Jasur (ism-familiyalar o'zgartirilgan) ham hali yosh bo'lsa-da, yigirmaga kirar-kirmas kishi organizmiga kuchli ta'sir qiluvchi psixotrop moddalarni iste'mol qilishga ruju qo'ydi. Bir-ikki tanishlari orqali ushbu mahsulotlarni olib, kerakli paytda iste'mol qilib yurganida yoshligidan bir mahallada o'sib-ulg'aygan oshnasi Sherali telefon qilib, o'ziga ham shu kunlarda shu "sabil"dan kerak bo'lib qolganligi va agar bor bo'lsa biroz topib berishini so'radi. Anchadan buyon moddiy tomondan qiynalib yurgan Sherali bu xabarni eshitgach, ko'ngli biroz taskin topdi, so'ng darhol narxini so'radi. Ular kuchli ta'sir qiluvchi "Gerika" moddasining har bir konvalyutasini 380 000 so'mdan kelishib olishdi. Sherali "mahsulot"larni qo'lga kiritgach, uni qimmatroqqa sotib, foyda ko'rish uchun darhol mijoz qidirishga tushdi. Uch-to'rt kun avval bir kishi so'ragani yodiga tushib, unga telefon qildi. "Oybek" ismli yangi tanishi telefon go'shagini ko'targach, Sherali unga kuchli ta'sir qiluvchi "Gerika" moddasi topilganini va har bir konvalyutasi 550 000 so'm ekanligini aytdi.
Ular ertasi kuni kechqurun mahalladagi ustaxona yonida uchrashib, 4 dona konvalyutalardagi jami 56 dona, 16,8 gramm kuchli ta'sir qiluvchi pregabalin mavjud bo'lgan "Genveon GERIKA 300 mg Sert Kapsul Pregubalin" yozuvli kapsulalarni 2 100 000 so'mga oldi-sotdi qilishdi. Biroq... zum o'tmay yoniga kelgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o'zlarini tanishtirib, giyohvandlikka qarshi tadbir o'tkazilayotganini ta'kidlashdi.
Sud sudlanuvchi J. Ismatovga O'zbekiston Respublikasi JK 251-1-moddasining 3-qismi bilan, JKning 57-moddasini qo'llab 5 (besh) yil 6 (olti) oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi, sudlanuvchi Sh. Umarovga xuddi shu modda bilan 5 (besh) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Jasurbek XOLBOYEV,
tuman IIB TQX TCHXTG katta tezkor vakili, mayor.
tuman IIB TQX TCHXTG katta tezkor vakili, mayor.