Mehnat faoliyatini yakunlagan har bir insonni, eng avvalo, unga qancha pensiya tayinlanishi oʻylantiradi. Umuman, ijtimoiy taʼminotning mazkur turi ishlayotgan hech kimni befarq qoldirmaydi. Ammo, bu borada baʼzan tushunmovchiliklar, muammolar yuzaga kelib turadi. Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan eng koʻp murojaatlarning ham mazmuni aynan pensiya taʼminoti bilan bogʻliq.
Yoshga doir pensiyaga chiqish uchun eng kam ish staji kamida 7 yil boʻlishi zarur. Agar ish staji umuman boʻlmasa yoki 7 yildan kam boʻlsa bunday hollarda ayollarga 60 yoshga va erkaklarga 65 yoshga toʻlganda yoshga doir nafaqa tayinlanadi.
Fuqaro pensiyaga chiqqanda uning oʻrtacha oylik ish haqi qanday ishdagi mavjud tanaffuslardan qatʼiy nazar, oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi umumiy ish haqi olinib, uni 60 ga boʻlish orqali oʻrtacha oylik ish haqi hisoblab chiqariladi. Yoshga doir pensiyani hisoblash tartibida pensiya tayanch (toʻliq) miqdori – pensiya hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foiz miqdori (ayollarga 20 yil, erkaklarga 25 yil) olinadi. Biroq uning miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam boʻlmasligi kerak. Talab qilinadigan ish staji (ayollarga 20 yil, erkaklarga 25 yil) olinadi. Biroq uning miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning tayanch miqdori pensiya hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida oshiriladi.
Koʻrinib turibdiki, talab qilinadigan va undan ortiq ish stajiga ega fuqaroning pensiya miqdori, asosan, ish haqlari qancha yuqori boʻlsa, shunga mutanosib ravishda oshib boraveradi.
Agar fuqaro Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali shartnoma tuzib, chet elda yollangan holda ishlasa va Pensiya jamgʻarmasiga oʻrnatilgan tartibda sugʻurta badallarini toʻlasa (har oy uchun eng kam ish haqi miqdorida), uning ish staji va toʻlagan sugʻurta badali pensiya tayinlanganda hisobga olinadi.
Pensioner pensiyasi bilan bogʻliq barcha maʼlumotlarni mobil telefondan ham bilish imkoni bor ekan. Buning uchun 10711 qisqa raqamiga SMS yuborilsa, fuqaroga pensiyasi bilan bogʻliq barcha maʼlumot kelib tushadi.
Pensiyaga chiqayotgan fuqaro oʻziga qancha miqdorda pensiya tayinlanayotganini oldindan bilishi mumkin. Buning uchun Pensiya jamgʻarmasining rasmiy pfru.uz saytida ishga tushirilgan “Pensiya kalkulyatori” xizmatidan foydalansa kifoya. Uning yordamida fuqaro oʻzining dastlabki pensiyasini yuqorida aytilgan amallarni bajarib, hisoblab chiqarishi mumkin.

Ilhom QILICHEV,
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi.