Tumandagi 2-sektor hududida 6 ta ko'p qavatli uy-joylar mavjud. Hududdagi ko'p qavatli uy-joylarni 2023-2024-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Tuman hokimligining tegishli buyrug'iga asosan ishchi guruh tuzildi (qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish bo'limi, MCHS, MFY, tuman hududgaz ta'minoti, tuman Elektr tarmoqlari AJ xodimlari). Ushbu ishchi guruh tomonidan tumandagi mavjud ko'p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan 2023-2024-yillarda kuz-qishni betalafot o'tkazish hamda ularda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlar, baxtsiz hodisalar va avariyalarning oldini olish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Hamkor tashkilotlar bilan tumandagi ko'p qavatli uy-joylarda haftaning har chorshanba kuni favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni munosabati bilan fuqarolarning is gazidan zaxarlanishi, ya'ni ko'p qavatli uylarda kuz-qish mavsumida noqonuniy isitish vositalaridan foydalanmaslik haqida ogohlantirish ishlari olib borilayotganligini ma'lum qilamiz.
Ichimlik suv va oqova suv ta'minoti bo'yicha:
Bu sohada aniq rejali ishlar amalga oshirildi.
14 ta aholi yashash punktlari hududlarida 52 ta suv inshootlari, 56 ta artezian quduqlari va jami 134,86 km suv tarmoqlari mavjud bo'lib, 11,15 km qismi ta'mirlandi.
14 ta aholi yashash punktlari hududlarida 52 ta suv inshootlari, 56 ta artezian quduqlari va jami 134,86 km suv tarmoqlari mavjud bo'lib, 11,15 km qismi ta'mirlandi.
Sektordagi 14 ta mahallalarda 7 996 xonadon ichimlik suvi bilan ta'minlangan. Shundan 1 637 ta xonadon, 10 391 nafar aholi (20,4 foiz) markazlashgan ichimlik suv tarmoqlaridan foydalanib kelgan.
Elektr energiyasi ta'minoti bo'yicha:
Kuz-qish mavsumida aholining eng og'riqli nuqtalaridan biri bo'lgan elektr energiyasi bo'yicha ham 2-sektor hududida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 14 ta mahalla bo'yicha elektr uzatish tarmoqlarining 420 km qismidagi tayanch ustunlarinnig 26 000 donasi (shundan 8 000 ta (19 foiz) yog'och) ustunlar va 242 ta TPlar ishchi holatga keltirilgan.
127.5 km elektr tarmoqlari va 18 ta transformatorlarda joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Shundan 37,7 km past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 3 ta transformatorlarda mukammal ta'mirlash ishlari olib borildi.
"Saxovat" mahallasida 1 ta TP 250 kva, 1ta TP 6 207 ga qo'shimcha 100 kva, "Esonturdi" mahallasida 1ta TP 6 561ga qo'shimcha 160 kva, "Sayiltepa" mahallasiga 1 ta TP 250 kva transformator o'rnatilgan bo'lsa, "Sarqipchoq", "A.Temur", "Mehrjon", "Sayiltepa", "Saxovat", "Esonturdi" mahallalarida jami 6 dona transformator, 400 dan ziyod temir-beton ustunlari yangisiga almashtirildi.
Tabiiy gaz ta'minoti bo'yicha:
2-sektor hududi, ya'ni"A.Temur" va "Mehrjon" mahallalaridajami 31,1 km gazquvurlari, shundan 6,3 km o'rta bosimli, 24,8 km past bosimli gaz quvurlari, yer ostida9,4 km, yer ustida21,7 km gaz quvurlari mavjud. 23 dona GTK - Gaz taqsimlash punktlari mavjud bo'lib, tabiiy gaz bilan gazlashgan xonadonlar soni 490 tani, suyultirilgan gaz ballonlar soni 8 321 tani tashkil qiladi.
Tuman bo'yicha 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha
Gaz taqsimlash punktlari (GRP) tashkil qilish rejasi "A.Temur" MFYda 4 ta va "Mehrjon" MFYda 19 ta, jami 23 ta (100 foiz) ga bajarilgan. Gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash reja asosida 3,9 km bo'lib, amalda 3,9 km (100 foiz)ga bajarilgan.
Yer ostigaz quvurlarini tekshirish rejasi 2,3 km bo'lib, amalda 2,3 km (100 foiz) ga bajarilgan. Gaz quvurlarini bo'yoqlash rejasi 1,8 km bo'lib, amalda 1,8 km (100 foiz) ga bajarilgan.
Hozirgi kunda jami suyultirilgan gaz ballonlar soni 8 126 tani tashkil qilib, yil boshidan 2023-yil 1-dekabr holatiga, 1 233 tonna suyul-tirilgan gaz mahsulotini yetkazib berish rejalashtirilgan bo'lib, amalda 1 124 tonna (91 foiz) yetkazib berilgan.
Yer ostigaz quvurlarini tekshirish rejasi 2,3 km bo'lib, amalda 2,3 km (100 foiz) ga bajarilgan. Gaz quvurlarini bo'yoqlash rejasi 1,8 km bo'lib, amalda 1,8 km (100 foiz) ga bajarilgan.
