Keyingi yillarda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yagona maqsad, ta'lim uzluksizligi va sifatini oshirish barobarida komil insonni malakali kasb egasi qilib tayyorlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ta'limning barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo`yicha bir qator farmon va qarorlar qabul qilinganligini alohida ta'kidlash joiz.
Ma'lumki, bugun o`qituvchining asosiy vazifasi o`quvchilarga yuqori darajada dars berish hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun esa o`qituvchining har tomonlama izlanishi, bilim darajasini doimiy ravishda oshirib borishi taqozo etiladi. Maktabimiz 740 o`rinli binoda joylashgan.
Bugungi kunda bilim maska-nimizda 1 521 nafar o`quvchi ta'lim olmoqda. Ularga 90 nafar o`qituvchi saboq berishmoqda. Shuningdek, maktabimizda oliy toifali o`qituvchilar 17 nafarni,1-toifali o`qituvchilarimiz 24 na-farni tashkil etmoqda.
O`quvchilarimiz fan olimpiadalarida, shuningdek maktabimizda tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda doimiy ravishda faol ishtirok etib kelishmoqda. O`tgan o`quv yilida bitiruvchilarimizdan 36 nafari Respublikamizning turli oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirib, talabalik baxtiga musharraf bo`lishdi. 2023-2024-o`quv yilida fanlar olimpiadasining viloyat bosqichlarida o`quvchilarimiz faxrli o`rinlarni qo`lga kiritishdi.
Ma'rifat maskani bo`lmish maktab o`quvchilarni kelajak vorislari qilib tarbiyalaydi. Ana shu mas'uliyat bilim dargohimiz o`qituvchilarini yangicha mehnat qilish, yangicha fikrlash sari chorlamoqda.
To`lqin RAJABOV,
18-umumta'lim maktabi direktori,
xalq deputatlari Bulung`ur tuman Kengashi deputati.