Ma'lumki, bugun o`qituvchining asosiy vazifasi o`quvchilarga yuqori darajada dars berish hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun esa o`qituvchining har tomonlama izlanishi, bilim darajasini doimiy ravishda oshirib borishi taqozo etiladi. Maktabimiz 740 o`rinli binoda joylashgan.
Bugungi kunda bilim maska-nimizda 1 521 nafar o`quvchi ta'lim olmoqda. Ularga 90 nafar o`qituvchi saboq berishmoqda. Shuningdek, maktabimizda oliy toifali o`qituvchilar 17 nafarni,1-toifali o`qituvchilarimiz 24 na-farni tashkil etmoqda.
O`quvchilarimiz fan olimpiadalarida, shuningdek maktabimizda tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda doimiy ravishda faol ishtirok etib kelishmoqda. O`tgan o`quv yilida bitiruvchilarimizdan 36 nafari Respublikamizning turli oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirib, talabalik baxtiga musharraf bo`lishdi. 2023-2024-o`quv yilida fanlar olimpiadasining viloyat bosqichlarida o`quvchilarimiz faxrli o`rinlarni qo`lga kiritishdi.
Ma'rifat maskani bo`lmish maktab o`quvchilarni kelajak vorislari qilib tarbiyalaydi. Ana shu mas'uliyat bilim dargohimiz o`qituvchilarini yangicha mehnat qilish, yangicha fikrlash sari chorlamoqda.
To`lqin RAJABOV,
18-umumta'lim maktabi direktori,
xalq deputatlari Bulung`ur tuman Kengashi deputati.