Hozirgi kunda jami suyultirilgan gaz ballonlar soni 8 126 tani tashkil qilib, yil boshidan 2023-yil 1-dekabr holatiga, 1 233 tonna suyul-tirilgan gaz mahsulotini yetkazib berish rejalashtirilgan bo'lib, amalda 1 124 tonna (91 foiz) yetkazib berilgan.
Ijtimoiy soha obyektlarini ta'mirlash bo'yicha
Bulung'ur tuman 2-sektor hududida joylashgan tuman Tibbiyot birlashmasida jami 22 ta muassasa bo'lib, shundan 21 tasi ko'mir yoqilg'isiga, 1 tasi tabiiy gazga moslashgan bo'lib, 2023-2024-yil kuz-qish mavsumiga jami 25 tonna ko'mir mahsulotiga ehtiyoj berilgan va 250 tonna ko'mir mahsuloti olinib, tegishli tartibda muassasa-larga tarqatildi. Ular maxsus ko'mir saqlash xonalariga kirgizilib, loy bilan suvaldi. Mavjud 69 dona isitish qozonlari ishchi holatga keltirildi va kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
2023-yil 16-fevraldagi PQ-57 sonli qaror bo'yicha Bulung'ur TTBga qarashli 17 ta muassasaga jami 97 kvli quyosh panellari (1 040 000 000 so'm) o'rnatildi va 4 ta muassasaga 200 litr hajmdagi (60 000 000 so'm) quyosh kollektorlari o'rnatidi. Tabiiy gaz bilan ishlagan 2 ta OSHPdagi mavjud isitish qozonlari ko'mir yoqilg'isiga moslashtirildi. KTMP va Tug'ruq bo'limidagi isitish qozonlari tabiiy gaz va ko'mir yoqilg'isiga ishlaydigan yangi qozonlarga (84 000 000 so'm) almashtirildi.
Bulung'ur TTBga qarashli barcha muassasalarning tom qismlari tekshirib chiqildi, tashqi kirish eshiklari prujina va maxsus moslamalar bilan ta minlandi, yog'och deraza va romlar plyonka qoplamalari (5 000 000 so'm) bilan qoplandi.
Bulung'ur TTBda jami 18 ta benzinda ishlaydigan elektro generatorlar texnik ko'rikdan o'tkazilib, ishchi holatga keltirildi. Markaziy shifoxonadagi mavjud 2 ta dizel yoqilg'isida ishlaydigan elektr stansiyalar o'rnatilib, benzin va dizel yoqilg'i zaxiralari (80 000 000 so'm) yaratildi.
Bulung'ur TTBga qarashli barcha muassasalarda ichki va tashqi yoritish chiroqlari tekshirilib, jami 200 dona LED lampa va 150 dona LED panellari (8 000 000 so'm) almashtirildi. Tibbiyot birlashmasida 14 tatabiiy gaz ta'minoti orqali isitish pechi mavjud bo'lib, barchasi tabiiy gaz yoqilg'isi bilan ishga tushadi.
Ijtimoiy sohalar bo'yicha kuz-qish mavsumini betalafot o'tkazish maqsadida 5 ta (2, 42, 38, 56, 68) maktablarga 18 ta qozonlar o'rnatilib, bugungi kunga qadar2-sektor hududidagi 19 ta maktablarning 101 ta qozonlari soz holatga keltirildi, 62 ta maktabda esa 2 dona isitish qozoni yangisiga almashtirildi.
Maktabgacha ta'lim tizimida joriy yilda "Sayiltepa" MFYda joylashgan "Sattarova Dilorom" 50 o'rinli oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotiga 2 ta isitish qozoni o'rnatish rejalashtirilgan edi va o'rnatish ishlari amalga oshirildi. Sektor hududida mavjud 4 ta DMTTga 2023-2024-yil kuz-qish mavsumida 108 tonna mahalliy ko'mir mahsuloti ajratish reja qilingan bo'lib, reja 100 foizga ta'minlangan. Shuningdek, 2-sektor hududidagi 19 ta umumta'lim maktablariga 2023-2024-yil kuz-qish mavsumida 665 tonna mahalliy ko'mir mahsuloti ajratish rejasi bajarildi.
Sog'liqni saqlash tizimida 5 ta davolash-profilaktika (5 tasi ko'mir yoqilg'isi bilan ishlaydi) muassasalarining barchasida individual qozonxonalar o'rnatilgan. Barcha muassasalar issiq va sovuq suv bilan ta'minlangan.
Bulung'ur tuman 2-sektori bo'yicha 8 624 ta xonadonning 2 373 tonna mahalliy ko'mir mahsulotiga ehtiyoji bo'lib, bugungi kun holatiga 2 111 tonnasi (89 foiz) amalda tarqatilgan.
Sobirjon SAIDOV,
tuman prokurori, 2-sektor rahbari.
tuman prokurori, 2-sektor rahbari.