qayta qazildi.
2022-yil dasturga asosan 1 ta bolalar maydonchasi va 1000 kv.m tratuarlarga beton qoplamasi yotqizish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, Alpomish ko‘chasi 12 uy oldiga 1 ta bolalar maydonchasi o‘rnatildi, O‘zbekiston ko‘chasi 76 uy, Alpomish ko‘chasi 12 uy, Alpomish ko‘chasi 19 uy va Soboloq ko‘chasi 8 uy oldiga 1000 kv.m beton qoplamasi yotqizildi.
“Bulung‘ur tuman Tezkor kommunal” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borishdi. Ushbu o‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishmaqsadida “Amir Temur” MFYdagi 5 ta, “Navbahor” MFYdagi 5 ta va Do‘stlik” MFYdagi 3 ta ko‘p kvartirali uy-joyining yerto‘la qismiga 970 m elektr tarmog‘i (sim) tortilib, 60 dona yoritish chiroqlari o‘rnatildi.
2022-2023-yillar kuz-bahor oylari ko‘p qavatli uy-joylarning atrofiga 300 dan ortiq meva va manzarali daraxtlar ekildi.
BSK tomonidan ko‘p qavatli uylardagi 52 ta kirish eshiklariga prujina va 82 ta furamuga oynalariga plyonkalar tortildi.
Undan tashqari BSK tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarda yashovchi fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojjatlariga asosan 40 dan ortiq avariya xolatlari bartaraf etildi.
Tadbir so‘ngida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarining savollariga javoblar olishdi.